РУ
O’Z
UZS
/
/
Telegramni telefondan qanday o‘chirish mumkin? Oddiy ko‘rsatma
17.07.2024

Telegramni telefondan qanday o‘chirish mumkin? Oddiy ko‘rsatma

Telegramni telefondan qanday o‘chirish mumkin? Oddiy ko‘rsatma

Ko‘pgina xizmatlar shunday tuzilganki, ularda ro‘yxatdan o‘tish akkauntni o‘chirishdan ko‘ra osonroq bo‘ladi. Telegram’ni ular qatoriga kiritish qiyin, lekin akkauntni o‘chirish uchun ma’lum bir ish qilish kerak. Biz juda oddiy ko‘rsatma asosida tushuntiramiz

Birinchi qadam: Tayyorgarlik

Akkauntni o‘chirishdan oldin suhbatdoshlaringizni chatida qolishni istamagan yozishmalarni tozalashni maslahat beramiz. Gap shundaki, Telegram profili o‘chirilganda fayllar va yozishmalar siz muloqot qilgan odamlarda qoladi. Buni qo‘lda bajarishga to‘g‘ri keladi.

Buning uchun suhbatdoshingizning akkauntiga o‘tib, oynani oching — u yerda qo‘ng‘iroqlar, ma’lumotlar, media va fayllarni ochish, keraksizlarini tanlab o‘chirish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, umumiy “Yozishmalarni o‘chirish” bandini tanlasangiz ham bo‘ladi. Tizim sizdan yozishmalarni faqat sizning qurilmangizdan yoki suhbatdoshnikidan ham o‘chirish variantini so‘raydi. Ikkinchi variantni tanlang.

Ikkinchi qadam: akkauntni o‘chirib tashlaymiz

Yozishmalarni tozalab bo‘lgach (lekin bu ixtiyoriy – agar xohlasangiz, suhbatdoshlaringiznikida qoldirishingiz mumkin), akkauntning o‘zi bilan xayrlashish vaqti keldi. Buning uchun Telegram ilovasini ochib, sozlamalarga o‘tamiz – pastki o‘ngdagi ikonka. U yerda qulf belgisi bor “Maxfiylik” bandini tanlaymiz. Pastga tushamiz.

Oxiridan oldingi band — “Akkuntni avtomatik o‘chirish”. Tizim mazkur so‘rovsiz siz profilingizga ma’lum muddatda: bir oydan bir yilgacha kirmagan bo‘lsangiz, xavfsizlik maqsadida akkauntingizni o‘chirib tashlaydi. “Agar men kirmasam” bandiga o‘tib,“Akkauntni hozir o‘chirish”ni tanlang.

Telegram sizni foydalanuvchi sifatida saqlab qolishga harakat qiladi va bir nechta variantlarni taklif qiladi: telefon raqamini o‘zgartirish, boshqa akkauntni qo‘shish, keshni tozalash va hokazo. Agar hali ham akkauntni o‘chirishga sodiq qolgan bo‘lsangiz, pastga tushing va “Mening akkauntimni o‘chirish” tugmasini bosing.

Shundan so‘ng “Davom etish”, keyin yangi ekranda chiqqan “Davom etish”ni tanlang. 

Telegram sizdan akkauntingiz ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami va parolni kiritishni so‘raydi. Shundan so‘ng “Akkauntimni o‘chirish” tugmasini bosish kifoya.

O‘chirib tashlangan akkauntni tiklash mumkinmi?

Yo‘q, buning iloji yo‘q. Bir necha kun kutib, akkauntni o‘sha raqamga qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Muhim: xuddi shu raqamdagi avvalgi akkauntdagi barcha yozishma va chatlar mavjud bo‘lmaydi, suhbatdoshlar bilan yozishmalar uchun avtomatik yangi chat ochiladi.