Qulupnayli tort, dolma va boshqa turk seriallaridagi taomlar: ularni seriallardagi eng mashhur qahramon ayollar tayyorlagan


Turk seriallari qahramonalari nafaqat go‘zalligi va o‘jar fe’l-atvori, balki pazandalik mahorati bilan ham mashhur. Ha, turk xalqida uy-ro‘zg‘or yurita bilish va qalbga oshqozon orqali yo‘l topish muqaddas sanaladi. Shuning uchun “ideal” qahramon ayol — bu oshxonada mo‘’jiza yarata oladigan ayol. Biz esa sizga eng mashhur turk seriallaridagi taomlar retseptlarini taqdim etamiz.
“Eshigimni qoq” serialidagi qulupnayli tort retsepti
Bu tortni Eda tayyorlagan edi. U to‘y haqida gapirar ekan, desert albatta qulupnayli bo‘lishi kerakligini aytgan va Serkan bunga rozi bo‘lgan — chunki uni eshitmagan. Ginalar katta bo‘ldi, lekin tort chiroyli va shubhasiz mazali chiqqan edi!

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Masalliqlar:
Xamir uchun:
- 230 ml sut
- 200 gr shakar
- 160 gr un
- 50 gr o‘simlik yog‘i
- 100 gr kakao
- 2 dona tuxum
- Qabartma (xamir ko‘taruvchi vosita), vanilin
Krem uchun:
- 300 gr tvorogli pishloq
- 250 gr qulupnay
- 200 ml yog‘li qaymoq
- 80 gr shakar kukuni
- 30 ml suv
- 20 ml qulupnay siropi

Tayyorlanishi:
1. Kakao, un va qabartmani aralashtiramiz. Sut va yog‘ni qo‘shib, yana aralashtiramiz.
2. Tuxum, shakar va vanilinni ko‘pik holatiga kelguncha ko‘pirtiramiz. So‘ngra asta-sekin xamirga qo‘shamiz.
3. Hammasini mikser bilan bir hil massa bo‘lgunga qadar aralashtiramiz va qolipga quyamiz. 180℃ da 40 daqiqa pishiramiz. Sovutib, 2 bo‘lakka bo‘lamiz.
4. Yuvilgan qulupnayni ikkiga bo‘lamiz: biri krem uchun, biri bezatish uchun. Qulupnayni suvda yumshaguncha qaynatamiz. So‘ng pyure holatiga keltirib, qulupnay siropini qo‘shamiz.
5. Alohida idishda qaymoq bilan shakar kukunini ko‘pirtiramiz. Yana bir idishda tvorogli pishloqni. Keyin ularni aralashtiramiz.
6. Kichik qilib to‘g‘ralgan qulupnayni kremga qo‘shamiz
7. Biskvit bo‘laklarini krem bilan suramiz (40% ichiga, qolgan qismi tashqi bezak uchun)
8. Butun tortni krem bilan yopamiz, tekislaymiz va kamida 4 soat sovutgichda saqlaymiz. Tortni dasturxonga tortishdan oldin qulupnaylar bilan bezatamiz!
“Bilmay sevdim” serialidagi dolma retsepti
Serialning ikkinchi faslida Defne oshxonada dolma tayyorlaydi — chunki sevgilisi Omerning muzlatkichida hech nima yo‘q edi. Albatta dolmani do‘kondan ham olish mumkin, lekin uyda tayyorlagan dolma boshqacha mazali-da!

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Masalliqlar:
- 600 gr uzum bargi
- 1 dona go‘shtli bulyon kubiki
- 1 kg qo‘y go‘shti qiymasi
- 2/3 stakan dumaloq guruch
- 2 dona piyoz
- 20 gr sariyog‘
- 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
- Rayhon, yalpiz, ukrop va shivit (kinza)
- Tuz va murch

Tayyorlanishi:
1. Uzum bargini qaynoq suvga solamiz, 5 daqiqa damlab qo‘yamiz. So‘ng suzib, novdalarini olib tashlaymiz.
2. Piyozni tozalab, mayda to‘g‘raymiz va yog‘da yumshaguncha qovuramiz.
3. Guruchni yuvib, yarim pishguncha qaynatamiz.
4. Qiymaga guruch, qovurilgan piyoz va ko‘katlarni qo‘shamiz. Tuz va murch bilan aralashtiramiz.
5. Barglarni stolga yoyamiz, ustiga qiymani solamiz va ehtiyotlik bilan o‘raymiz.
6. Dolmani qozonga qator qilib — pastki qismga esa qiymasiz barglardan solamiz. Dolmalarni bir-biriga yaqin holatda, chokini pastga qilib teramiz.
7. Ustidan sekin bulyon quyamiz va ustidan og‘irlik (yuk) qo‘yib, 1,5 soat past olovda pishiramiz. So‘ngra 30 daqiqa damlab qo‘yamiz.
“Tong qushi” serialidagi paxlava retsepti
An’anaviy turk paxlavasiz bo‘ladimi? “Tong qushi” serialdagi bosh qahramon qiz shirinlikni juda yaxshi ko‘radi va uni tarelkalab yeyishi mumkin! Ammo bu retseptda yong‘oq va juda shirin sirop bor, allergiyasi borlar ehtiyot bo‘lishsin.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Masalliqlar:
Xamir uchun:
- 500 gr qatlama xamir
- 500 gr yong‘oq (grek yong‘og‘i)
- 150 gr sariyog‘
Sirop uchun:
- 750 gr shakar
- 600 ml suv
- Yarim limon

Tayyorlanishi:
1. Qatlama xamirni yog‘langan pech listida yoyamiz. Ustiga eritilgan yog‘ surtamiz, mayda tug‘ralgan yong‘oq sepamiz.
2. Keyingi qatlam: yana xamir, yog‘, yong‘oq va shunday davom ettiramiz. Tayyor bo‘lgan qatlamlarni paxlava shaklida (xohlagancha) kesamiz.
3. 180℃ da 60-80 daqiqa davomida pishiramiz.
4. Sirop uchun: suvni isitib, shakar solamiz va eriguncha aralashtiramiz. Yarim limon sharbatini qo‘shamiz. Sovutamiz.
5. Pishgan issiq paxlavani ustiga sovutilgan sirop quyib chiqamiz. Bir necha soat tindiramiz — mazali paxlavamiz tayyor!