06.06.2025
Uillem Defo ishtirokidagi “Yerto‘lamdagi odam” filmi tizeri e’lon qilindi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Hulu striming xizmati “Yerto‘lamdagi odam” trilleri debyut tizerini taqdim etdi. Film joriy yil oxirigacha chiqariladi.
Syujetga ko‘ra, Charlz (Kori Xoukins) oilasining uyini yo‘qotish xavfi ostida qoladi. Vaziyatni yevropacha talaffuzli sirli biznesmen (Uillem Defo) qutqaradi.
Tez orada notanish odamning haqiqiy, dahshatli niyatlari ma’lum bo‘ladi.
Filmni Nadya Latif (“Jinoyatchilar” asari muallifi) sahnalashtirgan. Asar Uolter Mouslining 2004-yildagi romaniga asoslangan.