РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbek soʻmi kupyuralarida qanday binolar tasviri tushirilgan?
02.07.2024

Oʻzbek soʻmi kupyuralarida qanday binolar tasviri tushirilgan?

Oʻzbek soʻmi kupyuralarida qanday binolar tasviri tushirilgan?

Bugun barchamiz har kuni koʻradigan, qoʻlimizda ushlab koʻradigan va hayotimizning bir qismiga aylanib ketgan soʻmning tugʻilgan kuni. Bundan roppa-rosa 30 yil oldin Oʻzbekiston pul birligi — soʻm prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish toʻgʻrisida”gi 1994-yil 16-iyundagi farmoni bilan 1994-yilning 1-iyulidan respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy toʻlov vositasi sifatida muomalaga chiqarilgan. Ushbu jamlanmada biz oʻzbek soʻmida tushurilgan binolar haqida maʼlumot beramiz.

100 soʻmlik kupyura

Foto: Markaziy bank rasmiy sayti

1994-yilda ilk bora muomilaga kiritilgan 100 soʻmlik kupyurada “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi tasviri tushurilgan

200 soʻmlik kupyura

Foto: Markaziy bank rasmiy sayti

Oradan 3 yil oʻtib, 1997-yilda Oʻzbekistonda ilk bora 200 soʻmlik pul chiqarilgan. Bu kupyura Samarqanddagi Sherdor madrasasi fragmenti tasviri tushurilgani bilan ham ajralib turadi.

500 soʻmlik kupyura

Foto: Markaziy bank rasmiy sayti

XX asr soʻngida 1999-yilda mamlakatda 500 soʻmlik kupyura ham muomilaga kiritiladi. Avvalgilariga oʻxshamaydigan qizil rangda chiqarilgan kupyurada Toshkentdagi Amir Temur monumentini koʻrish mumkin.

Hozirgi kunga kelib 100, 200 va 500 soʻmlik kupyuralar rasman muomiladan chiqarilgan.

1000 soʻmlik kupyura

Foto: Markaziy bank rasmiy sayti

Yangi asr boshi 2001-yilda Oʻzbekistonda 1000 soʻmlik puldan foydalanish boshlandi. Unda Temuriylar tarixi muzayi surati tushurilgan.

2000 soʻmlik kupyura

Foto: Wikipedia

2021/22 yilda Oʻzbekistonda bir qancha yangi kupyuralar chiqarildi. Ulardan biri 2000 soʻmlik kupyuraning old tomonida Buxorodagi Ark qalʼasi, orqa tomonida esa Buxoro viloyatidagi qadimiy shahar boʻlmish Poykand xarobalari tushurilgan.

5000 soʻmlik kupyura

Foto: Markaziy bank rasmiy sayti

Keyingi kupyura oradan 12 yil oʻtib 2013-yilda yashil rangda chiqarilgan. “Besh mingtalik”da Toshkentdagi Oliy majlis binosi tasvirlangan

5000 soʻmlik yangi kupyura

Foto: Wikipedia

2021-yilda chiqarilgan yangi kupyuralardan biri 5000 soʻmlik boʻldi. Uning old tomonida Samarqanddagi Sherdor madrasasi, orqa tomoniga esa Afrosiyob yodgorligi surati tushurilgan.

10 000 soʻmlik kupyura

Foto: Markaziy bank rasmiy sayti

2017-yildan muomilaga kiritilgan 10 000 soʻmlik kupyurada Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosini koʻrishingiz mumkin.

10 000 soʻmlik yangi kupyura

Foto: Markaziy bank rasmiy sayti

10 000 soʻmlik pulning 2021-yilda chiqarilgan versiyasining old tomonida Toshkentdagi Koʻkaldosh madrasasi, orqa tomonida esa “Shoshtepa” arxeologik yodgorligi tasviri tushurilgan.

20 000 soʻmlik kupyura

Foto: Markaziy bank rasmiy sayti

Avvalgi kupyuralar qatorida 2021-yilda koʻk-binafsha va jigrrang ranglarida yangi 20 000 soʻmlik muomilaga kiritilgan. Uning old tomonida Qoraqalpogʻistondagi Qoʻyqirilgan qalʼa, orqa tomonida esa Jonbos qalʼa surati tasvirlangan.

50 000 soʻmlik kupyura

Foto: Markaziy bank rasmiy sayti

50 000 soʻmlik puldan oʻzbekistonliklar ilk bora 2017-yilda foydalana boshlagan. Unda Toshkentdagi Xalqaro anjumanlar saroyi tasvirlanganini koʻrishimiz mumkin.

50 000 soʻmlik yangi kupyura

Foto: Wikipedia

2021-yilda chiqarilgan kupyuralar bir-biriga juda oʻxshaydi. Ularning yana biri 50 000 soʻmlik old tomonida at-Termiziy maqbarasi, orqa tomonida esa Surxondaryodagi Fayoztepa arxeologik kompleksini koʻrish mumkin.

100 000 soʻmlik kupyura

Foto: Markaziy bank rasmiy sayti

Soʻnggi kupyura chiqqanidan 2 yil oʻtib 2019-yilda yuz ming soʻm miqdorni anglatuvchi pul ham chiqarildi. Uning old tarafda Mirzo Ulugʻbek haykali, orqa tarafida esa Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi surati tushurilgan.

100 000 soʻmlik yangi kupyura

Foto: Wikipedia

“Yangi yuz mingtalik” 2021-yilning dekabr oyida muomilaga kiritilgan. Uning old tomonida Xivadagi Ichan-Qalʼa, orqa tomonida esa Xorazm viloyatidagi Angka-qalʼa suratlari tushurilgan.

200 000 soʻmlik kupyura

Foto: Wikipedia

Hozirgi kunda eng yirik kupyura hisoblanadigan 200 000 soʻmlik Oʻzbekistonda 2022-yildan beri foydalaniladi. Uning old tomonini Qoʻqondagi Xudoyorxon saroyi bezab tursa, orqa tomonida “Axsikent shahri” yodgorliklarini koʻrish mumkin.