РУ
O’Z
UZS
/
/
25-avgust: konchilar bayrami va yarashuv o‘pichlar kuni
23.08.2024

25-avgust: konchilar bayrami va yarashuv o‘pichlar kuni

25-avgust: konchilar bayrami va yarashuv o‘pichlar kuni

25-avgustda Galileo Galiley dunyodagi birinchi teleskopni namoyish etdi, muntazam London-Parij havo yo‘li ochildi, 1973-yilda esa tomografda birinchi rasm olindi. Bular 25-avgustda sodir bo‘lgan muhim voqealar edi, bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab qanday bayramlar nishonlanishini quyidagi maqoladan batafsil bilib olamiz. 

Konchilar kuni 

MDH mamlakatlarida Sovet Ittifoqi davrida: Rossiyadan O‘zbekistongacha barcha davlatlarda nishonlana boshlangan bayram. Bugungi kunda nafaqat qo‘rqmas mutaxassislarni tabriklash va ularning sharafiga tematik kontsertlar uyushtirish, balki xizmatda vafot etganlar yodgorliklariga gul qo‘yish ham odat tusiga kirgan. 

Yarashtiruvchi o‘pichlar kuni 

Agar siz aziz insoningiz bilan janjallashib qolib, bu uzoq muddatli muloqotsiz munosabatdan charchagan bo‘lsangiz, g‘ururingizni chetga surib, yarashish tomon qadam tashlang. Bunda nafaqat so‘zlar, balki mehr bilan o‘pishlar ham yordamga keladi, onajoningiz, sevganingiz yoki do‘stingiz bu harakatingizdan qalbi erib ketishi aniq.

Daraxtga chiqish kuni 

25 avgust – bolaligingizni eslash va farzandingiz bilan maroqli vaqt o‘tkazish uchun ajoyib kun. Park, tabiat, yozgi dala-hovliga boring, daraxtlarga chilmashib chiqib o‘ynang. Faqat xavfsizlik choralari haqida unutmang! 

Bananli split kuni 

Amerikaliklar ixtiro qilgan dunyodagi eng mashhur shirinliklardan biri. “Green Card”ni olmaguningizcha, uning PP versiyasini uyda takrorlab tayyorlab ko‘rishingizni taklif qilamiz! 

Bananli split retsepti (4 porsiya) 

  • Sariyog‘ – 2 osh qoshiq
  • Banan – 2 dona
  • Qaymoq – 3/4 stakan
  • Jigar shakar – 1/4 stakan
  • Achchiq shokolad – 100 gr
  • Muzqaymoq (plombir) – 700 gr
  • Yong‘oq 

Tayyorlanishi:

Sariyog‘ni tovada eritib, bananni uzunlikda ikkiga kesib, ustiga shakar sepamiz. Olovni ko‘tarib, bananni har ikki tomondan taxminan 3 daqiqa davomida (shakar karamelizatsiya bo‘la boshlaguncha) qovuramiz.

– Bananlarni chiroyli tarelkalarga joylab, karamelini tovada qoldiramiz.

– Karamel qolgan tovaga qaymoqni quyamiz va eriguncha aralashtirib pishiramiz. So‘ng bir chimdim tuz va shokolad qo‘shib, yana aralashtiramiz.

– Bananlarning ustiga muzqaymoqni qo‘yib ustidan shokoladli sousni va oxirida yong‘oqlarni sepib bezaymiz.