РУ
O’Z
UZS
/
/
Telegramda biznes, blog yoki o‘zingiz uchun kanal qanday yaratiladi?
10.07.2024

Telegramda biznes, blog yoki o‘zingiz uchun kanal qanday yaratiladi?

Telegramda biznes, blog yoki o‘zingiz uchun kanal qanday yaratiladi?

Telegram uzoq vaqtdan beri shunchaki messenjer emas, foydalanuvchilar uchun ajoyib imkoniyatlar qorishmasiga aylandi: ham ijtimoiy tarmoq, ham yangiliklar tasmasi va biznesni targ‘ib qilish platformasi. Siz ham uzoq vaqtdan beri Telegram’da shaxsiy, reklama yoki boshqa maqsadlar uchun kanal yuritmoqchi bo‘lsangiz, buning uchun nima qilish kerakligini aytib beramiz. 

Smartfonda Telegram kanal yaratish usuli: 

Android foydalanuvchilar uchun

  • Smartfonda telegramni ishga tushiring va oʻng tomon pastki burchakdagi qalam aks etilgan tugmani topib, uni bosing.
  • Tg-kanal nima ekani haqidagi ma’lumotni diqqat bilan oʻqing (agar yangi foydalanuvchi boʻlsangiz, ushbu punktni o‘tkazib yubormang)
  • Endi oldindan o‘ylab qo‘ygan kanal nomi va tavsifini kiritib, avatarni joylashtiring. Aytgancha, agar sizga shunday dizayn yoqsa, sarlavhada emojilardan foydalanishingiz mumkin.
  • So‘ng kanal turini tanlang – ommaviy yoki xususiy. Ommaviy havola yaratib, foydanaluvchilarni obuna boʻlishga taklif qilasiz.

IPhone foydalanuvchilar uchun

  • Telegramni ishga tushirib, smartfon ekranining yuqori o‘ng burchagidagi qalamni bosing.
  • Endi “kanal yaratish” bandini tanlang (qidiruv ostida uchinchisi).
  • Telegram jamoasining “tushuntirishi”ni o‘qing va yana “kanal yaratish” tugmasini bosing.
  • Kanalning nomi va qo‘shimcha tavsifini kiritib, avatarni yuklang.
  • Kanal turini tanlang – ommaviy (hammaga ko‘rinadi) yoki xususiy (kirish faqat taklif havola orqali).
  • Havolaga yoqimli va tushunarli nom toping, yoki taklif ssilkasini kontaktlaringiz bilan baham ko‘ring.

Kompyuterda Telegram kanalini qanday yaratish mumkin? 

  • Telegram Desktop’ni ochib, uchta chiziqli tugmani bosing va asosiy menyuga kiring.
  • Endi “kanal yaratish”ni tanlang va barcha kerakli ma’lumotlarni kiriting: kanal nomi va tavsifini yozib, avatarni yuklang.
  • Kanal turini tanlang: ommaviy (hamma kirish huquqiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari va biznes uchun) va xususiy (ma’lum bir odamlar yoki o‘zingiz uchun).
  • Kanal uchun havola o‘ylab toping (qisqa va tushunarli bo‘lsin). 
  • Kontaktingizdan 200 ta ishtirokchilarni tanlab, kanal havolasini jo‘nating.
  • Tayyor! Endi Tg kanalining dizayni va sozlamalariga o‘tamiz. 

Telegram kanalini loyihalash va sozlash: 

Telegram kanalining tavsifida nimalarni ko‘rsatish kerak? 

Kanalingiz mavzusi, uni boshqaradigan jamoa (yoki shaxs) haqida aniq va qisqacha yozishga harakat qiling va siz bilan bogʻlanish uchun kontaktlarni qoldiring. Agar bu ommaviy kanal boʻlsa va rejangizda uni “million obunachiga” koʻpaytirish boʻlsa. Bu reklama beruvchilar va monetizatsiya( resursdan pul olib kelishi) uchun foyda beradi.

Telegram kanaldagi avatar qanday bo‘lishi kerak?

Bu endi sizning ixtiyoringizda. Yagona maslahat: u tavsifga mos kelishi va yaxshi ma’noda ajralib turishi kerak. Rasm yumaloq shaklda bo‘lishini ham inobatga oling. 

Ommaviy Telegram kanaldagi birinchi postda nima yozish kerak? 

Obunachilaringiz bilan salomlashing, o‘zingiz haqingizda va kanalda nimalar bilan bo‘lishishingiz, rejalar va maqsadlaringiz haqida ayting. “Salomlashish” posti ko‘pincha kanalning eng yuqori qismiga o‘rnatiladi, shunda har bir yangi obunachi qanday kanalga qo‘shilgani va bularning hammasi nima ekanini tezda tushunib oladi. 

Telegram kanalda qo‘shimcha sozlamalar kerakmi? 

Albatta. Buning uchun kanalingizni oching, “tahrirlash” tugmasini bosing (ekranning yuqori o‘ng burchagida). Unda qo‘shimcha funksiyalar sahifasini ko‘rasiz. Telegram nimalar taklif qiladi? 

  • Kanal nomi yoki tavsifini o‘zgartirish
  • Maxfiylik turini o‘zgartirish
  • Reaksiyalarni sozlash (emojilar)
  •  Izohlar qo‘shish
  • Muallif imzosini qo‘shish

 Sizning kanalingiz yaratildi! Endi uni rivojlantirish va reklama qilish bilan shug‘ullanishingiz mumkin.