РУ
O’Z
UZS
Rigina Madjitova

Rigina Madjitova

Jurnalistika bo'yicha oliy ma'lumot ega va to'qqiz yildan beri ushbu kasbga muhabbat qo'yganman. Jurnalistika kasb emas, balki men uchun turmush tarzi. Men shunchaki matn yozish, suratga olish va audio yoki video yozib olish bilan kifoyalanmayman, men shu bilan yashayman.

Investitsiyon loyihasi matbuot xizmati rahbari bo'lib ishlaganman va PR-mutaxassis ko'nikmalarini o'zlashtirganimdan so'ng, ommaviy axborot vositalariga qaytdim, chunki men suyaklarimgacha jurnalist ekanligimni anglaganman. O'zbekistonning ko'plab onlayn ommaviy axborot vositalarida ishlagab, jamoa qurib, maxsus loyihalarda ishtirok etganman, longridlar yozganman va “mobilograf” so'zi paydo bo'lishidan oldin telefonda fotosuratlar va videolarni suratga olib yurganman.

Topping jamoasida men chet elda mehnat muhojirlari uchun matnlar, ko'rsatmalar yozaman, mamlakatda ham undan tashqarida ham qiziq o'zbekistonliklar bilan suhbatlashaman. Men teatrlarni, ko'rgazmalarni, mobilografiyani, kitoblarni, filmlarni, stilni va sayohatni yaxshi ko'raman. Agar siz Toshkentda qo'lida kitob bilan stilniy qizni ko'rsangiz, bu menman.