Toshkentdagi “Punto” restorani haqida: poytaxtimizning gastronomik xaritasida yangi Italiya. Borishga arziydimi?
“Yaxshi ovqatlaning, tez-tez kuling, chin dildan seving” – Toshkentdagi “Punto” neo-restorani jamoasi aynan shunday falsafaga amal qiladi. Ular an’anaviy italyan taomllari, g‘amxo‘rligi, quvonchi va sekin hayot tarziga bo‘lgan muhabbatini uyg‘unlashtirishni va’da qiladi. Buning qanchalik haqiqat ekanini tekshirib ko‘rdik.
Toshkentdagi “Punto” – manzili, ish vaqti va konsepsiyasi
Toshkentdagi “Punto “restorani – Sayram ko‘chasi, 27-uyda joylashgan “Mirzo Ulug‘bek NRG” turar-joy majmuasi qarshisida joylashgan yangi muassasa.
Ish vaqti: har kuni soat 11:00 dan 00:00 gacha
Telefon orqali joy band qilish: +998 71 205 82 24 yoki “Punto” Instagram sahifasida
“Punto” restoranining dizayni va konsepsiyasi
Muassasaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular oddiy ko‘rinadigan italyan taomlarini tayyorlaydilar, ammo “neo” qo‘shimchasi bilan, ya’ni yangi usulda.
Loyihaning yaratuvchilari nafaqat g‘oya va menyuni yaratishda, balki restoran dizaynini tanlashda ham katta e’tibor qaratgan. “Punto”ga kiraverishda, qurilish ishlarida 2024-yilgi interyer dizayniga e’tibor qaratilganini darhol sezish mumkin: keng va “yengil” zallar, polga qadar derazalar, tabiiy materiallar, yorqin ranglarning yo‘qligi, qulay zonalashtirish va minimalizmga urg‘u. Yaxshi boshlanish!
Toshkentdagi “Punto” – menyusi
Asosiy e’tibor, yuqorida aytib o‘tilganidek, italyan taomlariga qaratilgan. “Punto” menyusida antipasti (zakuski), neapolitan pitssa (ayniqsa tryufel sousli “Funghi” maqtovga sazovor), turli pastalar, ravioli, lazanya, rizotto, shuningdek uncha och bo‘lmagan yoki qomatini ehtiyot qiladiganlar uchun yengil taomlar va salatlar mavjud.
Shirinliklar menyusi an’anaviy italyan shirinliklarini o‘z ichiga oladi, ammo noan’anaviy taqdimot va zamonaviy ijro bilan. Bu yerda tiramisu, kanolli (rikotta kremi va siropli Sitsiliya trubochkasi) va kutilmagan tarzda, romli baba ham mavjud.
Ichimliklar tanlovi ham keng: menyuda bizga tanish kapuchino va italiyaliklarning sevimli espresso, shuningdek, asl choylar (yunon yong‘og‘i va mandarinli choy – eng ko‘p e’tiborni tortdi) mavjud. “Punto”da shuningdek, vino va kokteyllarning keng ro‘yxati mavjud.
Toshkentdagi “Punto” haqida fikr-mulohazalar
Restoran haqidagi fikr-mulohazalarni o‘rgandik va tashrif buyuruvchilarning haqiqiy taassurotlari bilan bo‘lishmoqchimiz. Aytgancha, “Punto”ning Yandex xaritalaridagi reytingi 4.3 va biz buni umidbaxsh deb topdik. Mehmonlar restoranni quyidagi mezonlarga ko‘ra yuqori baholaydi.
- Yoqimli atmosfera
- Yaxshi oshxona
- Qiziqarli kokteyllar
- Yaxshi xizmat
Bazi mehmonlar “Punto”dagi narxlar uncha hamyonbop emasligi va hammaga ham to‘g‘ri kelmasligini tan olishdi. Ammo, albatta, tashrif buyurishga arziydi – hech bo‘lmaganda bir marta va bayram sharafiga. Yana bir kamchilik: menyudagi barcha taomlar har doim ham mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Umid qilamizki, “Punto” haqidagi bu sharhimiz restoranga tashrif buyurishga arziydimi yoki yo‘qligini tushunishingizga yordam beradi. Ammo bu makon mazali ovqatlanish shinavandalari uchun tushlik, romantik uchrashuvlar yoki oilaviy kechki ovqat uchun ajoyib joy bo‘lishi mumkin, deb hisoblaymiz. Ayniqsa, agar bu mavsumda Italiyaga borish siz uchun faqat orzu bo‘lsa.