РУ
O’Z
UZS
/
/
Tomoq og‘riganda nima mumkin va mumkin emas, qachon shifokorga borish kerak?
05.07.2024

Tomoq og‘riganda nima mumkin va mumkin emas, qachon shifokorga borish kerak?

Tomoq og‘riganda nima mumkin va mumkin emas, qachon shifokorga borish kerak?

Tomoq og‘rig‘i sizni ovqat yeyish, uxlash, gapirish va umuman normal harakatlanishingizga halaqit beryaptimi? Unda uning aslida nima ekanini tushunish va tomoqni tezda davolashni o‘rganish vaqti keldi. Albatta, o‘z vaqtida shifokor bilan maslahatlashishni unutmang.  

Nima sababdan tomoq og‘riydi? 

Ko‘pincha tomoq og‘rig‘i virusli infeksiyalar sababli bo‘ladi, lekin ba’zida hayolimizga kelmagan boshqa narslar ham bor. Yutingandagi og‘riq quyidagi sabablarga ko‘ra paydo bo‘lishi mumkin:

● Bakteriyalar

● Allergik reaksiyalar

● Oshqozon-ichak kasalliklari (gastroezofagial reflyuks)

● Tomoq mushaklarining haddan tashqari kuchlanishi

● Shilliq qavatga tirnovchi moddalar tushganda

●  Quruq havoda

https://www.mayoclinic.org/diseases-conditions/sore-throat/symptoms-causes/syc-20351635 

Uy sharoitida tomoq og‘rig‘ini qanday davolanish mumkin: 

1. Issiq ichimlik iching 

Choy, mevali ichimliklar, limonli suvdan ko‘proq iching. Bu suyuqliklarning barchasi tomoq shilliq qavatini namlaydi va tomoq og‘rig‘i alomatlarini yengillashtiradi. Shu bilan birga, choyga asal yoki moychechak qo‘shishingiz mumkin, ular antiseptik xususiyatga ega va har qanday ichimlikni yanada mazaliroq qiladi. Ammo bunda ham ehtiyot bo‘lish kerak, shifokorlar ushbu allergiya keltirib chiqaruvchi mahsulotlarni 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga berishni tavsiya etmaydi.

2.  Yumshoq va sovuq mahsulotlar iste‘mol qiling 

Tomoq og‘riganda qotgan non va chipslarni iste’mol qilishingiz tomoqqa yoqmasligi aniq. Buning sababi ular shilliq qavatni yanada ko‘proq shikastlantiradi. Bo‘tqa, omlet, banan va bulyon kabi yumshoq hamda suyuq ovqat yesangiz, aksincha, sizga rahmat aytadi. Tomoq og‘rig‘i uchun yana bir kutilmagan tibbiy layfhak – muz bo‘laklari yoki muzqaymoqni shimib yeyish. Aytishlaricha, shirinlikning kichik bir qismi og‘riqni yengillashtiradi va sog‘liq uchun zararli emas. Faqat qomat uchun zararli.

3. Tomoqni chayib turing  

Tomoq og‘rig‘ini qoldirish uchun shifokorlar tomonidan sinovdan o‘tgan soda va tuz eritmasi bilan tomoqni chayish usulini taklif qilamiz. 

Buning uchun bir stakan iliq suvda 1/2 choy qoshiq tuz va shu miqdorda soda eritib olamiz. Istalgan natijaga erishish uchun, har 3-4 soatda eritma bilan (yutmasdan) tomoqni chayqab turamiz. Tuz va soda tomoqdagi shish va yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi. 

4.  Dorixonaga boring 

Retseptsiz antigistaminlar yoki og‘riq qoldiruvchi vositalarni sotib oling. Antigistaminlar tomoq og‘rig‘ini qoldirishi va yengillashtirishi mumkin. Shuningdek, siz farmatsevt bilan maslahatlashib, tomoq og‘rig‘i uchun shimiydigan vositalarni olishingiz mumkin: ular shilliq qavatni namlaydi, hech bo‘lmaganda biroz vaqtga tomoq og‘rig‘ini unutishga yordam beradi.

5. Issiq dush qabul qiling

Agar tomoq og‘rig‘idan tashqari boshqa kasallik alomatlari bo‘lmasa, tana haroratingiz esa 37 darajagacha bo‘lsa, issiq dush qabul qilishingiz mumkin. Nafasingiz bo’g’ilib qolganda, issiq bug‘dan chuqur nafas oling. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, bu usul shilliq qavatni yumshatishni boshlaydi va tomoq og‘rig‘ini yengillashtiradi.

6. Uxlang 

To‘liq dam olish – har qanday og‘riq vaqtida organizmga kerak bo‘lgan vositadir. Kasal bo‘lib qolganingizni his qilganingizdanoq, ishingizdan bir kun dam oling va ko‘proq uxlashga harakat qiling. 

Tomoq og‘riganda nima qilish mumkin emas: 

●  Havosi quruq va shamollatilmaydigan xonalarda bo‘lish

●  Chekish (hatto chekish xonasida kimdir bilan turish)

●  Achchiq, nordon va har qanday o‘tkir tamli ziravorlar iste’mol qilish

●  Ovqatdan so‘ng darhol yotish (ayniqsa kislotali reflyuksdan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz)

●  Issiq ingalyasiya, antibiotiklarni qabul qilish va alkogol ichimliklar bilan xalq tabobatini qo‘llab o‘zingizni davolash.

 Agar tomoq og‘rig‘i bir haftadan ko‘proq davom etib, yanada kuchayib, sizda quyidagi alomatlar paydo bo‘lsa, shifokorga borish va kerak bo‘lsa, tez yordam chaqirishga to‘g‘ri keladi:

● Kuchli tomoq og‘rig‘i bir haftadan ko‘proq davom etsa

●  Xirillash paydo bo‘lganda

● Yutish, nafas olish va og‘zingizni ochish qiyinlashganda

●  Bo‘yinda shish paydo bo‘lganda

●  Tomoq og‘rig‘i quloqqa o‘tganda

● Tupurikda qon kelishi kuzatilganda

● Tomoq devorlarida oq toshmalar paydo bo‘lganda

● Bo‘g‘inlarda og‘riq paydo bo‘lganda va tana harorati 38 dan yuqori bo‘lganda

Tomoq og‘rig‘i qancha davom etadi? 

Bu og‘riqning turi va uni nima qo‘zg‘atganiga bog‘liq.

“Agar bu virusli infeksiya bo‘lsa, ko‘p hollarda tomoq og‘rig‘i 3-10 kun ichida yo‘qoladi”,—  dedi tibbiyot fanlar doktori Deniel Allan. 

Agar tomoq og‘rig‘i bakterial infeksiya yoki allergiya tufayli paydo bo‘lsa, u bir necha hafta davom etishi mumkin. Bunday holda shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilish va tomoq og‘rig‘ining sababini aniqlash juda muhim: shunda tiklanish jarayoni tezlashadi va siz ham tinchlanasiz.