25-sentabr: orzular bayrami va psixoterapevt bilan maslahatlashish kuni
25-sentabrda Chernogoriya Turkiyaga qarshi urush e’lon qilgan – Birinchi Bolqon urushi boshlangan, amerikalik millioner Genri Ford 8 soatlik besh kunlik ish kunini joriy qilgan, va ingliz hit-paradini birinchi marta ruscha qo‘shiq – “Uzun yo‘l” (Those Were the Days) ilk o‘rinlardan joy olgan. Shu kuni taxminan 4200 yuguruvchi birinchi Chikago marafonida qatnashgan, Beliz esa BMTga a’zo bo‘lgan. Bu shu sanada sodir bo‘lgan qiziqarli voqealar, bugun – 25-sentabrda qanday bayramlar nishonlanishini bilasizmi?
Butunjahon orzular kuni
25-sentabrda “Orzu qilsang, kattasidan qil” degan maqolga rioya qilgan holda, eng kerakli va muhim narsalar haqida orzu qiling. Bu sog‘liq, muhabbat, oila va hatto moliyaviy barqarorlik haqidagi orzu bo‘lishi mumkin. Hamma o‘ziga kerakli narsa haqida chin dildan orzu qiladi.
Farmatsevtlar kuni
Bu kasb egalari bizga tabletkalar, siroplar va miksturalar beradi, turli davolovchi dori vositalari, vitaminlar va kerakli biologik faol qo‘shimchalarni maslahat qiladi. Ishonamizki, har bir insonning uyi oldidagi dorixonasida ishlaydigan o‘z sevimli farmatsevtlari bor. Bugungi bayram bilan uni tabriklashni unutmang.
Ayollar sog‘ligi va fitnes kuni
Kuz faslining eng so‘nggi trendlaridan biri – yozdan keyin sportga qaytish. 25-sentabr sport zaliga borish, fitnes, yoga, pilates yoki uyda, YouTube orqali mashg‘ulotlarni boshlash uchun ajoyib sanadir. Aytgancha, eng yaxshi mashg‘ulotlarni bu yerda jam qildik.
Psixoterapiya kuni
Agar siz anchadan beri farzandingiz uchun psixolog qidirgan yoki o‘zingiz psixoterapevtdan maslahat olishni xohlagan bo‘lsangiz, bugun ayni vaqti keldi. 25-sentabr bayrami munosabati bilan bolalikdagi jarohatlarni davolashni boshlaymiz, kattalik muammolari haqida gapiramiz yoki mutaxassis yordamida stessdan himoya qilamiz.
Seriallarni “to‘xtamasdan” ko‘rish kuni
Agar siz 25-sentabr kuni kechqurungi vaqtni qanday o‘tkazishni bilmasangiz, unda seriallar marafonini o‘tkazing. Siz “abadiy yashil” bo‘lgan biror o‘zingiz sevgan serialni qayta ko‘rishingiz yoki bizning to‘plamlarimizga murojaat qilishingiz mumkin: u yerda Netflix’ning eng yaxshi seriallari, koreys doramalari va hatto “Yigit so‘zi”ga o‘xshash seriallar ham bor.