РУ
O’Z
UZS
/
/
Qo‘ylarni sanamasdan uyqusizlikni yengishning g‘alati, ammo samarali usullari
07.07.2024

Qo‘ylarni sanamasdan uyqusizlikni yengishning g‘alati, ammo samarali usullari

Qo‘ylarni sanamasdan uyqusizlikni yengishning g‘alati, ammo samarali usullari

Shovqin qilamiz, to‘shakda ovqat yeymiz va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi tezroq uyquga ketishga yordam beradigan layfhaklarni sinab ko‘ramiz. Ular ish vaqtidan tashqari kechasi va kunduzi uxlashga yordam beradi.

Agar allaqachon zombiga aylangan bo‘lsangiz va uyqusizlikka qarshi kurashning barcha usullarini — qo‘ylarni sanash va Jizel Bundxen modelidagi meditatsiyalardan tortib, tinchlantiruvchi mashqlar va valeryankagacha bo‘lgan usullarni sinab ko‘rgan bo‘lsangiz, lekin shifokorga murojaat qilishni va uxlatadigan dorilarga o‘tirib qolishni xohlamasangiz, unda ushbu to‘plam siz uchun.

Uyqusizlik, yetarlicha uxlamaslik natijasida energiyaning yetishmasligini unutishga urinib, biz qarshi yo‘ldan borishga qaror qildik va ijtimoiy tarmoqlardagi layfhaklarni sinab ko‘rdik. E’tirof etish kerakki, u juda ko‘p g‘alati, ammo hayratlanarli darajada samarali usullardan iborat! Blogerlarning “xalqona” maslahatlari yordamida qanday qilib tezda uyquga ketishni quyida topishingiz mumkin.

1-usul: Gipnoz

“Ko‘zingizni yuming, tanangiz bo‘shashadi, qovoqlaringiz yopiladi. Uchgacha sanasam, uxlab qolasiz”, deya uyqusizlikka qarshi kurash usulini mashhur bloger va gipnozchi Entoni Serino taqdim etgan va unga ishonishadi! Kuzatuvchilarni uxlatishga astoydil urinayotgan blogerning videolari 4,5 million marta ko‘rilgani bejiz emas. Uning muvaffaqiyat sirining barchasi qadimiy transga kiritish texnikasidadir, bu usul ilmiy tadqiqotlar bilan ham tasdiqlangan.

2-usul: Sovitish

Agar uxlashni xohlasangiz, @mantallygreat uslubini sinab ko‘ring. U tanangizga quloq solishni va unga haqiqatan zarur bo‘lgan narsa - sovuqlikni berishni taklif qiladi.

“Tezroq uxlashni istasangiz, tana haroratini ikki-uch darajaga tushirishingiz kerak. Buning uchun derazani ochib, uxlashdan bir soat oldin xonani shamollatish kifoya”, deydi bloger o‘zining “retsept”laridan birini baham ko‘rib. Izohlarga qaraganda, bu haqiqatan ham ish beradi.

3-usul: Uxlatuvchi videolar

#asmrsleep xeshtegi internetda bir necha milliard marta ko‘rilgan, shuningdek, barmoqni bir chertishidayoq uxlatishga va’da bergan yuz minglab “izdoshlari” bor. Uyquga ketishga yordam beradigan roliklarda blogerlar shovqin soladi, taqillatadi va pichirlaydi. Bu usul aynan sizga mos keladimi, amalda sinab ko‘rishga arziydi, lekin biz deyarli uxlab qoldik.

4-usul: Uxlashga urinmaslik

Ushbu “original” metodikani @dr.karanr (doktor) taklif qilgan. O‘z podkastlaridan birida Instagram yulduzi uxlashga bo‘lgan barcha urinishlarni to‘xtatish va shunchaki o‘zingizga yanada uzoqroq uxlamaslikni maqsad qilib qo‘yishni maslahat berdi.

Ushbu usulning sxemasi oddiy: siz ko‘zlaringiz ochiq holda yotoqda yotasiz va shunchaki shiftga qaraysiz (telefon va kitobga emas!), shuningdek, o‘ylamaslikka, qo‘ylarni sanamaslikka va nonushta rejalashtirmaslikka harakat qilasiz. Yagona qilishingiz mumkin bo‘lgan narsa — “men uxlamayapman” mantrasini takrorlash. Qizig‘i shundaki, bu usul haqiqatan ham mavjud – uni nevrolog Viktor Frankl yaratgan.

5-usul: Yotoqda nonushta

To‘shakda nonushta qilish har doim yaxshi g‘oya, kechki ovqatda ham shu usulda taomlanish, yanada yaxshi, albatta. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari muqaddas —muzlatgichimizga qo‘l cho‘zib, qaysi mahsulotlar tezroq uyquga ketishga va hatto uyqu rejimini to‘g‘rilashga yordam berishini aytdi. Uyqusizlikdan xalos bo‘lish uchun nima yeyish kerak? Sut va sut mahsulotlari, suli yormasi, banan, bodom, tuxum va ertalabki taomnomamizdagi boshqa mahsulotlar. Faqat ularni uyqudan ikki soat oldin va to‘shakda iste’mol qilish kerak, shunda ovqat hazm qilish tizimi energiya tejaydigan rejimga o‘tadi.

Xulosa o‘rnida shuni eslatib o‘tmoqchiman: yuqorida sanab o‘tilgan barcha usullar — blogerlarning tantiqligi, ammo tajribali shifokorlarning davolash rejasi emas. Agar sizda uzoq vaqtdan beri uyqu bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, u holda somnolog yoki hech bo‘lmaganda terapevt qabuliga yozilish vaqti keldi.