РУ
O’Z
UZS
/
/
Qanday qilib Toping.uzdan iPhone yutib olish mumkin: eng rag‘batlanganlar uchun 8 ta layfxak
16.10.2024

Qanday qilib Toping.uzdan iPhone yutib olish mumkin: eng rag‘batlanganlar uchun 8 ta layfxak

Qanday qilib Toping.uzdan iPhone yutib olish mumkin: eng rag‘batlanganlar uchun 8 ta layfxak

Toping.uzdan iPhone 16 Pro uchun poygaga rasmiy ravishda start berildi. Bu yerda biz uning qoidalari va ro‘yxatdan o‘tish tartibi to‘g‘risida aytib o‘tdik, shuningdek o‘yinning boshqa tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdik. Agar siz bunga qiziqishni his etayotgan va bir necha do‘stlaringizni jonlantirgan, o‘zingizni yangi smatfon egasi sifatida tanishtirgan bo‘lsangiz,  tezroq harakat qilishingizni hamda O‘zbekistonda iPhone 16 Pro egalaridan biri bo‘lish uchun hamma narsa qilishingizni tavsiya etamiz.

Yangilik yoki havolani oila yoxud do‘stlarning umumiy chatiga ro‘yxatdan o‘tish uchun tashlash

Bu har bir Telegram kanalida mavjud – ishonchimiz komilki, siz ham bundan mustasno emassiz. o‘zingizning ammayu xolalaringizu, amaki-tog‘alaringiz, aka-ukalaringizu opa-singillaringizni hisoblab ko‘ring, urug‘-aymog‘ingiz ko‘pligi uchun hayotdan minnatdor bo‘ling. Ularning har biri sizga g‘alaba imkonini beradi. 

To‘ydagi yoki istalgan oilaviy boshqa tadbirda o‘yin haqida so‘zlab berish 

Agar bu 100 kishilik to‘y bo‘lsa, juda zo‘r, bordiyu bu 300 kishilik tadbir bo‘lsa, risoladagidek bo‘ladi! Aytgancha, yangi iPhone 16 Pro yangi turmush qurganlar uchun yoxud agar bu yubiley bo‘lsa, tugilgan kun egasi uchun sovg‘a ham bo‘lishi mumkin.

Choyxonada iPhone uchun poygani muhokama qilish

Eng samarali usullardan biri bu palov bahona uchrashish - har qanday erkak uchun muqaddas an’ana. Ishonchimiz komilki, do‘stlar bilan birlashib, siz mazkur haftaning top yetakchilari ro‘yxatiga tushishingiz mumkin. Bu degani yana bitta sovg‘ani olish demakdir. Qanday sovg‘a ekanligi bu yerda yozilgan. 

Gapda dugonalarning qo‘log‘iga shipshib qo‘yish

Ayollar davrasi  – ilhomlanish va qo‘llab-quvvatlash manbai hisoblanadi. Xo‘sh, nima uchun bundan foydalanmaslik kerak? Dugonalaringizga Toping o‘yiniga qo‘shilishlarini taklif eting, buning o‘rniga esa ularga yangi iPhoneda ajoyib fotosessiyani va’da qiling.

Poyga haqida ishxonada/universitetda/maktabda so‘zlab berish

Siz buni tushlik vaqtida yoki qahva-breykda, shuningdek ma’ruzalar va darslar orasidagi tanaffuslarda amalga oshirishingiz mumkin. Axir hamma ham shou biznes yulduzlari va birga ishlaydigan hamkasblaringizning ishqiy mojarolari to‘g‘risidagi g‘iybatlarni muhokama qilmaydiku.

Sport zallari, ta’lim olayotgan kurslar yoki qiziqishlar bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlarida o‘rtoqlashish

Agar siz sport mashg‘ulotlariga qatnasangiz, farzandingizni rasm chizish darslariga olib borsangiz (faqat bu emas) yoki tahsil olayotgan kurslaringizda bilimlaringizni charxlayotgan bo‘lsangiz, tabriklaymiz! Hamfikrlar kuchi hal qiladi.

“Oliy kuchlar” – mahalladagi qo‘shnilarni jalb qilish

Hech nima bizni yaxshi qo‘shnichilik munosabatlaridek yaqinlashtirmaydi. Mahalla oila kabi hamisha yordamga tayyor. Faqat siz o‘zingizning yangi iPhone ko‘rinishidagi umumiy yutug‘ingizdan qanday faxrlanishingizni tasavvur qiling.

O‘yin havolasini storis yoki Telegram kanaliga yuborish

Agar siz Instagram/Telegramda muvaffaqiyatli (hatto potensial) bloger hisoblanib, o‘z tinglovchilaringiz bilan doimo aloqada bo‘lsangiz, bunday imtiyozdan foydalanishingiz va storisda o‘yin xususida aytib berishingiz aniq. Obunachilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ular sizning g‘alabangiz kafolatidir.