РУ
O’Z
UZS
/
/
Nega har kuni yurish tavsiya qilinadi? 10 ming qadam yurish shartmi?
13.07.2024

Nega har kuni yurish tavsiya qilinadi? 10 ming qadam yurish shartmi?

Nega har kuni yurish tavsiya qilinadi? 10 ming qadam yurish shartmi?

Kuniga 10 ming qadam tashlaganingizni smartfonda hisoblaysizmi? Shuncha ko‘p yurish kerakmi yoki undan ham ko‘pi yaxshiroqmi? Nega har kuni yurish va salomatlik uchun qancha qadam bosish foydali ekanini tushuntirishga qaror qildik.

Yurishning asosiy afzalliklari:

  • Yurak-qon tomir kasalliklari, insult xavfini kamaytiradi, shuningdek qon bosimini normallashtiradi.
  • Ozishga yordam berib, uni normal holatda saqlaydi. Ammo, buning uchun qat’iy maqsad qo‘yishingiz va buni murabbiy, tanangizning ahvoli va ovqatlanish tartibingizni kuzatgan holda amalga oshirish kerakligini unutmang.
  • Kayfiyatimizni yaxshilanishiga javob beradigan va stress darajasini pasaytiradigan endorfinlarning shakllanishiga yordam beradi.
  • Mushaklarni kuchaytirib, suyak to‘qimasini mustahkamlaydi va ularning sinishiga “immunitet” hosil qiladi.
  • Demensiya (aqli zaiflik) rivojlanish xavfini kamaytiradi, xotiraning anglash funksiyalarini saqlashga va diqqatni jamlashga yordam beradi.
  • Katta energiya to‘lqinini beradi va tananing umumiy holatini yaxshilaydi. 

Xulosa qilib aytganda: har kuni yurish dunyodagi eng foydali odatlardan biridir. Muntazam jismoniy faollik umumiy holatni yaxshilaydi va deyarli har qanday kasallikka yordam beradi. Agar sizda og‘riydigan bo‘g‘inlar bo‘lsa ham, shifokorlar harakat qilishni maslahat berishadi (faqat og‘riq paydo bo‘lgunga qadar) – bu o‘zingizga zarar yetkazmasdan sog‘lig‘ingizni yaxshilashga yordam beradi.

Shuningdek, kunlik yurish, ba’zi saraton kasalliklarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi, hissiy muammolarga yordam berishi va hatto depressiya alomatlarini yengillashtirishi ilmiy jihatdan isbotlangan. 

10 ming qadamlik normaning kelib chiqishi qayerdan paydo bo‘lgan? 

Hammaga ma’lum bo‘lgan 10 000 qadamlik norma – yapon “Yamasa” qadam o‘lchagichining reklamasidan kelib chiqqan marketing harakatidan boshqa narsa emas. 60-yillarda brend xaridorlarga “Keling, kuniga 10 ming qadam yuramiz” shiori bilan murojaat qildi, u darhol faol yaponlarning miyasiga o‘tirdi, keyin butun dunyoga tarqaldi. Ehtimol, bu eshitilganda oddiy va chiroyli raqam bo‘lgani uchun bo‘lsa kerak! 

JSST 10 ming qadam haqida nima deydi? 

Bu savolga javob berayotib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti boshqa raqamlarga e’tibor berishni taklif qildi. Kattalar uchun mutaxassislar, haftasiga 150 dan 300 daqiqagacha o‘rtacha faollikni tavsiya qiladi. Bu me’yorga turli xil mashg‘ulotlar (fitness, aerobika, suzish, yugurish) va o‘sha yurish orqali erishish mumkin.  

Umuman olganda, kuniga 10 ming – bu jiddiy kasalliklari bo‘lmagan odamlar uchun qabul qilinadigan qadamlar soni. Shu sababli, mutaxassislar kamroqdan boshlab, qadamlar sonini asta-sekin oshirishni maslahat beradi.

O‘zingizni haddan tashqari urintirmang: agar siz ilgari harakatsiz turmush tarzini olib borgan bo‘lib, kuniga ikki-uch ming qadam me’yoridan chiqmagan bo‘lsangiz, unda tanaga 10 ming qadam yurish og‘irlik qilishi aniq. Bu oyoq og‘rig‘i, kuchli charchoq va uzoq muddatli tiklanishlarga olib keladi (bu vaqt ichida siz keyingi mashqlarni o‘tkazib yuborasiz).

Kuniga 10 ming qadamni – oson va og‘riqlarsiz yurishni qanday boshlash kerak:

  • Takroran aytamiz, kamdan boshlang va siz uchun to‘g‘ri keladigan har qanday normani sinab ko‘ring. Bu 7000, 5000 va hatto 3000 qadam bo‘lishi mumkin.
  • Dangasalik qilmang va muntazam ravishda piyoda yuring! Yurishning afzalliklarini yodda tuting, shuningdek, telefoningizga “yurish” deb belgilangan eslatmalarni o‘rnating. Yoki yaqinlaringizdan sizga yangi va foydali odatni eslatib turishni iltimos qiling.
  • Sport qadamida emas, oddiy qadamlar bilan yurishni ortopedlar va biz ham maslahat beramiz. Aynan shu yurish interartikulyar suyuqlikning teng taqsimlanishiga yordam beradi – bu sog‘lom umurtqa pog‘onasi, bo‘g‘inlar va organizmning kalitidir. 

Diqqat! 

Yurish ko‘pchilik odamlar uchun xavfsiz bo‘lsa-da, hatto past intensivlikdagi harakatlar ham qiyinchiliklarga olib keladigan ba’zi bemorlar guruhi mavjud. Buni yodda tutish kerak. 

Bularga quyidagilar kiradi: qariyalar, semizlikning yuqori bosqichidagi bemorlar, harakatsiz bemorlar, shuningdek, bo‘g‘in patologiyalari bo‘lgan odamlar. Shuning uchun yurish kabi faoliyat ham davolovchi shifokor bilan kelishilgan holda bajarilishi kerak.