O‘zbek qizi 12 yil AQSHda yashaganidan so‘ng vataniga qaytdi. Nima sababdan?
Komila Fayz AQSHda 12 yil yashagan. Yaqinda u Toshkentda oilasi bilan yashab ko‘rishga qaror qildi. U avval yuridik kompaniyada marketing bo‘yicha direktor lavozimida ishlagan, hozir esa Toshkentdagi kreativ agentlikda faoliyat yuritmoqda. Toping.uz uchun Komila AQSHdagi mehnat bozori va turmush tarzi haqida so‘zlab berdi. U yerga pul topish uchun borish o‘zini oqlaydimi?
Komila ko‘plab sabablar tufayli AQSHga ketgan. Uning aytishicha, o‘sha paytda O‘zbekistonda vaziyat murakkab edi, qizga esa Amerika kompaniyasida ishlash imkoniyati tug‘ilgandi. Buning ustiga, u sevgan insonining yoniga bordi.
U o‘zining blogi orqali turli shtatlar va hatto boshqa mamlakatlardan kelgan o‘zbekistonliklar bilan muloqot qiladi. Ular Navro‘z bayramini birgalikda nishonlaydilar va turli shaharlarda uchrashadilar.
AQSHda ishlash
Komilaning fikricha, hozirgi kunda mehnat bozori yaxshi holatda emas va inson mehnatining o‘rnini bosuvchi yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi tufayli barcha sohalarda ish topish qiyinlashmoqda.
‘‘Bu, menimcha, yanada chuqurlashadi. Kimki faqat pul topish uchun bormoqchi bo‘lsa, AQSHga pushti ko‘zoynak orqali qaramaslikni maslahat berardim. Barcha ijobiy va salbiy tomonlarni yaxshilab o‘ylab ko‘rish, O‘zbekiston yoki iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan o‘sayotgan boshqa mamlakatlardagi imkoniyatlarni xolisona baholash kerak", – dedi suhbatdosh.
AQSHda yashash xarajatlari
AQSHda yashash xarajatlari turlicha bo‘lishi mumkin va u shtatga, xizmatlar darajasiga, shahar yoki qishloq hududiga qarab farqlanadi. Komilaning fikriga ko‘ra, xuddi Toshkentdagidek, AQSHda ham 500 dollar, 5000 dollar va hatto 20 000 dollar bilan ham yashasa bo‘ladi. Oila va bolalar bilan esa xarajatlar ancha katta bo‘ladi.
Ijobiy va salbiy tomonlari
Komilaga amerikaliklar madaniyatining ko‘p jihatlari yoqadi. U, u yerda madaniyat yo‘q degan qarash noto‘g‘riligi va bu shunchaki stereotipligini ta’kidladi. Ijobiy tomonlardan u yana maktablarda bolalar uchun yaratilgan qulay sharoitlarni, xizmat ko‘rsatish sohasini va texnologiyalarning rivojlanganini alohida qayd etdi.
‘‘Odamlar mehmon do‘st va juda xushmuomala. Faqat Nyu-York kabi aholi zich joylashgan katta shaharlarda bu holat biroz boshqacharoq bo‘lishi mumkin. Ularning vatanparvarligi menga yoqadi: u sun’iy emas, balki juda samimiy va chin yurakdan'', – dedi Komila.
Salbiy tomonlardan esa – yaxshi yashash uchun juda mehnatsevar bo‘lish kerak. Bundan tashqari, onalar uchun qulay sharoitlar yo‘qligi, juda qisqa dekret ta’tillari va murakkab tibbiy tizimni keltirish mumkin.
‘‘Ko‘plab amerikaliklar tashqi dunyo uchun yopiq, deyarli yarmida pasport yo‘q va ular hech qachon mamlakat tashqarisiga chiqmaydi, bu ularning dunyoqarashini cheklaydi. Ular hamma narsani o‘z nuqtai nazaridan ko‘radi, Yevropa va dunyodan uzoqdalar'', – deydi u.
O‘zbekistonda Komilaning qarindoshlari bor, agar hammasi yaxshi bo‘lsa, u doimo o‘z ona shahrida yashashni orzu qilgan. Hozirda u va uning oila a’zolari O‘zbekistonning sezilarli rivojlanishini ko‘rmoqda.
‘‘Bizningcha, bu yerda yashash uchun qulay payt keldi. Bundan nima bo‘lishini hozircha bilmaymiz, lekin bu qadamdan juda mamnunmiz'', – dedi suhbatdosh.
Keksa erkak mo‘jizalarga ishonishga yordam bergani haqidagi hikoya
Ilgari ish yuzasidan tez-tez safarlarga chiqardim. Bizning yosh bolamiz bor edi, ammo uni ishonib qoldiradigan yaqin insonlarimiz yo‘q. Bir safar erim bilan uning safaridan oldin uchrasha olmadim.
Men Belgraddan uyga Parij orqali bir yarim soatlik almashinuv bilan qaytayotgan edim. Erimning safaridan oldin u bilan ko‘rishish uchun uyga o‘z vaqtida yetib kelishim kerak edi. Belgraddan Parijga parvoz qiluvchi reysim kechikdi.
Yonimda irlandiyalik musiqachi va keksa bir erkak o‘tirardi. Baxtimga, cholning ham xuddi shunday almashinuv reysi bor ekan va u menga vaqtida yetib borishimizga ishonch bildirdi. Unga yoshi tufayli maxsus yordam ko‘rsatilayotgandi. Aytgancha, erkak 80 yoshda edi. U ingliz tilini yaxshi bilmasdi, ammo har safar bortkuzatuvchi bilan serb tilida uzoq gaplashganda, menga o‘girilib, hamma narsa joyida ekanini aytardi. Men o‘zimni tinchlantirish uchun, agar almashinuv qisqa bo‘lsa, chiqish joyi yaqin atrofda bo‘lishi kerak, deb o‘ylab, hammasi oson o‘tishiga umid qilardim.
Biz Sharl-de-Goll aeroportiga uchib keldik va qariya oldinga o‘tishim uchun hammani turtkilay boshladi.
Samolyotdan tushgach, bizni nogironlar aravachasida o‘tirgan xushmuomala bir kishi kutib oldi. Chol uning ketidan borishimni kuzatib turdi, hammamizni quvib o‘tib, odamlarga ‘‘kechirasiz!" deb qichqirardi.
Navbatdagi qo‘shimcha ko‘rikdan va katta navbatdan keyin chol hammaga men u bilan va biz hammadan oldinda o‘tganimizni aytdi. Bu telbalik va hovliqishlar ichida u yuzida tabassumni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi va yoshi unga yordam bergaini hazillashdi.
Shuncha yugur-yugur, buzuq liftlar va baxtsiz chiqishga olib boradigan yo‘ldagi boshqa minglab to‘siqlardan so‘ng, nihoyat manzilga yetib keldik. Xavfsizlik xizmati pasportimni yana uch marta tekshirdi. Men erkakdan ketishini so‘radim, ammo u qat’iyat bilan meni kutib turdi. Bu insonni uchratganimdan shodligimdan yig‘lab yuborishimga oz qoldi. Men keksaga uzr so‘rab, fuqaroligim tufayli aeroportda meni doimo shunday tekshirishlarini tushuntirdim.
U mendan qayerdan ekanimni so‘radi va ‘‘O‘zbekiston" degan javobimdan keyin ‘‘Ooo, O‘zbekiston! Endi sen menga yanada ko‘proq yoqasan!", – deya javob berdi Aleksandr.