Telegram’dagi arxiv: smartfonda qanday topish, tushunish va yo‘qotmaslik mumkin
Telegram’dagi arxiv nimaligi, qayerda yashiringani va smartfonda qanday ishlashini aniqlashga qaror qildik. Spoyler: u sizning chatlaringiz va kanallaringizni tartibga keltiradi.
Telegram’da arxiv nima?
Siz faol bo‘lmagan, eskirgan yoki o‘chirishni xohlamaydigan yozishmalarni yuborishingiz mumkin bo‘lgan joy. U yerga foydalanilmayotgan kanallarni ham kiritishingiz mumkin.
Bu juda qulay bo‘lib, Telegram’ingizni tartibli va toza saqlaydi: siz har qanday keraksiz yozishmalar, chatlar, guruhlar, kanallar, storislar va botlardan kelgan xabarlarni arxivlashingiz mumkin. Arxivga “tashlab” bo‘lmaydigan yagona narsa — “Tanlanganlar” va sizga “begona” qurilmadan ilovangizga kirishga urinishlar haqida xabar beruvchi Telegram xizmati kanalidir.
Telegram’dagi arxivni smartfonda qanday topish mumkin?
Telegramdagi arxiv bu papka va uni topish osonroq:
- Buning uchun Telegram’da “Chatlar” sahifasini oching. Endi barcha suhbatlar tepasidagi ekranning yuqori qismiga qarang. Arxiv aynan o‘sha yerda joylashgan.
- Agar arxiv bo‘sh bo‘lsa, u holda papka ko‘rsatilmaydi — unga “ortiqch” chat yoki kanal qo‘shilganda ko‘rinadi.
Telegram’dagi chatni smartfondan qanday arxivlash mumkin?
Android uchun: chatlar ro‘yxati yoki papkasidagi yozishmalarni bosib, yuqori menyudagi “Arxiv” belgisini tanlaymiz. Agar ilovangiz sozlamalari bunga imkon bersa, chatni chapga “siljitamiz”.
iPhone uchun: yanada soddaroq. Chatni chapga suring va keyin esa arxiv tasvirini tanlang.
Tasodifan Telegram chatini arxivlagansiz, qanday qaytarish mumkin?
Bu ham Android, ham iPhone foydalanuvchilari uchun ham oddiy.
- Agar Android’dan foydalansangiz, “Arxiv” papkasiga o‘ting va kerakli chatni chapga suring.
- Agar iPhone’dan foydalansangiz, amallar tartibi deyarli bir xil bo‘ladi, faqat oxirida “Qaytish” tugmasini bosib natijani saqlashga to‘g‘ri keladi.
Umumiy chatlar ro‘yxatida “Arxiv”ni qanday berkitish mumkin?
Telegram’da birinchi chatni yuqorisida “Arxiv” paydo bo‘lsa, uni yashirish qiyin emas. Agar shu holicha g‘ashingizni keltirsa, uni umumiy chatlar ro‘yxatiga “yashirish” mumkin. Buning uchun uni chapga suring, iPhone qurilmasida esa “Yashirish” tugmasini bosing.
Arxivingizni tekshirishni xohlasangiz, chatlar ro‘yxatida pastga tushiring. U holda “Arxiv” yana menyuning yuqori qatorida paydo bo‘ladi, shundan so‘ng u mustaqil ravishda yo‘qoladi. Uni uzoq vaqtga qaytarish uchun yana chapga suramiz va “Mushtahkamlash” tugmasini bosamiz (agar sizda iPhone bo‘lsa).
Telegram’dagi arxivning kamchiliklari bormi?
To‘g‘rirog‘i, xususiyati. Agar kanal yoki muloqotda bildirishnomalar yoqilgan bo‘lsa, ular yangi xabarlar paydo bo‘lishi bilanoq umumiy chatlar ro‘yxatiga qaytadi. Shunda siz arxivlash bilan bog‘liq manipulyatsiyani amalga oshirishingizga to‘g‘ri keladi. Ammo buni ham maxsus sozlamalar yordamida o‘zgartirish mumkin.
Telegramda arxiv qanday sozlanadi?
“Arxiv’ papkasini ochib, yuqorida uchta nuqtali menyuni bosing, keyin “Arxiv sozlamalari”ga o‘ting. U yerda uchta variant bor:
- Bildirishnomalar yoqilgan chatlarni arxivda qoldirish.
- Papkalardagi chatlarni arxivda qoldirish.
- Notanish kontaktlarning yozishmalarini avtomatik ravishda arxivga o‘tkazish. Bunday holda, sizga har doim Telegram’dan eslatma keladi.