РУ
O’Z
UZS
/
/
Moychechakning siz bilmagan foydali xususiyatlari
01.07.2024

Moychechakning siz bilmagan foydali xususiyatlari

Moychechakning siz bilmagan foydali xususiyatlari

Ushbu ko‘p funksiyali o‘simlik og‘riq, xavotir va hatto aknega qarshi foydali mahsulot hisoblanadi 

Moychechak – juda mashhur o‘simlik bo‘lib, u haqida ko‘p va uzoq vaqtdan beri gapiriladi. Ushbu o‘simlikning gullarida: efir moylari, tabiiy kislotalar, minerallar va polisaxaroidlar kabi 100 dan ortiq faol birikmalar mavjud. 

Shuning uchun moychechak olimlar uchun cheksiz tadqiq qilinadigan, xalq tabobatida esa sevimli dori hisoblanadi. “Moychechakli choy ichsangiz, og‘riqlardan qutulasiz”, deyishlari bejizga emas.

Tibbiyot va kosmetologiyada moychechakning foydasi haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Organizm uchin moychechakning foydali xususiyatlari: 

  • Oshqozon-ichak traktining faoliyatini yaxshilaydi 

Moychechak hali ham oshqozon-ichak kasalliklarining oldini olish va davolash uchun ishlatiladi. Masalan, olimlar o‘simlikning gullari haqiqatan ham qorindagi og‘riqlarni yengillashtirishini isbotlagan. Tadqiqot faqat probirkada o‘tkazilgan.

  • Ozishga yordam beradi 

Ilmiy tajriba (hayvonlarda) shuni tasdiqlaydiki, moychechak metabolizmni yaxshilaydi, bu esa vazn yo‘qotish uchun ilk qadamdir. Shuningdek, olimlar moychechakning quyidagi foydali xususiyatlarini ta’kidlab o‘tgan: u glyukozaning ichakda tez so‘rilishini oldini oladi, zararli xolesterin miqdorini pasaytiradi va vazn orttirishga qarshi kurashadi. Ammo oxirgisi uchun yanada ko‘proq tadqiqotlar talab etiladi. 

 Moychechakning ruhiyatga foydali ta’siri: 

  • Xavotir bilan kurashadi, tinchlantiradi va yaxshi uxlashga yordam beradi 

Moychechak choyida xavotirni yengillashtirishga yordam beradigan moddalar mavjud: bu "tinchlantiruvchi" flavonoid apigenin va polisaxariddir. Ular tufayli moychechak sedativ, ya’ni, tinchlantiruvchi xususiyatlari bilan mashhur va ko‘pincha uyqusizlikka qarshi kurashda yordam beradi.

Tadqiqotlarda moychechak Umumiy tashvish buzilishi bilan aziyat chekadigan bemorlarga yordam berishi mumkinligi aniqlangan, ammo hozircha olimlar unga “toj” kiydirishga va tabiiy antidepressant unvonini berishga shoshilmayapti. 

Moychechakning teri uchun foydali xususiyatlari:

Dermatologlarning ta’kidlashicha, o‘simlik teri uchun juda foydali. U yaralarni davolaydi, qarish va hatto akne bilan kurashadi. 

Moychechak tarkibidagi efir moylari antibakterial xususiyatlarga ega va turli xil yallig‘lanishlarga qarshi kurashadi, terining qizarishini bartaraf etib, tinchlantiradi. Ammo, sizda moychechakka allergiya bo‘lsa, unda teskari reaksiya berishi va aksincha, toshmalar chiqarishi mumkin. 

Kosmetologlar giperpigmentasiyani (quyosh nurlari ta’sirida gormonal buzilishlar, terining ayrim qismlari qorayib qolishi) oldini olish uchun moychechak kremlaridan foydalanishni taklif qiladi.

“Moychechak oqartiruvchi xususiyatga ega, poralarni toraytiradi va terini yumshatadi. Shuningdek, u akne va undan qolgan izlarni kamaytirishga yordam beradi”, – deydi “Healthline” ekspertlari. 

O‘simlik qarishga qarshi vosita sifatida ham ishlatiladi. Moychechakning ekstraktlari kuchli antioksidantlarni o‘z ichiga olib, erta qarish belgilarini (ajinlar, burmalar) oldini oladi va terini himoya qiladi.