Snyus haqida 13 ta savol va ularga javob. O‘zbekistonda taqiqlanganmi?
Snyus juda tez mashhur bo‘ldi va shu qadar o‘ziga e’tiborni tortdiki, uni ko‘p mamlakatlarda taqiqlab qo‘yishdi. U aslida nima va savdoda qat’iy cheklovga uchrashi asoslimi?
Snyus nima, tarkibi nimadan iborat?
Bu chekilmaydigan tamaki mahsulotining bir turi bo‘lib, u maydalangan namlangan tamakidan iborat. Snyusning asosiy komponentlari tamaki, suv, soda, osh tuzi, namlikni saqlovchi agentlardir. Ko‘pincha aromatizatorlarni o‘z ichiga oladi. Snyusdagi nikotin miqdori – quruq vaznning o‘rtacha 10 mg/g.
Snyus va chaynaladigan tamaki bir narsa emasmi?
Yo‘q. Chaynaladigan tamaki ancha umumiy tushuncha. U chekilmaydigan tamakining har xil turlarini o‘z ichiga oladi. Snyus ulardan biri.
Snyuslar qanday bo‘ladi?
Qadoqlash turiga ko‘ra: paketlarda porsiyali va maydalangan.
Aromatizatorning mavjudligiga ko‘ra: xushbo‘ylantirilgan va aromatizator qo‘shilmagan.
Tarkibiga ko‘ra: tamakili va tamakisiz.
Snyusning ta’sir mexanizmi qanday?
U yuqori lab ostiga 5-30 daqiqaga qo‘yiladi, kimdir esa uzoqroq ushlab turadi. Bu vaqt ichida tamaki nikotini og‘iz shilliq pardasining kapillyarlari orqali organizmga kiradi.
1 g snusning standart porsiyasida 10 mg nikotin bo‘ladi, uning uchdan bir qismi – 3 mg dan sal ko‘prog‘i so‘riladi. Taqqoslash uchun: o‘rtacha sigareta taxminan 14 mg nikotinni o‘z ichiga oladi, lekin bu miqdordan maksimal 1,5 mg nikotin organizmga qabul qilinadi. Snyusning standart porsiyasi oddiy sigaretaga qaraganda ikki-uch baravar ko‘p nikotin beradi.
Snyus nikotinga qaramlikni keltirib chiqaradimi?
Ha. Xuddi an’anaviy sigaretalar kabi va uni iste’mol qilishning xavfsiz darajasi yo‘q.
Snyus qayerdan paydo bo‘ldi?
U 1637-yildan beri Shvetsiyada ma’lum. Hozirgi vaqtda bu mamlakatdan undan foydalanishga ruxsat berilgan va mashhurlikka ega.
Shvetsiya bilan tushunarli. O‘zbekistonda snyus iste’mol qilish mumkinmi?
Yo‘q, mumkin emas. O‘zbekistonda 2024-yil 24-maydan ‘‘Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun bilan snyus taqiqlangan.
Boshqa mamlakatlarda bunga ruxsat berilganmi?
Vaziyat turlicha. Masalan, Yevropaning aksariyat mamlakatlarida va Rossiyada u taqiqlangan. Shvetsiyada, yuqorida yozganimizdek, ruxsat etilgan. AQShda ham ruxsat etilgan, ammo uning sotilishi Oziq-ovqat va dori-darmonlarni nazorat qilish boshqarmasi (FDA) tomonidan tartibga solinadi.
Agar snyus oddiy sigaretaga o‘xshagan narsa bo‘lsa, nega uni taqiqlashadi?
Bu borada har xil fikrlar ko‘p. Ammo eng asosiy dalil shundan iboratki, chekish zararli deb hisoblovchi ko‘pchilikka snyus xavfsiz yoki kamroq zararli degan taassurot bor. Jumladan, bolalar va o‘smirlarda shunday.
Ular uchun qulupnay, shokolad, yalpiz, kola, muzqaymoq, tropik mevalar ta’mli snyusli kichik paketchalar jozibali ko‘rinib, xavfli narsaga tenglashmaydi.
Og‘izdan tamaki kabi o‘ziga xos hidning kelmasligi ham yosh avlod orasida snyus ommalashgani ehtimolini ko‘rsatadi.
Snus sog‘liq uchun zararlimi?
1990-yildan 2020-yilgacha mavjud ma’lumotlar tahlil qilingan keng ko‘lamli tadqiqot mavjud. Ularni Amerika va Skandinaviya olimlari to‘plaganlar. Olingan natijalar esa farq qiladi. Masalan, amerikalik tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, snyus og‘ir kasalliklarga, jumladan, o‘pka saratoni, infarkt, insult, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligiga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga, AQShning Oziq-ovqat va dori-darmonlar sifatini sanitariya nazorati boshqarmasi (FDA) tomonidan sog‘liq uchun salbiy oqibatlar yuzaga kelish xavfi kamroq bo‘lgan snyus navlari ajratilgan.
Skandinaviya olimlari esa snyus iste’mol qilish tufayli sanab o‘tilgan kasalliklarning paydo bo‘lish xavfining oshishini qayd etmagan. Lekin boshqa dalillar ham bor.
Norvegiyalik mutaxassislar tomonidan 2019-yilda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, baribir, snyus yurak-qon tomir, onkologik, metabolik kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Shvetsiyalik olimlarning ta’kidlashicha, uzoq muddatli istiqbolda snyus iste’mol qiladiganlarning yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfi undan o‘zini tiyadiganlarga qaraganda yuqori. Bundan tashqari, snyusni iste’mol qilish og‘iz bo‘shlig‘i rakiga olib kelishi mumkin degan ma’lumotlar ham bor.
Lekin tutunning yo‘qligi zararning yo‘qligini bildirmaydimi?
Yo‘q. Nikotin organizmga birdaniga katta dozada tushadi. Snyusda zaharli moddalar sigaretaga qaraganda kamroq. Bu pasterizatsiya tufayli sodir bo‘ladi, mazkur jarayonda zararli moddalarning bir qismi yo‘ bo‘ladi, ammo bir qismi aralashmada saqlanib qoladi.
Tarkibida nikotin miqdori kam snyus borligi rostmi?
Ha, shunday. Biroq qisman bu og‘ir, chunki bolalar va o‘smirlar bunday variantlarga berilib ketadi, ularni ‘‘zararsiz konfetlar” deb noto‘g‘ri talqin qilib, unga ko‘nikadi. Bu esa dozani oshirishga olib keladi. Shu tariqa, go‘yoki unchalik zararli bo‘lmagan, tarkibida nikotin kam bo‘lgan aromatizatorli snyus ishlab chiqaradiganlar marketing orqali qaramlikni rivojlantiradi.
Snyusning haddan tashqari dozasidan o‘lish mumkinmi?
Ha mumkin. Agar bir vaqtning o‘zida bola uchun kamida 7 ta, kattalar uchun 15 ta snyus og‘izga solinsa. Kattalar uchun halokatli doza taxminan 60 mg nikotinni tashkil qiladi. Agar bolalar haqida gapiradigan bo‘lsak, u ikki baravar kam – 30 mg bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, agar bunday miqdor darhol qabul qilinsa, o‘limga olib kelishi ehtimoli mavjud.