Jessika Chesteyn ishtirokidagi “Savant” seriali kechiktirildi


Apple TV+ oqim-xizmati rahbariyati yangi “Savant” serialini belgilangan sana - 26-sentyabrda efirga uzatmaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Bunga respublikachi faol Charli Kirkning o‘ldirilishi oqibatida AQShda yuzaga kelgan keskin siyosiy vaziyat sabab bo‘ldi. Sakkiz qismli loyihaning bosh rolini “Oskar” mukofoti sohibasi Jessika Chesteyn (“Interstellar”) ijro etgan.
Serial voqealari Jodi Gudvin atrofida rivojlanadi: u “Savant” taxallusi ostida onlayn nafrat guruhlariga kirib, yirik miqyosdagi terrorchilik hujumlarining oldini oladi. Shou muallifi Melissa Jeyms Gibson (“Qog‘oz uyi”, “Amerikaliklar”) hisoblanadi.
Bir necha qismlarni Mettyu Xayneman (“Shaxsiy urush”) sahnalashtirgan. Chesteyn, shuningdek, “Savant”ning ishlab chiqaruvchisi hamdir. Serialning yangi namoyish sanasi keyinchalik e’lon qilinadi.