верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Tom Kruz “Uddalab bo‘lmas topshiriq”ning so‘nggi qismi uchun muxlislariga minnatdorchilik bildirdi
29.05.2025

Tom Kruz “Uddalab bo‘lmas topshiriq”ning so‘nggi qismi uchun muxlislariga minnatdorchilik bildirdi

Tom Kruz “Uddalab bo‘lmas topshiriq”ning so‘nggi qismi uchun muxlislariga minnatdorchilik bildirdi

“Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmining yulduzi Tom Kruz ijtimoiy tarmoqlarda muxlislariga murojaat qildi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Aktyor “Yakuniy hisob” nomli sakkizinchi qismni iliq kutib olgan tomoshabinlarga tashakkur bildirdi. Ilgariroq, film franshiza tarixidagi eng yaxshi kassa daromadini ko‘rsatgan edi (jahon bo‘ylab 190 million dollar yig‘di).

“Bu hafta oxiri tarixga kirdi! Har bir rejissyor, rassom, suratga olish guruhi a’zosi, kinostudiyalarning har bir xodimini tabriklaymiz va ularga minnatdorchilik bildiramiz. Bu hikoyalarni tomoshabinlarga yetkazishda yordam bergan har bir kinoteatr va har bir xodimga rahmat.

Paramount Pictures va Skydance’da ishlaydigan barchaga ko‘p yillik hamkorlik va doimiy qo‘llab-quvvatlash uchun tashakkur. Eng muhimi esa, biz hammamiz xizmat qiladigan va ko‘ngil ochishni SEVADIGAN butun dunyodagi tomoshabinlarga MINNATDORCHILIK bildiraman. Samimiy hurmat bilan, Tom,” deya yozdi Kruz.

“Yakuniy hisob” agent Itan Xantning qudratli sun’iy intellekt bilan kurashi haqida hikoya qiladi. “Uddalab bo‘lmas topshiriq” 1996-yilda ilk bor namoyish etilgandi. Film seriyasi jami 4,3 milliard dollar kassa daromadiga erishgan.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.