РУ
O’Z
UZS
/
/
Qanday qilib isitmani tezda tushirish mumkin va qaysi usullarni qo‘llash mumkin emas?
07.07.2024

Qanday qilib isitmani tezda tushirish mumkin va qaysi usullarni qo‘llash mumkin emas?

Qanday qilib isitmani tezda tushirish mumkin va qaysi usullarni qo‘llash mumkin emas?

Isitma va tana haroratining ko‘tarilishi har kim duch keladigan hodisadir. Tananing normal harorati aslida qanday bo‘lishi kerak? Shifokorlar va JSSTga tayanadigan bo‘lsak, normal tana harorati 36,1 dan 37,2 darajagacha bo‘ladi. Shifokorlar bu ma’lumotni osmondan olgan emas, ular kun davomida tana haroratining doimiy o‘zgarishini tahlil qilgan.

Minimal tana harorati odatda ertalab, maksimali esa kechqurun kuzatiladi. Aksillyar assimetriyasi (chap va o‘ng qo‘ltiq ostidagi harorati turlicha) bo‘lgan odamlar toifasi ham mavjud. 

Qanday hollarda harorat ko‘tarilishi mumkin?

  • Intensiv mashg‘ulotdan so‘ng
  • Stress tufayli
  • Ovulyatsiya paytida  
  • Issiq dushdan keyin
  • Issiq ovqat va ichimliklardan keyin
  • Havosi dim bo‘lgan xonada uzoq vaqt qolish tufayli 

Ammo harorat ko‘tarilishining keng tarqalgan sababi – bakterial va virusli infeksiyalar, oshqozon-ichak infeksiyalari va kamdan-kam hollarda qon kasalliklaridir. 

Qanday qilib uy sharoitida xavfsiz usullar yordamida isitmani tezda tushirish mumkin?

Toza havo

Xonani shamollating (ammo yelvizak qilmang). Tana stressda bo‘lgani uchun haroratning tez o‘zgarishini qabul qilmaydi.

Havo namlagichni yoqing 

Xonadagi havo nam bo‘lishi kerak. Bunga maxsus texnika yoki xona namlantirgichlar yordam beradi.

Ko‘proq yoting 

To‘shakda yotib, organizmingizga tiklanish imkoniyatini bering. Ishlar, tashvishlar va boshqa shoshilinch vazifalar kutib turadi. Haroratni tezda tushirish uchun dam olish kerak.

Ko‘proq suyuqlik iching 

Haroratni pasaytirish uchun ko‘proq suyuqlik ichishingiz kerak. Gazli ichimlik yoki qahva emas, balki toza ichimlik suvi, iliq choy va mevali ichimlikdir. Harorat ko‘tarilganda, suv-tuz almashinuvi buziladi. Bunday hollarda suvsizlanish xavfini oldini olish muhimdir.

Ovqatlanish tartibingizni qayta ko‘rib chiqing 

Yuqori haroratda ovqatlanish tartibingizga o‘zgartirishlar kiritshingiz tavsiya etiladi. Oson hazm bo’ladigan, lekin to‘yimli ovqatlarni iste’mol qiling, yog‘li, qovurilgan, achchiq, shirin va yuqori kaloriyali narsalardan saqlaning. Spirtli ichimliklarni ham unuting – u yurakka ortiqcha yuk bo‘ladi.

Iliq dush qabul qiling 

Iliq suv bilan tanangizni artib turing yoki shunday haroratli dush qabul qiling. Bu terlashni kuchaytiradi, qon aylanishini tezlashtiradi va tana haroratni o‘z-o‘zidan pasaytiradi. 

Isitmani tushiradigan dorilar ichishga shoshilmang  

Isitmani tushiruvchi vositalarni yuqori haroratda, faqat termometr ustuni 38 darajaga yetganida qabul qilish kerak. Ungacha tanani parasetamolsiz o‘zi kurashishiga imkon bering. 

Qanday usulda isitmani tushirmaslik kerak? Xavfli usullar:

  • Yengil ko‘tarilgan (38 darajagacha) harorat paytida turli xil isitma tushiruvchi dorilar ichish.
  •  Spirt bilan tanani artish, xantal plasterlari bilan isitish yoki sirkali kompresslar kabi xalq tabobati usullariga murojaat qilish. Bunday usullar orqali jiddiy kimyoviy kuyish olishingiz va umuman ahvolingiz yomonlashishi mumkin.
  • O‘zingizga antibiotiklar tanlasangiz (agar harorat uch kundan ortiq ko‘tarilsa). Bunday holda shifokorga murojaat qilish kerak.
  • Yengil varaja paytida issiq va qalin ko‘rpa bilan o‘ranish. Yengil adyol bilan o‘ranib, derazalarni ochish. 
  • Oziq-ovqat tanaga haroratni pasaytirish uchun kuch beradi deb umid qilib, o‘zingizni ovqatlanishga majbur qilmang. Ammo och qolib ketishgacha olib bormang.

Isitma ko‘tarilganda shifokorni qachon chaqirish kerak?  

  • Harorat 38,5 darajaga ko‘tarilganda va bu holat 2-3 kundan ortiq davom etganda.
  • Bezovta qiluvchi alomatlar – nafas qisilishi, tutqanoq va umumiy holatingiz yomonlashgada shifokorni chaqirish kerak.