Telegram’ni boshqa telefonga qanday o‘tkazish mumkin? Bosqichma-bosqich ko‘rsatma
Yangi telefon sotib oldingiz, lekin barcha ma’lumotlar eskisida qoldi. Tezkor messenjerlarning aktiv foydalanuvchisida paydo bo‘ladigan birinchi istak Telegram’ni boshqa telefonga o‘tkazishdir. Buni qanday qilib imkon qadar tez va oson qilish kerakligi haqida ma’lumot beramiz.
Telegramni boshqa qurilmalarga — iOS yoki Android’ga o‘tkazish avtomatik ravishda sodir bo‘ladi. Buning uchun dasturni yuklab olish kifoya, ekranda taniqli messenjer ikonkasini ko‘rasiz, ustiga bosasiz va shaxsiy profilingizni kiritasiz.
Barcha ma’lumotlar sizning akkauntingizda saqlanadi, faqat tizimga kirishingiz va shaxsiy kabinetingizga o‘tishingiz kerak. Unda siz barcha obunalar, chatlar va kanallarni ko‘rasiz (maxfiy dialoglardan tashqari).
Telegramni boshqa telefonga qanday o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Telegram’ni Androiddan Androidga o‘tkazing
Play Marketdan rasmiy Telegram ilovasini yuklab oling. Uni ishga tushiring. Login va parol/telefon raqamingizni kiriting. Agar ikkinchi variant bo'lsa, u holda avtorizatsiya kodi elektron pochta yoki SMS orqali boradi, uni yozib, akkauntingizga kiring.
Telegramni iOSdan iOSga o'tkazing
AppStore’dan rasmiy Telegram ilovasini yuklab oling. Keyin ishga tushiring. Login va parol/telefon raqamingizni kiriting. Agar ikkinchi variant bo‘lsa, u holda avtorizatsiya kodi elektron pochta yoki SMS orqali boradi, uni kiriting va akkauntingizni oching.
Telegramni boshqa telefon raqamiga qanday o’tkazish mumkin?
Yana bir muhim jihat. Agar telefon raqamingizni o‘zgartirishni va Telegramingizni saqlab qolishni istasangiz, bu haqda oldindan qayg‘urishingiz kerak.
Telegramni oching, Mening profilim bo‘limiga kiring. Joriy mobil raqamingiz ko‘rsatilgan satrni bosing. Telegram uni o‘zgartirishni taklif qiladi.
Qabul qilamiz va mamlakatni o‘zgartirish (yoki tasdiqlash) va yangi telefon raqamini kiritish mumkin bo‘lgan sahifaga o‘tamiz. O‘zgarishlar kiritamiz va yangi raqamga qo‘ng‘iroq yoki SMS kelishini kutamiz.