Klassikadan tortib TOgacha bo‘lgan mukammal uy muzqaymog‘i. Hamma tayyorlay oladigan retseptlarni to‘pladik


Yoz mavsumi muzqaymoq retseptlarini sinab ko‘rish uchun risoladagidek vaqt. Ushbu maqolada qaymoqli klassika, mevali sorbetlar, shakar va laktozasiz desertlardan iborat uydagi pazandachilik jozibasi uchun zarur bo‘lgan barcha oddiy va mazali g‘oyalar jamlangan.
Uyda muzqaymoq tayyorlaymiz:
Banandan tayyorlangan muzqaymoq

Bu eng oddiy va mashhur retseptlardan biri. Buning uchun sizga faqat muzlatilgan bananlar va blender kerak bo‘ladi. Bunday shakarsiz, qaymoqsiz muzqaymoq sog‘lom ovqatlanishni yoqlovchilar uchun ideal variant bo‘ladi.
Tayyorlanishi:
- Bananlarni bo‘laklarga bo‘lib, 2-3 soatga muzlatib qo‘yamiz.
- Blenderda silliq krem holatiga kelguncha aralashtiramiz.
- Istasangiz, kakao, rezavorlar yoki yong‘oqlar qo‘shishingiz mumkin.
Bunday parhezli muzqaymoq bolalar va vaznini nazorat qiladiganlar uchun juda yaxshi tanlovdir.
Apelsinli muzqaymoq

Tetiklashtiruvchi tsitrusli ta’m – yozgi jaziramada ayni muddao bo‘ladi. Apelsin sharbati yoki pyuresi asosida, qaymoq yoki yogurt qo‘shib tayyorlasa bo‘ladi.
Retsepti:
- 2 ta apelsin – sharbati va po‘stlog‘i.
- 100 ml qaymoq yoki grek yogurti.
- Ta’bga ko‘ra biroz asal yoki sirop.
- Aralashtirib, qoliplarga solib muzlatib qo‘ying.
Bu uy sharoitidagi mazali muzqaymoq tabiiy, mazali va yoqimli nordon ta’mli bo‘ladi.
Uy sharoitida shokoladli muzqaymoq

Hammaga yoqadigan muzqaymoqning klassik varianti. Uyda shokoladli muzqaymoqni kakao yoki haqiqiy qora shokolad bilan tayyorlash mumkin.
Masalliqlar:
- 250 ml 33%li qaymoq;
- 150 ml quyultirilgan sut;
- 2 osh qoshiq kakao yoki eritilgan shokolad;
- Bir chimdim tuz.
Aralashtirib, muzlatamiz va ajoyib mazasidan rohatlanamiz. Ayniqsa, yong‘oq yoki shokoladli bo‘laklar bilan juda mazali bo‘ladi.
Uy sharoitida plombir

Haqiqiy sovet davridagi ta’m – quyuq, qaymoqli, mayin. Uy sharoitida plombir ancha kaloriyali, chunki u tuxum sarig‘i va qaymoq bilan tayyorlanadi.
Klassik retsept:
- 3 ta tuxum sarig‘i;
- 200 ml sut;
- 250 ml qaymoq;
- 100 g shakar;
- Vanilin.
Tuxum sariqlarini shakar bilan aralashtiramiz, qizdirilgan sutni quyib, quyuqlashgunga qadar isitib olamiz, sovutamiz va qaymoq bilan ko‘pirtiramiz. Muzlatishga qo‘yamiz.
Uy sharoitida mevali muz (fruktoviy lyod)

Jazirama issiq havoda va bolalar uchun yana bir ajoyib variant. Uyda tayyorlanadigan mevali muz sharbat, pyure va mevalardan tayyorlanadi, shuning uchun uning tabiiyligi ham ishonchli bo‘ladi.
Oddiy variant:
- 200 ml har qanday sharbat (olma, gilos, ananas);
- Meva yoki rezavorlardan pyure;
- 1 choy qoshiq asal yoki sirop.
Qoliplarga solib muzlatishga qo‘yamiz. Bunday muzqaymoq qo‘shimchalarsiz va shakarsiz bo‘lgani sababli bolalar uchun ajoyib variant bo‘ladi.
Muzqaymoq tayyorlash usullari
Uy sharoitida muzqaymoq tayyorlagichda muzqaymoq tayyorlash
Muzqaymoq tayyorlagich (morojnitsa) – mukammal tuzilmaga ega b‘olish uchun ideal yordamchi. Muzlatish jarayonida massani avtomatik aralashtirib, katta muz kristallari hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
U har qanday tur: plombir, shokoladli, mevali va hatto PP-variantlar uchun ham uchun mos keladi.

Uy sharoitida muzqaymoq tayyorlagichsiz muzqaymoq tayyorlash
Agar sizda maxsus morojnitsa texnikasi bo‘lmasa – muammo emas. Massani konteynerga solib muzlatgichga qo‘ying va dastlabki 3-4 soat ichida har 30–60 daqiqada aralashtirib turing. Bu usulda yumshoq, havodor muzqaymoq tayyor bo‘ladi.

PP va parhez variantlar
PP (to‘g‘ri ovqatlanish) muzqaymoq quyidagilardan tayyorlanishi mumkin:
- Banan asosida;
- Grek yogurti bilan;
- Shakarsiz (xurmo yoki asal bilan);
- Proteinli;
- Kokos yoki bodom suti bilan.

Bu parhez tutayotgan, ammo shirinlikdan voz kechishni istamaydiganlar uchun juda mos keladi. Parhez muzqaymoq uyda har qanday ehtiyojga moslashtirilishi mumkin.
«Yogurtli-rezavor mevali» TO muzqaymog‘i
Masalliqlar (2 porsiya uchun):
- Shakarsiz tabiiy yogurt (yoki yunoncha) — 200 g
- Muzlatilgan mevalar (malina, chernika, olcha va h.k.) — 150 g
- Asal yoki topinambur siropi — 1 q. (xohishga ko‘ra)
- Vanil yoki dolchin — ta’bga ko‘ra
- Ozgina limon sharbati — 1 q. l. (xohishga ko‘ra, ta’m yorqinligi uchun)
Yogurt va muzlatilgan rezavorlar kuchli blenderda kremli shaklgab kirguniga qadar aralashtiriladi, qolgan masalliqlar qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan muzqaymoqni darhol yengil desert sifatida iste’mol qilish yoki idishda 1-2 soat davomida qotguniga qadar muzlatish mumkin.
Qo‘shimcha ravishda:
- Protein kukuni qo‘shish mumkin — bu sportcha variant bo‘ladi.
- Yogurt o‘rniga suv/sutga aralashtirilgan tvorog yoki o‘simlik yogurti (vegan versiyasi) mos keladi.
- Rezavor mevalarni mango, shaftoli, kivi, xurmo kabi yoqtirgan mevalar bilan osongina almashtirish mumkin.
Uy sharoitida muzqaymoq tayyorlash – bu nafaqat oson, balki juda mazali hamdir. Bunda siz o‘zingiz tarkibini nazorat qilasiz, o‘z sevimli ta’mingizni tanlaysiz hamda o‘zingiz va yaqinlaringizni tabiiy desert bilan quvontirasiz. Retseptlar esa juda ko‘p – klassik plombirdan tortib, noodatiy apelsinli muzqaymoqqacha. Sinab ko‘ring, tajriba qiling va o‘zingizga eng yoqqanini toping!