РУ
O’Z
UZS
/
/
22-avgust: nargis guli bayrami va tish parisi kuni
21.08.2024

22-avgust: nargis guli bayrami va tish parisi kuni

22-avgust: nargis guli bayrami va tish parisi kuni

22-avgustda Avstraliyada oltin zaxiralari topildi, AQShda suyuq sovun patentlandi. 1909-yil xuddi shu kunda Fransiyada birinchi aviashou o‘tkazildi, tennischi Mariya Sharapova esa “WTA” reytingida birinchi o‘rinni egalladi (2005). 22-avgustda qanday bayramlar butun dunyo bo‘ylab nishonlanishini quyidagi maqolada batafsil ko‘rib chiqamiz. 

Butunjahon nargis gullari kuni 

Bu Oskar Uayldning kitobida tasvirlangan ulug‘vorlik vasvasasidan aziyat chekib, Dorian Grey kabi hayot kechiradigan odam haqida emas. Bu “go‘zallik va zavq yaratish” degan ma’noni anglatuvchi eng nozik gullardan birining bayramidir. Azaldan bu gullarni g‘oliblar, tug‘ilgan kun sohiblari, shuningdek eng yaqin do‘stlarga sovg‘a qilishgan. 

O‘simlik suti kuni 

Ushbu bayram uzoq vaqtdan beri oddiy sutni alternativ sut bilan almashtirgan va banan sutli kapuchino, kokos sutli latte va shu kabi boshqa o‘simlik suti asosida ichimliklarsiz yashay olmaydigan odamlarga manzur bo‘ladi. Uning eng muhim jihati shundaki, o‘simlik asosidagi sut laktozani xazm qila olmaslikdan aziyat chekadiganlar uchun mos keladi. Ammo buni faqat shifokor yoki nutrisiolog aniqlashi mumkin. 

Shaftoli iste’mol qilish kuni 

O‘zbekistonda shaftoli mavsumi avjida bo‘lgan bir paytda, bozor yoki supermarketlardan o‘zingiz sevgan shaftoli navini xarid qilib, bayram sharafiga mazza qilib iste’mol qilishingizni taklif qilamiz. Shaftoli pirog, bo‘tqa, quymoq va boshqa mashhur taomlar bilan yaxshi ketadi. Eng muhimi esa: shaftoli anemiyaga (temir yetishmovchiligi) chalingan bemorlar uchun juda foydali bo‘lib, immunitet tizimini ham mustahkamlaydi. 

Tish parisi kuni 

Tish parisi aslida AQShda ixtiro qilingan: tadbirkor amerikaliklar tishlarni sentga (va hatto dollarga) aylantirib, farzandlariga yoshligidan pul topishni o‘rgatishga qaror qilishganidan paydo bo‘lgan bayram. Barcha Yevropa mamlakatlari esa bu g‘oyani mamnuniyat bilan qabul qilishdi, axir bolalar saxiy sehrgarning afsonasini juda yaxshi ko‘radilar. 

22-avgustda tug‘ilganlar:

  • Rey Bredberi. Asarlari barcha zamonlarning eng yaxshi kitoblaridan biri deb topiladigan ilmiy-fantastik yozuvchi. Kitob ixlosmandlarining ajoyib an’anasi mavjud: uning “Momaqaymoqdan sharob” asari bilan yozni kuzatish.
  • Dua Lipa. Yevropadagi eng mashhur qo‘shiqchilardan biri, zamonaviy dizaynerlarning ilhom parisi va “Jacquemus” va “Versace” brendlarining namoyandasidir.
  • Rodrigo Santoro. Braziliyalik aktyor, “300 spartaliklar” filmi, “Yovvoyi g‘arb dunyosi” seriali va boshqa mashhur loyihalarning yulduzi.