верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
Munisa Rizayeva “Jonginam” qoʻshigʻini aytish uchun Layloning oilasidan ruxsat olganmi?
24.04.2025

Munisa Rizayeva “Jonginam” qoʻshigʻini aytish uchun Layloning oilasidan ruxsat olganmi?

Munisa Rizayeva “Jonginam” qoʻshigʻini aytish uchun Layloning oilasidan ruxsat olganmi?

Qoʻshiqchi Munisa Rizayeva marhuma xonanda Laylo Aliyevaning “Jonginam” qoʻshigʻini ijro etish uchun dastlab uning oilasidan ruxsat ololmagani haqida gapirdi.

Uning soʻzlariga koʻra, Laylo Aliyevaning oʻgʻli ushbu qoʻshiqni ijro etishga ruxsat bergan.

“Men bu ashulani aytmayman, chunki Laylo Aliyevaning hurmati bor, uning oilasi ruxsat bermayapti, men bu qoʻshiqni aytmayman, iltimos meni bu vaziyatdan chiqaringlar, qoʻshiqni aytmayman, konsertda ham ishtirok etmayman, degan edim.

Shu paytda oʻgʻli (Laylo Aliyevaning — tahr.) Jasur chiqib, “opa, hech kimga hech qachon ruxsat bermaganmiz, lekin sizning ijrongizni eshitib, lol qoldim. Sizga nafaqat bu ashulaga ruxsat beraman, balki onamning hali chiqmagan 30 dan ortiq qoʻshigʻini ham sizga beraman, ayting onamning ashulalarini”, dedi.

“Jasur, qachon eshitdingiz”, desam, “Instagram'ga bir parchasini qoʻygan vaqtingiz eshitib, etim jimirlab ketdi”, dedi. Endi biz bu qoʻshiqni rasmiy tarzda ijro etamiz", — dedi Munisa Rizayeva.

Ma’lumot uchun, Munisa Rizayevaning kaveri 2022-yilda e’lon qilingan va hozirgacha YouTube platformasida 28 milliondan ortiq koʻrilgan.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.