РУ
O’Z
UZS
/
/
Smartfon sotib olgandan keyin unga nimalarni o‘rnatish kerak? Foydali ilovalar ro‘yxati
07.07.2024

Smartfon sotib olgandan keyin unga nimalarni o‘rnatish kerak? Foydali ilovalar ro‘yxati

Smartfon sotib olgandan keyin unga nimalarni o‘rnatish kerak? Foydali ilovalar ro‘yxati

Android va iOS smartfonlar juda ko‘p asosiy ilovalar – eslatmalar, pochta, kalkulyator, ob-havo va boshqalar bilan birga chiqariladi. Biroq smartfonlarda ko‘pincha kundalik hayotda foydali bo‘lgan ilovalar yetishmaydi. Boshqa dasturchilarning ilovalari oldindan o‘rnatilganlarga qaraganda qulayroq va yaxshiroq bo‘lishi mumkin. Yangi smartfon xarid qilganda, albatta, kerak bo‘ladigan qulay ilovalar to‘plamini jamladik.

Parol boshqaruvchi ilova

Bugungi kunda yaqin qarindoshning to‘y yoki tug‘ilgan sanasini unutish muhim qaydnomaning parolini unutish kabi qo‘rqinchli emas. Parol har bir akkaunt uchun alohida, murakkab – raqamlar, kichik va katta harflar bilan o‘ziga xos bo‘lishi kerakligidan xabaringiz bor. Umuman olganda, bularning barchasini eslab qolish juda qiyin, parol boshqaruvchisi bilan esa bu muammo emas.

Buning ishlash mohiyati oddiy. Shifrlangan ilovada saqlangan, barcha kalitlaringizga kirish imkoniyatini beradigan faqat bitta, haqiqatan ham xavfsiz parolni keltirishingiz va eslab qolishingiz kerak. Parol menejerlari ko‘p, ularning barchasi bir xil tarzda ishlaydi. Ommabop yechimlar: Bitwarden, Dashlane, Roboform, NordPass, Keeper.

Xaritalar

Ham Android, ham iOS o‘zining mahalliy xaritalarini taklif qiladi: Google Maps va Apple Maps. Biroq, ular barcha mamlakatlar va shaharlarda eng yaxshi tanlov bo‘lmaydi.

Yandex (Android, iOS) va 2GIS (Android, iOS) yechimlari mintaqamiz uchun yaxshiroq ishlaydi, shuning uchun ham ular mashhurlik bo‘yicha yuqori pog‘onalarda ekani bekorga emas. Yangi smartfoningizga agar ulardan biri to‘satdan to‘g‘ri manzilni topmasa yoki boshi berk ko‘chaga olib kelsa, degan gumonlar sababli bir nechta xarita ilovalarini yuklab olishni va muntazam ravishda yangilashni maslahat beramiz.

Qo‘shimcha klaviaturalar

Klaviatura – bu juda individual, har bir kishi o‘zi istagandek: bosish kuchi, klavishlarning ovozi, taktik hissiyotlari bo‘lishini istaydigan funksiyadir. Xuddi shu narsa virtual klaviaturalarga ham tegishli – iOS va Android’da o‘rnatiladigan standart yechimlar hammaga ham yoqmaydi. Yaxshiyamki, qo‘shimcha klaviaturalarning ulkan tanlovi mavjud.

Agar sizga baza klaviaturasi yoqmasa, yozganda ko‘p xatolar qilsangiz, animatsiyasi yoki tovushi yoqmasa, ushbu variantlardan birini sinab ko‘ring: SwiftKey (Android, iOS), Gboard (Android, iOS), Grammarly (AndroidiOS), Simple Keyboard (Android), TypeWise (Android, iOS).

VPN xizmati

VPN – trafikingizni  siz ochgan saytga jo‘natishdan oldin uni shifrlaydigan va shu orqali unii xavfsiz qiladigan virtual xususiy tizim. U, birinchi navbatda, yuqori darajada maxfiylik uchun kerak. VPN cheklovlarni chetlab o‘tish va hududingizda mumkin bo‘lmagan kontentni tomosha qilish imkonini hamm beradi. Masalan, Netflix va boshqa xizmatlar mamlakat bo‘linmalariga ega – bir mamlakatda tomosha qilish mumkin bo‘lgan filmlar boshqasida ko‘rinmaydi. VPN sizga tizimni “aldash” va o‘zingizni boshqa joyning foydalanuvchisi sifatida ko‘rsatishga imkon beradi.

Aksariyat VPN’lar obuna modelida ishlaydi va bepul tariflar jiddiy cheklovlar yoki tezlik chegaralariga ega. Biroq, ulardan bemalol foydalanish mumkin: TunnelBear, PrivadoVPN, Proton VPN.

Rasm tahrirlovchi ilovalar

Hozir hatto hamyonbop smartfonlar ham yaxshi yoritilgan joyda yuqori sifatli suratlar tushiradi. Biroq, mukammallikning chegarasi yo‘q va kameraning texnik imkoniyatlari ish bermaydigan joyda foto tahrrirlovchilar yordamga keladi. Mutaxassislar, albatta, “Adobe Photoshop” kabi yechimlardan foydalanadi, lekin agar siz shunchaki ranglar uyg‘unligini to‘g‘rilash, filtrni qo‘llash yoki rasmning aspekt nisbatini o‘zgartirishingiz kerak bo‘lsa, buning uchun sizga va qimmat tahrirlovchi ilovalar kerak emas.

Mobil bozorda yetakchilardan biri Snapseed (Android, iOS) bo‘lib, uning muhim afzalligi – ilova bepul. Tahrirlovchi juda funksional va ayni paytda oddiy ishlaydi. Yana bir variant – Lensa (Android, iOS), lekin bepul versiyasi kuniga faqat bitta rasmni saqlashga imkon beradi. VSCO (Android, iOS) va Photoshop Express (Android, iOS) ham mashhur ilovalardan hisoblanadi. Qaysi tahrirlovchini tanlash sizning afzalliklaringizga va foydalanish qulayligiga bog‘liq, shuning uchun bir nechtasini sinab ko‘ring va o‘zingizga mosini tanlang.