PlayStation 5 yoki Xbox Series S|X? Har bir konsolning uchta muhim jihati
PlayStation 5 va Xbox Series S|X hali ham yangi konsollar kabi ko‘rinsa-da, aslida ular to‘rt yil oldin – 2020 yil oxirida sotuvga chiqarilgan. Sotuv boshida ularni xarid qilish qiyin bo‘lgan (komponentlarning yetishmasligi sabab), shu uchun ko‘plab foydalanuvchilar “Xbox One” yoki PlayStation 4’da qolgan. Avvalgi konsollar ochiqchasiga eskirgan, hozirgi modellarni esa uncha qimmat bo‘lmagan narxda sotib olish mumkin.
Qaysi konsolni tanlash kerak? Shubhasiz, muxlislar o‘zining sevimli u yoki bu konsoli foydasiga ko‘plab dalillar keltiradi. Biz ham har bir konsol uchun asosiy argumentlarni to‘pladik: bu sharoit va imkoniyatlarga asoslangan tanlovingizda yordam beradi degan umiddamiz.
PlayStation 5 / PlayStation 5 Slim
Konsollar orasidagi farq faqat nomidadir. “Slim”, o‘z nomiga monand ixcham bo‘lib atigi 3.2 kilogram, oddiy PlayStation 5 esa 4.5 kilogram og‘irlikka ega. “Slim” versiyasining yana bir muhim jihati – oddiy versiya kabi 825 GB emas, balki 1TB hajmga ega. Boshqa tomondan hech qanday farqi yo‘qligi sababli agar siz PS5’ni juda arzon narxda topsangiz, bemalol xarid qiling, adashmaysiz.
manba: New look for PS5 console this holiday season – PlayStation.Blog)
Chap tomonda – oddiy PlayStation 5, o'ng tomonda – “Slim”
Muhim tomoni: ikkala konsol ham “Digital Edition” versiyasida, ham diskovodli versiyada mavjud. Birinchi variant arzonroq bo‘ladi, ammo agar siz xariddan keyin o‘yinlarni sotishni, do‘stlaringiz bilan almashishni, o‘yinlarni ijaraga olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, “Blu-Ray” uzatmali model uchun ortiqcha to‘lashingiz kerak bo‘ladi, diskovodli versiyasining narxiga borib qoladi.
PS5_Slim.png (X (twitter.com))
PlayStation 5 Slim diskovodli va diskovodsiz
Birinchi muhim afzalligi: eksklyuziv o‘yinlar
“Sony” konsolida boshqa platformalarda mavjud bo‘lmagan ko‘plab o‘yin seriyalari mavjud. Bunday o‘yinlar “system seller” deb ataladi – ular shunchalik zo‘ri, go‘yo aynan shu o‘yinlar uchun ma’lum bir konsolni sotib olasiz. Hozirda “PlayStation”da “The Last of Us”, “Uncharted”, “Marvel’s Spider-Man”, “Gran Turismo”, “Killzone”, “God of War”, “Horizon”, “Ratchet & Clank” kabi mashhur o‘yinlar, shuningdek, ekshen o‘yinlarni sevuvchilar uchun – “RPG Demon’s Souls”, mustahkam asablilar uchun esa – “Bloodborne” o‘yinlari mavjud.
God of War Ragnarok
Ushbu seriyadagi ba‘zi o‘yinlar keyinchalik kompyuterlar uchun ham chiqarildi, ammo Xbox’da chiqarilgani haqida ma’lumot yo‘q. To‘g‘risini aytganda, Xbox’da PlayStation’da mavjud bo‘lmagan o‘yin seriyalari mavjud: masalan, “Halo”, “Forza Horizon/Motorsport”, “Fable”. Shuning uchun bu borada qaysi franshizani ko‘proq yoqtirishingizga bog‘liq.
Ikkinchi muhim afzallik: gamepad – o‘yin pulti
Agar “Microsoft” Xbox o‘yin pultini oxirgi versiyasi bilan taqqoslaganda deyarli o‘zgartirmagan bo‘lsa, “Sony” jiddiy yangilanishni amalga oshirdi, hatto kontrollerning nomini – DualShock 5 emas, DualSense deb o‘zgartirdi.
Kontroller DualSense
Gamepad maksimal darajada yangilangan: harakatlarni kuzatish uchun giroskop, sensorli maydon, dinamik va mikrofon (tarmoq orqali muloqot qilish uchun qo‘shimcha narsa sotib olish kerak emas), L2/R2 tugmalarini bosishning o‘zgaruvchan kuchi. Masalan, ekshenlarda miltiq tepkisi turli qurollardan otishda turlicha bo‘ladi, poygalarda esa L2/R2 gaz va tormoz pedali kabi ishlatiladi – buni shu funksiyani qo‘llab-quvvatlanadigan o‘yinlarda g‘ildirakni to‘xtashi kabi harakatlarda his qilishingiz mumkin. Plyus – vibratsiya tizimi ham ancha xilma-xil va sezilarli bo‘ldi.
Salbiy tomoni shundaki, gamepad o‘rtacha 7-10 soatlik o‘yindan so‘ng quvvati tugaydi. Ammo, batareya bilan ishlaydigan Xbox pultidan farqli o‘laroq, o‘rnatiladigan akkamulyatorga ega, shuning uchun “DualSense”ni bir yarim soat davomida USB-C orqali quvvatlab olishingiz mumkin.
Uchinchi muhim afzallik: mashhurlik
To‘g‘ri buni afzallik deb bo‘lmaydi, chunki hamma o‘ziga yoqqan konsolni tanlaydi. Ammo konsolning mashhurligi – o‘yinchilari ko‘proq bo’lgan va ududingizdagi o‘yinchilar (yoki raqiblar)ni topish oson bo‘lgan yanada qulay tizimli o‘yin, sotuvda aksessuarlarning mavjudligi, shuningdek, ta’mirlash yoki parvarishlash xizmatini (masalan, changni tozalash uchun) topish kabi ko‘pgina qo‘shimcha afzalliklarni beradi.
2023-yil dekabr oyida “Sony” kompaniyasi 50 million PlayStation 5 sotilgani haqida xabar berdi. “Microsoft” Xbox Series S|X sotuv raqamlarini rasman e’lon qilmaydi, lekin tahlilchilar 28 million deb taxmin qiladi. Bu ham ko‘p degani, ammo PlayStation 5 sotilgan nusxalar soni bo‘yicha hozirda sezilarli darajada mashhurroq.
Xbox Seriya S|X
“Sony”dan farqli o‘laroq, “Microsoft” o‘z konsollarini ishlash bo‘yicha bo‘lib olgan. Qisqacha qilib aytganda, S seriyasi 4K razresheniyali televizorga ega bo‘lmagan, ammo dolzarb o‘yinlarni istaganlarga mos keladi. Xbox Series X esa o‘z navbatida PlayStation 5’ning bozordagi kuch va narxi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri raqibi hisoblanadi.
Xbox Seriya S (Oq) va Seriya X (Qora)
Birinchi muhim jihati: hamyonbop narxi
Seriya S modeli standart bo‘yicha 512GB xotira bilan chiqariladi (uncha ko‘p emas) va 4K razresheniya emas balki 1440p ni qo‘llab-quvvatlaydi, ammo ba’zi o‘yinlar 4K ni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Shu bilan birga, Series S’da diskovod ham mavjud emas. Uning boshlang‘ich narxi 299 dollarni tashkil etadi, buni barcha zamonaviy o‘yinlarni ko‘taradigan konsol uchun juda yaxshi narx deyish mumkin. Bu “Microsoft”ning o‘yin ishlab chiquvchilariga bo‘lgan talabidir: barcha loyihalar ham Series S’da, ham flagman Series X’da ishlashi kerak.
Qo‘shimcha 200 dollar evaziga Xbox Series X xaridorlari diskovod, 1TB xotira, shuningdek, 4K va sekundiga 120 kadrgacha yetkazib berishga qodir kuchliroq konsolga ega bo‘ladi. Umuman olganda, Xbox Series S va Series X o‘rtasidagi grafikadagi farq unchalik sezilarli emas:
Qisqasi, “Microsoft” turli byudjetlar uchun ikkita konsol chiqardi, shuning uchun moslashuvchanlik va mijozlarning diqqat-e’tibori bo‘yicha Xbox PlayStation’dan kuchliroq ko‘rinadi.
Ikkinchi muhim jihati: “Xbox Game Pass”ga obuna bo’lish
Oyiga atigi 10 dollardan boshlab to’lov evaziga yuzlab oʻyinlar katalogiga ega boʻlish – qachonlardir bunga ishonish qiyin boʻlgan. Endi esa bu Xbox foydasiga asosiy jihatlardan biri: o‘yinlarni sotib olish o‘rniga obuna uchun pul to‘lash kifoya, bu yerda bir vaqtning o‘zida juda ko‘p hit loyihalar mavjud.
Masalan, “Game Pass”da chiqarilgan paytdan boshlab, “Forza” poygalari, ovoza bo‘lgan “Atomic Heart” otishmasi, mashhur RPG “Starfield”ni o‘ynashingiz mumkin va sotuvlarning birinchi kunidan boshlab, “S.T.A.L.K.E.R. 2: Heart of Chornobyl” ham u yerda paydo bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, ularni sotib olishning hojati yo‘q: faqat obuna uchun oyiga 10 dollar (yoki boshqa tariflar uchun biroz ko‘proq) to‘lashingiz kerak.
To‘g‘risini aytganda, “Sony” ham PlayStation uchun shunga o‘xshash obunalarni taqdim etdi – ular “Essentials” (multipleyerga kirish, bulutli saqlash va oyiga 2-3 ta o‘yin), “Extra” (“Essentials”dagi hamma narsalar + muntazam ravishda yangilanadigan bir necha yuz o‘yinli katalog) va “Premium” (Essentials, Extra + PlayStation’ning o‘tgan avlodlaridagi eski o‘yinlar to‘plami).
Biroq, chiqarilish kunidagi yangi xit o‘yinlar odatda ushbu obunalarda ko‘rinmaydi, ammo “Xbox Game Pass”da ular chiqqan kuniyoq paydo bo‘lishi mumkin. Boshqa tomondan, “Game Pass”dagi ko‘plab o‘yinlar multiplatformali, ya’ni ular PlayStation 5’da ham mavjud, ular faqat PS obunasiga kiritilmasligi mumkin va siz ularni sotib olishingiz kerak bo‘ladi.
Uchinchi muhim jihati: Uskuna
Nominal jihatdan Xbox Series X hozirgi konsollar lineykasida eng kuchlisidir. Boshqa tomondan, kross-platforma o‘yinlarida Series X va PlayStation 5 o‘rtasidagi grafikadagi farqlarni odatda mikroskop ostida qidirish kerak.
Protsessor:
- Xbox Series X: 8 yadroli AMD Zen 2 va 3.8GHz
- PlayStation 5: 8 yadroli AMD Zen 2 va 3.5GHz
Grafik tezlatgich:
- Xbox Series X: AMD RDNA 2 va 12 teraflops
- PlayStation 5: RDNA 2 RDNA 2 va 10,3 000 teraflops
Amalda siz sezilarli farqni sezmaysiz. Ammo agar siz qolgan ijobiy va salbiy tomonlariga qaramasdan faqat eng kuchli konsolga ega bo‘lishni istasangiz, u holda Xbox Series X oling. Bundan tashqari, ikkala konsol ham nazariy jihatdan 4K razresheniyasida sekundiga 120 kadrni (fps) yetkazib berishga qodir, ammo hozirgacha bunday o‘yinlar kam (Xbox Series X, PlayStation 5 uchun ro‘yxatlar).