РУ
O’Z
UZS
/
/
Vengriya kompaniyasi Toshkentda zamonaviy avtoturargohlar yaratadi
04.07.2024

Vengriya kompaniyasi Toshkentda zamonaviy avtoturargohlar yaratadi

Vengriya kompaniyasi Toshkentda zamonaviy avtoturargohlar yaratadi

Vengriyaning “iCell” kompaniyasi Toshkent shahridagi avtoturargohlarni boshqarish imkonini beruvchi loyiha ustida ish olib bormoqda. Tizim avtoturargohlarni qidirish, bron qilish hamda ular uchun haq toʻlash uchun yuqori texnologiyali sensorlar va mobil ilovalarni joriy etishga asoslangan.

Oʻzbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov “iCell” kompaniyasi bosh direktori maslahatchisi Gabor Pushtai bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqot chogʻida yoʻl va shahar infratuzilmasini rivojlantirish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish va investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilindi.

Vengriya kompaniyasi tomonidan jadal rivojlanayotgan Toshkent shahridagi avtoturargohlarni boshqarish imkonini beruvchi loyiha ustida olib borilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratildi. Tizim avtoturargohlarni qidirish, bron qilish hamda ular uchun haq toʻlash uchun yuqori texnologiyali sensorlar va mobil ilovalarni joriy etishga asoslangan.

Kompaniya mutaxassislari loyihani samarali amalga oshirishning mumkin boʻlgan variantlarini oʻrganish va Toshkent shahrining oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda maxsus takliflarni tayyorlash ustida bir yildan ortiq vaqtdan beri ishlamoqda.

Taʼkidlanganidek, loyihani amalga oshirishda respublikaning amaldagi qonunchiligiga huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy jazo choralari, ularni hal etish yoʻllari, shuningdek, huquqbuzarliklar uchun aniq javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalar dispozitsiyasiga oid oʻzgartishlar kiritilishi muhim ahamiyatga ega.

Ushbu loyihani amalga oshirishda respublikaning amaldagi qonunchiligiga huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy jazo choralari, ularni hal etish yoʻllari, shuningdek, yoʻl harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini aniq tushunishni nazarda tutuvchi moddalarning dispozitsiyalari boʻyicha oʻzgartishlar kiritish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.