РУ
O’Z
UZS
/
/
Uzoq vaqt davomida konditsionerli xonada bo‘lganda terini parvarish qilish bo‘yicha asosiy 10 ta qoida
11.07.2024

Uzoq vaqt davomida konditsionerli xonada bo‘lganda terini parvarish qilish bo‘yicha asosiy 10 ta qoida

Uzoq vaqt davomida konditsionerli xonada bo‘lganda terini parvarish qilish bo‘yicha asosiy 10 ta qoida

Yoz faslida O‘zbekistonda konditsionerlar qutqaruvchi moslamaga aylanadi. Ularsiz xona qulay bo‘lish mumkin emas. Bundan terimiz ko‘p aziyat chekadi, chunki konditsionerlar uni quritadi. Sababi shundaki, konditsionerning sovutishi jarayonida xonadagi namlik havoda bug‘lanadi. Buni birinchi bo‘lib teri his qiladi, ayniqsa teringiz sezgir bo‘lsa, u sezilarli darajada quriy boshlaydi. Unda tirishish, qichishish, tirnalish, ba’zida esa qizarish va ajinlar paydo bo‘ladi.

Ushbu tavsiyalar sanab o‘tilgan noxush hodisalarni kamaytirishga yoki oldini olishga yordam beradi

  1. Teri birinchi navbatda namlikni ichkaridan oladi. Shuning uchun kuniga yetarli miqdorda suv iching. Minimal meyyor — 1 kg vazn uchun 30 ml ni tashkil qiladi. Yozda kamida 2 litrdan ko‘proq ichish tavsiya qilinadi.

  2. Tozalashdan tortib kremlarni qo‘llashgacha bo‘lgan bosqichlarni va muntazam ravishda teringizni parvarish qilish odatini shakllantiring. Muhimi, teringizning turi va xususiyatiga mos keladigan to‘g‘ri mahsulotlarni tanlash kerak.

  3. Kuniga ikki marta teringizni tozalang. Ertalab yuzingizni yumshoq yuvinish ko‘pigi yoki geldan foydalanib yuving, so‘ng yuzingizni tonik bilan artib oling. Kechqurun, yuzingizni SPF krem yoki pardozdan tozalaganda, avval gidrofil moyni qo‘llang, shundan keyin ko‘pik yoki geldan foydalib, tonik bilan tozalashning so‘nggi bosqichi amalga oshiring. Mahsulotlar yomon ta’sir qilmasligi va suv juda issiq emasligiga ishonch hosil qiling. Tonikni e’tibordan chetga qoldirmang, axir uning vazifasi suv bilan aloqa qilgandan keyin, quruq va reaktiv terini pH darajasini normallashtirishdan iborat.

4. Terini kosmetik mahsulotlar bilan yaxshilab namlantiring. Bunda faqat kremlardan foydalanish yetarli bo‘lmaydi. Yuzni namlantiradigan sivorotkalardan ham foydalaning, chunki ular suriladigan kremning ta’sirini kuchaytirishga yordam beradi. Gialuron kislotasi, kollagen, koenzimlar, pantenol, yashil choy ekstrakti, A, C va E vitaminlari, AHA kislotalari, jojoba, kokos va shi yog‘i tarkibli mahsulotlarga e’tibor bering. Mahsulotlarning yengil tuzilishga ega bo‘lishi juda muhim, agar krem siz uchun “og‘irlik” qilsa, uni emulsiya yoki flyuidga almashtiring. Agar tarkibida faol namlantiruvchi komponentlar bo‘lsa, ular kerakli vazifani uddalaydi va kun davomida yuzingizda noqulay ko‘rinmas plyonka hosil qilmaydi.

5. Namlantirishdan tashqari, tungi oziqlantiruvchi krem ham surting. U epidermisni tiklaydi va dam olganda terini kerakli moddalar bilan toʻldiradi. Tungi oziqlantiruvchi kremni yotishdan kamida bir soat oldin surting.

6. Agar konditsionerli xonada uzoq vaqt boʻlsangiz, haftasiga ikki marta yuzingizga niqob qiling. Qadoqda yozishlaricha, ular foydali tarkibiy qismlarning yuqori konsentratsiyasiga ega va teriga qoʻshimcha yordam beradi.

7. Agar yuzingizni tetiklantirmoqchi bo‘lsangiz, termal suvdan (mineral tuzlarga boy suv) foydalaning. Bu ajoyib ekspress vositadir. U hujayra namligini tartibga solish, suv-tuz muvozanatini saqlash va epidermisga chuqur kirib borish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, termal suv yuzda paydo bo‘lgan qizarishni ham yo’qotishga yordam berishi mumkin, buning uchun uni teriga sepish kifoya.

8. Havo namlagichni yoqing. U konditsionerning ta’siridan xonadagi qurigan havoni namlaydi.

9. Labingiz terisi uchun balzam yoki gigienik lab bo‘yogʻidan foydalaning.

10. O‘tkir hidi bo‘lmagan goʻzallik mahsulotlaridan foydalanishga harakat qiling. Bu haqda Amerika dermatologlar assotsiatsiyasi mutaxassislari yozadi.

Oddiy tavsiyalarga amal qilsangiz, konditsionerli xonada yoki ofisda o‘zingizni qulay his qilib, teringizni sogʻlom koʻrinishiga ega boʻlasiz.