O‘zbekistonda 6-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
“O‘zgidromet” 6-noyabr, payshanba kuni respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 3° sovuq-2°iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° gacha sovuq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.. Harorat kechasi 3° sovuq-2°iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi-3° sovuq-2°iliq bo‘ladi.