Nega suvni turgan holda ichib bo‘lmaydi, buning asab tizimi va oshqozon-ichak traktiga nima aloqasi bor? Suv ichishda tananing pozitsiyasi muhim o‘rin tutishi haqida
Ehtimol, siz suvni noto‘g‘ri ichish mumkinligi haqida hech o‘ylamagansiz. Ammo, ko‘plab ekspert va nutritsiologlarga ko‘ra, suv ichishda xatoliklarga oson yo‘l qo‘yish mumkin! Suvni ichish holati organizm va umuman salomatlikka bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ishonmaysizmi? Biz suvni turib ichish zararli va hatto xavfli, deb ta’kidlaydigan ekspert xulosalari to‘pladik.
Oshqozon buzilishi xavfi
“HealthShots” tibbiyot mutaxassislarining aytishicha, suvni turgan holda ichish yomon, chunki bu oshqozon-ichak muammolariga olib kelishi mumkin. Turib yoki harakatlanib ichasizmi, buning ahamiyati yo‘q — suv katta tezlikda oshqozonning pastki qismiga “tosh” kabi tushadi. Bu esa organizm uchun katta stress bo’ladi.
Asab tizimi aziyat chekadi
Tik turgan holda suv ichsangiz, MAT (markaziy asab tizimi) taranglashib, organizmga yolg‘on signal yuborishni boshlaydi. An’anaviy Ayurveda (Hindistonning an’anaviy tibbiyot tizimi) tarafdorlarining fikriga ko‘ra, bu suv balansining buzilishiga, natijada organizmda toksinlarning ko‘payishiga olib keladi.
Artritni keltirib chiqaradi
Tik turib suv ichish – bo‘g‘imlar bilan bog‘liq kasalliklarning asosiy sabablaridan biridir. Diabetolog shifokor Vipul Rustgining tahlillariga ko‘ra, bu bo‘g‘imlarda suvning to‘planishiga olib keladi, artrit va boshqa xavfni oshiradi.
Jigar va o‘pka uchun zararli
Suvni tik turgan holda ichganingizda, suvdagi zarur vitaminlar va ozuqa moddalari oshqozon-ichak trakti ichiga singishga ulgurmaydi, shuningdek jigarga ham yetib bormaydi. Organizmga katta tezlikdagi suv oqimi o‘z yo‘lidagi hamma narsani supurib ketadi va hatto bir zum kislorodni “o‘chirib qo‘yadi”, bu esa o‘pkaga xavf soladi.
Buyrak va qovuqning zo‘riqishi
Bu oldin ham siydik tizimi bilan bog‘liq muammolarga duch kelganlarga tegishli. Turgan holda suv ichish odati buyraklarni ortiqcha zo‘riqtiradi, bu surunkali qovuq kasalliklari kuchayishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu paytda “filtratsiya” funksiyasi o‘chiradi va suvdagi iflosliklar buyrak devorlariga joylashadi.
Xo‘sh, unda suvni qanday ichish kerak?
Ha, suvni to‘g‘ri ichish usuli mavjud va u juda oddiy.
Buning uchun stulga o‘tiring, qaddingizni rostlang va sekin kichik qultumlar bilan suvni iching (qaddingizni rostlagan holda!). Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, shu tarzda oziq moddalar miyaga ko‘proq yetib boradi, asab tizimi xavotir signalini yoqmaydi va hatto tinchlanadi.
Bundan tashqari, xotirjam tarzda suv ichish ovqat hazm qilish tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: metabolizm tezlashadi, qorin dam bo‘lishi va ovqat hazm qilish muammolarini unutasiz.
O‘tirgan holda suv ichishning yana bir afzalligi: shu yo‘l bilan siz chanqoqlikni tezda qondirasiz, ayniqsa yozda – tashqarida +30 daraja issiq bo‘lganda shu usul bilan tezda salqinlanib olish mumkin.
Shuningdek, hiqichoq tutgan paytda suv ichishga ehtiyot bo‘ling: turib sabrsizlik bilan suvni katta qultumlar bilan yutish, turli oqibatlarga olib kelishi mumkin.