PDFga qanday imzo qo‘yish mumkin: mavjud usullar va layfxaklar
PDF-hujjatga imzo qo‘yish murakkab vazifadek tuyulsa-da, zamonaviy dasturlar va onlayn xizmatlar yordamida buni tez va oson amalga oshirish mumkin. PDFelement va boshqa vositalar orqali PDF faylga imzo qo‘shish yo‘llarini, shuningdek, boshlang‘ich foydalanuvchilar uchun layfxaklar bilan tanishib chiqdik.
PDFga imzo qo‘yish usullari
PDF-hujjatga imzo qo‘shishning bir nechta usullari mavjud. Qog‘ozdagi imzoni skanerlab, hujjatga rasm sifatida joylashtirishingiz, stilus yoki sichqoncha yordamida chizilgan elektron imzodan foydalanishingiz yoki imzo rasmini yuklab qo‘yishingiz mumkin.
PDFdagi elektron imzo yuridik kuchga egami?
Elektron imzolar, agar ular muayyan standartlar va talablarga javob bersa, ko‘pchilik mamlakatlarda qonuniy hisoblanadi va yuridik kuchga ega bo‘ladi. Yaxshisi, noqulay ahvolga tushmaslik uchun rasmiy idoralardan hammasini oldindan aniqlab olish kerak.
PDF ga imzo qo‘yish uchun dasturlar, jumladan, bepullari
PDF faylga imzo qo‘yish imkonini beruvchi ko‘plab dastur va xizmatlar mavjud. Bugungi kunda eng ommaboplari: PDFelement, Adobe Acrobat, HiPDF hisoblanadi. Lekin boshqalari ham bor. Ular ham bepul versiyalarga ega (lekin faqat asosiy funksiyalar to‘plami bilan). Dasturlar bir xil uslubda ishlaydi, faqat dizayni bilan farq qiladi. Ta’bingiz va foydalanish qulayligiga qarab tanlang.
PDFelement dasturi yordamida PDF fayliga imzo qanday qo‘yiladi?
Agar siz PDFelement dasturini tanlagan bo‘lsangiz, quyidagi qisqa yo‘riqnoma orqali PDF fayliga imzo qo‘yishingiz mumkin.
- Hujjatni oching
- PDF fayliga imzo qo‘yish funksiyasini tanlang
- Keyingi ko‘rsatmalarga amal qiling
- O‘zgartirilgan hujjatni qurilmangizga saqlang
Dasturlar orqali PDFga imzo qo‘yishning afzalliklari
- Onlayn vositalar qulay, chunki ular qo‘shimcha dasturiy ta’minot o‘rnatishni talab qilmaydi.
- Ular internetga ulangan har qanday qurilmada ishlashi mumkin va ko‘pincha asosiy funksiyalarni bepul taqdim etadi.
- Bu juda qulay, tez va oson. Bunday ilovalarning vositalarini hatto bola ham o‘zlashtira oladi.