Poytaxtda dam olish kunlarida qayerlarga borish mumkin?
Bir qancha qaynoq yangiliklari bilan esdan qoladigan hafta ham oʻz nihoyasiga yetmoqda. Poytaxt aholisi va mehmonlari ushbu dam olish kunlarini qayerda oʻtkazishi mumkin? Buni oʻylab vaqtingizni sarflamang, biz siz uchun roʻyxat tuzib chiqdik.
Tashkent Cityʼda Doʻppi party
20-iyul kuni Doʻppi party raqs kechasi boʻlib oʻtadi.
Mehmonlar uchun eng mashhur guruhlardan biri Koʻk Choy kuylaydi.
- Soat 19:00 da
- Kirish bepul
Hlmrdv galereyasida “Komolon” koʻrgazmasi
Koʻrgazma Toshkentning yuragidagi mahalla — “Komolon” haqida. Unda uzoq yillar davomida yashagan tanti oʻzbek xalqi va ularning ichki kechinmalari hikoya qilinadi.
- Kirish bepul
“Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia koʻrgazmasi
Toshkentda “Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia koʻrgazmasi ochildi.
Ekspozitsiya Tashkent City Mall hududida 1400 kv/metrdan ortiq maydonda joylashgan.
Chipta narxlari:
- payshanba – kirish bepul va navbat asosida;
- juma, shanba, yakshanba – 60 000 soʻm;
- boshqa kunlari – 40 000 soʻm.
Navoiy teatrida “Milliy party”
Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri oldida teatr hamda kino aktyorlari, estrada yulduzlari, bloger va vaynerlar ishtirokida “Milliy party” boʻlib oʻtadi.
- Kirish bepul
Sahna stendap klubda shoular
Mirshakar Fayzulloyev rahbarligidagi stendap jamoasi dam olish kunlarida “Oltin gʻildirak” va “Stendapingda aytasan” deb nomlangan interaktiv shoular oʻtkazadi.
- Kirish narxi: 50 va 100 ming soʻm
Magic City bogʻida “Suv sehri” shousi
Xalqaro ijrochilar truppasi tomonidan sahnalashtirilgan spektakl sizda unutilmas taassurotlar va hissiyotlar qoldiradi.
- Kirish bepul
Maqola yakunida bir narsani eslatib oʻtmoqchimiz: shanba-yakshanba kunlari Toshkentda havo harorati 40 darajagacha koʻtarilishi mumkin. Shu sababli koʻchaga chiqish oldidan ehtiyot choralarini koʻrishni unutmang.