Qaysi mahsulotlarda C vitamini ko‘p? Bu borada limon chempion emasligi rostmi?
C vitamini salomatlik osmonida yulduzdir hamda uni shamollash va virusli kasalliklar davrida haqiqiy qutqaruvchi deb atash mumkin. Shuning uchun O‘RVIning birinchi alomatlarida C vitaminli antivirus kukunlarini limon bilan iste’mol qilishni boshlaymiz. Ammo, limon tarkibidagi «quyosh» vitamini miqdori bo‘yicha chempion emasligi, C vitamini quyidagi mahsulotlarda ancha yuqori desak ishonasizmi?
Qanday mahsulotlar tarkibida C vitamini mavjud?
C vitamini bo‘lgan mahsulotlar (100 grammida):
Na’matak (shipovnik) – 650 mg
Na’matak – tarkibida C vitamini mavjudligi bo‘yicha yetakchidir (ham quritilgan, ham yangi holatida). Na’matak damlamasi balg‘am, burun oqishi, yo‘taldan xalos bo‘lishga yordam beradi. U bo‘g‘im og‘riqlarini davolaydi, og‘riqli hayz ko‘rish alomatlarini tezda «davolaydi», shuningdek, O‘RVI va shamollashdan bir pasda oyoqqa qo‘yadi.
Oblepixa – 200 mg
Shamollash paytida choyga bir hovuch dengiz oblepixa rezavorlarini qo‘shish foydali bo‘lib, zanjabil, asal va limondan tayyorlangan «vitaminli zarba’ga qaraganda ancha samarali bo‘ladi. Oblepixa nafaqat C vitaminining kuchli dozasi, balki tarkibidagi yog‘ kislotalari tufayli ham foydalidir – ular teri, shilliq pardalar va yurak-qon tomir tizimi uchun bebahodir.
Qora smorodina – 200 mg
Shamollashni oldini olish va davolash uchun xalq tabobatida ishlatiladigan rezavordir. U vitaminlar koni (RKdan tortib B guruhigacha) bo‘lib, tarkibida fosfor kislotasi, temir, kaliy va boshqalar mavjud. Va bu barcha foydali narsalari qayta ishlash va konservalashdan keyin ham yo‘qolmaydi.
Bolgar qalampiri – 200 mg
Tarkibida C vitaminining «kerakli» dozasidan tashqari, qizil bolgar qalampirida kuchli antioksidant – likopen mavjud bo‘lib, u har qanday saraton xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, bolgan qalampirida A vitamini juda ko‘p.
Kivi – 180 mg
Kivi tarkibidagi C vitamini miqdori bo‘yicha barcha mevalarni ortda qoldiradi. Ammo eng muhimi, shifokorlar va ovqatlanish mutaxassilari uni fermentlar va antioksidantlari uchun qadrlashadi. Ular ko‘rish, metabolizm va qon bosimi uchun foydali.
Petrushka – 150 mg
Ushbu ko‘katlar C va A vitaminlari, B guruhlari, turli xil mineral tuzlar, fosfor, magniy, temirni o‘zida «saqlaydi». Shuningdek, petrushka qo‘llashda juda qulay – uning barcha qismlarini iste’mol qilish mumkin va istalgan taom bilan qo‘shib yeyish mumkin.
Brokkoli – 136 mg
Sog‘lom ovqatlanish tarafdorlarining sevimli mahsuloti – brokkoli ham ushbu ro‘yxatda. Shuningdek, undagi karotin va o‘simlik aminokislotalari «yomon» xolesterinni yo‘q qilish qobiliyatiga ega. Uning kletchatka va past kaloriya xususiyatlari haqida aytmasa ham bo‘ladi: mahsulot emas – mo‘jiza.
Bryussel karami – 120 mg
Krestgullilar dunyosining «marvaridi» – Bryussel karami C vitamini va kaliyga boy, shuning uchun u ko‘pincha gipertenziv bemorlarga buyuriladi. Aytgancha, bu karamning oshqozon-ichak trakti kasalliklarida ham iste’mol qilinishi ruxsat etilgan variantidir. U damlatmaydi, fermentatsiyaga uchramaydi va boshqa noqulay alomatlarga olib kelmaydi.
Apelsin – 60 mg
Apelsinda limondan ko‘ra ko‘proq C vitamini borligini ko‘pchilik bilmaydi. Bundan tashqari, bu sitrus yurak-qon tomir tizimini yaxshi qo‘llab-quvvatlab, urolitiyoz va aterosklerozda yordam beradi.
Qulupnay – 58 mg
Qulupnay ham C vitamini bilan do‘st va undagi foliy kislotasining ko‘pligi (homilador ayollar uchun foydali) teriga, asab tizimiga va hatto miya faoliyatiga ijobiy ta’siri bilan mashhurdir.
Otquloq (shavel’) – 43 mg
C vitamini, minerallar, organik kislotalar – bularning barchasi otquloqning tarkibidir. Shuningdek, o‘simlik yog‘larni parchalaydi, qondagi shakar miqdorini kamaytirib, hujayralarni shikastlanish va yallig‘lanishdan himoya qiladi hamda turli kasalliklar: diabetdan onkologiyagacha xavfini kamaytiradi.
Limon – 40 mg
Aytib o‘tganimizdek, limon C vitaminining eng yuqori miqdordagi manbai emas (issiq choyga qo‘shganda, uning foydalari butunlay yo‘qoladi). Biroq, sitrus siz o‘ylagan darajada oddiy emas: u qon aylanishini yaxshilaydi, charchoq va uyquchanlik bilan kurashishga yordam beradi.
Ismaloq – 30 mg
Ushbu «Qirollik» turidagi bargli sabzavot ham foliy kislotasiga boy bo‘lib, qonda yangi qizil qon tanachalarini shakllantirishga yordam beradi. Ismaloq ishtahani boshqaradi, ochlikni susaytiradi va parhez ovqatlanishida bo‘lganlarga tavsiya etiladi. Va albatta, u C, A va K vitaminlariga boy.
Pomidor – 20 mg
C vitamini miqdori unchalik ishonchli emas, ammo baribir foydali hisoblanadi. Pomidorlar (qizil qalampir kabi) likopenni o‘z ichiga oladi, bu erkaklar sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir qiladi – masalan, prostata saratoni rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Anor – 10 mg
C vitamini anorda ham mavjud, ammo B 12 kabi ko‘p miqdorda emas. Shuning uchun bu meva vegetarianlar va temir tanqisligi anemiyasidan aziyat chekadigan odamlar uchun «sevimli» ozuqa bo‘lishi kerak. Anor, shuningdek, yoshga bog‘liq konsentratsiyaning pasayishi va xotira muammolaridan aziyat chekadigan keksa odamlarga tavsiya etiladi.
C vitamini o‘zi nima?
C vitamini yoki askorbin kislotasi suvda eriydigan vitamin, organizm salomatligini ushlab turishda muhim rol o‘ynaydi. U immun tizimini mustahkamlashga yordam beradi, to‘qimalarning bitishiga asos bo‘ladi, temirning so‘rilishini yaxshilaydi va oksidlovchi stressga qarshi kurashishga yordam beradi, chunki u antioksidant xususiyatlarga ega.
C vitamini shuningdek, teri, tomirlar, suyaklar va bo‘g‘imlar salomatligini ta’minlovchi kollagen oqsilini ishlab chiqarishda ham zarurdir. U turli xil mahsulotlarda, ayniqsa,apelsin, qulupnay, kivi, brokolli va qalampir kabi yangi meva va sabzavotlarda mavjud.
C vitamini bo‘yicha 7 ta tavsiya
1. C vitaminiga boy turli xil mahsulotlar iste’mol qiling. C vitaminining optimal darajasini ushlab turish uchun ratsioningizga sitrus mevalar, kivi, mango kabi yangi mevalar, shuningdek, sabzavotlar, masalan, bulg‘or qalampiri va brokkolini kiriting.
2. Mahsulotlarni ortiqcha qizdirib yubormang. C vitamini yuqori haroratda parchalanadi, shu sababli xom yoki kamroq ishlov berilgan sabzavot va mevalarni iste’mol qilgan ma’qul.
3. Agar C vitaminli vositalaridan foydalangudek bo‘lsangiz, terini namlab oling. C vitaminini kremlarda mahalliy qo‘llash teri holatini yaxshilashga, qarish belgilariga qarshi kurashishga va shikastlanishlarni tiklashga yordam beradi.
4. C vitaminini muntazam ravishda iste’mol qilish. Organizmda S vitaminining barqaror darajasini ta’minlash uchun har kuni tarkibida ushbu vitamin mavjud bo‘lgan mahsulotlarni yetarli miqdorda iste’mol qilish muhimdir, chunki u organizmda to‘planmaydi.
5. Qo‘shimchalarning dozirovkasini kuzatib boring. Agar siz C vitamini qo‘shilgan qo‘shimchalarni qabul qilsangiz, dozalash bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya etish muhimdir. C vitaminining ortiqcha miqdori ovqat hazm qilish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
6. Boshqa nutriyentlar bilan birikuvi. C vitamini E vitamini, shuningdek minerallar, masalan, temir kabi boshqa antioksidantlar bilan qo‘shilganda samaraliroq ishlaydi.
7. Homiladorlik paytidagi alohida e’tibor. Homiladorlik paytida C vitamini darajasi ayniqsa muhim bo‘lishi mumkin, chunki u homilaning rivojlanishiga va onaning immun tizimini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
C vitamini tanqisligi belgilari
C vitamini tanqisligi turli xil alomatlarda namoyon bo‘lishi mumkin, masalan:
Umumiy holsizlik va charchoq: C vitaminining past darajasi holsizlik va charchoqqa olib kelishi mumkin, chunki organizm to‘qimalarni lozim darajada tiklay olmaydi.
Ko‘karish va qon ketishga moyillik: C vitamini kollagen sintezida zarur bo‘lgani uchun uning tanqisligi tomirlar mo‘rtligiga, bu esa ko‘karishlar va milklar qonashiga olib kelishi mumkin.
Teri bilan bog‘liq muammolar: Terida qurishish va yoriqlar paydo bo‘lishi, shuningdek, yaralarning sekin bitishi.
Immun tizimi bilan bog‘liq muammolar: Infeksiyalardan yomon himoyalanish, tez-tez shamollash va uzoq davom etadigan kasalliklar C vitaminining tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
S vitamini qo‘shilgan qo‘shimchalardan foydalanish kerakmi?
Agar dosh olmasangiz, C vitamini qo‘shilgan qo‘shimchalardan foydalanish foydali bo‘lishi mumkin
S vitamini mavjud bo‘lgan qo‘shimchalardan foydalanish kerakmi?
Agar siz mazkur vitaminni ovqatdan yetarli miqdorda olmasangiz yoki unga tanqislik sezsangiz, C vitamini mavjud bo‘lgan qo‘shimchalarni qo‘llash foydali bo‘lishi mumkin.
Vitamin C mahsulotlardan yaxshi o‘zlashtiriladi, biroq ba’zi hollarda (masalan, yuqori jismoniy zo‘riqish, stress, chekish yoki kasallik vaqtida) qo‘shimchalar vitaminning kerakli darajasiga erishishga yordam berishi mumkin.
C vitaminining ortiqcha miqdori (kuniga 2000 mg.dan yuqori) oshqozon faoliyatining buzilishi va ish ketishi kabi nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkinligini ham unutmaslik lozim. Qo‘shimchalarni qabul qilishdan oldin kerakli dozani aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashing.