РУ
O’Z
UZS
/
/
15-sentabr: vazn yo‘qotayotganlarning bayrami va pul – muammo bo‘lmagan kun
13.09.2024

15-sentabr: vazn yo‘qotayotganlarning bayrami va pul – muammo bo‘lmagan kun

15-sentabr: vazn yo‘qotayotganlarning bayrami va pul – muammo bo‘lmagan kun

15-sentabrda Shveysariya ilk bor Universal Pochta Ittifoqini ochish haqida rejalashtirdi va dunyodagi eng boy odamlarning ro‘yxati e’lon qilinadigan “Forbes” jurnalining birinchi soni chop etildi. Shuningdek, shu kuni Sem amaki AQShning rasmiy ramziga aylandi, “Greenpeace” yaratildi, Peruda esa sirli meteorit quladi. 15-sentabrda sodir bo‘lgan yuqoridagi voqealar bilan birga, shu kunda nishonlanadigan bayramlarni ham bugungi kun taqvimidan bilib oling. 

Demokratiya kuni 

BMTning demokratiyaning muhimligini yoritadigan bayrami. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu jamiyat taraqqiyotining asosiy omilidir. Bu mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga, shuningdek, jahon tinchligi yo‘lida xavfsizlikni ta’minlashga taalluqlidir. 

Ozayotganlar kuni 

Yoki har doim “dushanba kunidan boshlab” dieta saqlashga harakat qilayotganlarning bayrami. Sizga o‘zingizni qat’iy dietalar bilan charchatmasdan, shunchaki ovqatlanish tartibingizni o‘zgartirishingizni taklif qilamiz.  Siz mazali va muvozanatli ovqatlanishingiz, sevimli taomlaringizni iste’mol qilishingiz va shu bilan birga vazn yo‘qotishingiz mumkin. Qanday qilib deysizmi? Bu haqida nutritsiolog batafsil aytib berdi. 

Tushlarning amalga oshishi kuni 

15-sentabr kuni ertalab qiziqish uchun juftingizdan (yoki do‘stlaringizdan) bugun qanday tush ko‘rganlarini so‘rang. Ehtimol, bu bayram haqiqatan ham tushlarning amalga oshishiga sababchi bo‘ladigan bayramdir. Balki tushlar rostakamiga hayotimiz bilan bog‘liqdir! 

Pul haqida o‘ylamaydigan kun 

Ha, 15-sentabrda barcha moliyaviy qiyinchiliklarni unutib, xarajatlar kuni deb e’lon qilishingizni taklif qilamiz. Bu “iPhone 16”ni so‘nggi pulingizga xarid qilish kerak degani emas! Amma restoran, afishadagi biron bir tadbirga borishingiz yoki ommaviy bozordan (mass-marketdan) biror narsa sotib olishingiz mumkin. 

Yaxshi qo‘shnichilik kuni 

AQShda nishonlanadigan bayram bo‘lishiga qaramay, bizga yoqqanligi uchun biz ham uni nishonlashga qaror qildik. Bugungi kunda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini saqlab qolish nihoyatda muhimdir. Shuning uchun piroglar pishirib, qo‘shnilaringizni mehmonga taklif qiling yoki o‘zingiz mazali pishiriqlar bilan ularnikiga tashrif buyuring. Axir qo‘shnilar bilan gaplashadigan gap doim topiladi.