РУ
O’Z
UZS
/
/
10 ta tez va foydali kechki ovqat: 30 daqiqada pishirish mumkin!
22.09.2024

10 ta tez va foydali kechki ovqat: 30 daqiqada pishirish mumkin!

10 ta tez va foydali kechki ovqat: 30 daqiqada pishirish mumkin!

Uzoq ish kunidan so‘ng, mazali va foydali bir narsani  iste’mol qilishni istaysiz, lekin tayyorlashga ko‘p vaqt ketadi. Siz uchun ajoyib yangiligimiz bor – 30 daqiqada tayyorlash mumkin bo‘lgan foydali va to‘yimli kechki ovqatni retseptlari bilan o‘rtoqlashamiz! 

Kun oxirida ko‘p energiyaga talab qilmaydigan 10 ta tezkor retseptlar. 

1. Sabzavotlar bilan tovuq filesi

Tovuq filesini bo‘laklarga bo‘lib, sevimli sabzavotlarimiz (bo‘lg‘or qalampiri, brokkoli, sabzi) bilan zaytun yog‘ida qovuramiz. Ta’bga ko‘ra soya sousi va ziravorlar qo‘shamiz. Guruch yoki kinoa bilan dasturxonga tortamiz.

2. Losos va yashil loviya

Losos filesini tuz va limon sharbatini sepib, tovada qovurib olamiz. Garnir uchun yashil loviyalarni qaynatib yoki qovurib tayyorlaymiz. Bu taom omega-3 yog‘ kislotasi va oqsilga boy.

3. Pomidor va rayhonli pasta

zira.uz

Butun donli pastani tayyorlashdan boshlaymiz. Tovada sarimsoqni qovuramiz, so‘ng yangi yoki konservalangan pomidor va rayhon barglarini qo‘shamiz. Sousni pasta bilan aralashtiramiz. Parmezan pishlog‘i  bilan dasturxonga tortamiz. 

4. Tofu va sabzavotlar.

Tofuni bo‘laklarga kesib, qizartirib qovuramiz. So‘ng, mayda to‘g‘ralgan sabzavotlarni (qizil bo‘lg‘or qalampir, ismaloq, qo‘ziqorin) va ozroq soya sousi qo‘shamiz. Jigarrang guruch yoki kinoa bilan dasturxonga tortamiz. 

5. Avakado va tovuqli salat

Oldindan qovurilgan yoki pechda pishirilgan tovuq filesini bo‘laklarga kesib, avokado, pomidor va salat barglari bilan aralashtiramiz. Zaytun yog‘i va limon sharbati qo‘shib, aralashtiramiz. 

6. Qo‘ziqorin va ismaloqli omlet

chefmarket.ru

Tuxumlarni ko‘pirtirib, tovaga quying, ustiga mayda to‘g‘ralgan qo‘ziqorin va ismaloq qo‘shamiz. Tayyor bo‘lgunga qadar qovuramiz. Butun donli non bilan dasturxonga tortamiz. 

7. Sabzavotli tilapiya

Tilapiya filesini ziravorlar va limon sharbati qo‘shib, atrofida maydalangan sabzavotlarni (Bryussel karami, sabzi, tsukini) pech listiga qo‘yib, pechda  20 daqiqa davomida pishiramiz. 

8. Kinoa va tuxumli salat

Kinoani tayyorlab, tug‘ralgan sabzavotlar (bodring, pomidor, qizil piyoz) bilan aralashtiramiz. Qaynatilgan tuxumni qo‘shib, zaytun moyi va balsamik sirka qo‘shamiz. 

9. Brokkoli va mol go‘shtli steyk

yandex.net

Mol go‘shti steykini tovada kerakli darajada pishguncha qovuramiz. Brokkolini qaynatib olamiz yoki sarimsoq va zaytun moyida tovada qovuramiz. Ikkalasini birga dasturxonga uzatamiz. 

10. Krevetka bilan guruchli lag‘mon

Guruchdan tayyorlangan lag‘monni ko‘rsatmalarga muvofiq tayyorlaymiz. Krevetkalarni sarimsoq va sabzavotlar (sabzi, qizil bo‘lg‘or qalampir, no‘xat) bilan qovuramiz, so‘ng lag‘monni qo‘shamiz. Soya sousi va ko‘katlar bilan bezab, dasturxonga uzatamiz. 

Ushbu retseptlarning har biri nafaqat foydali, balki juda mazali hamdir. Ijodkorligingizni yoqing, masalliqlar bilan tajriba o‘tkazib, ko‘p vaqt talab qilmaydigan tez va foydali kechki ovqatlardan zavqlaning!