«Kalmar o‘yini» va reytinglarni portlatgan TOP 13 ta eng yaxshi koreys seriallari
Janubiy Koreya – nafaqat o‘zining musiqiy «k-pop» madaniyati, Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan «Parazitlar» filmi, balki mashhur seriallari bilan ham tanilgan. Biz bunga yaqindagina amin bo‘ldik.
Koreys doramalari odatiy ko‘rsatuvlardan farq qiladi – unda qahramonlarning his-tuyg‘ulari, teatral mahorat, qiziqarli syujetlar va hayotiy vaziyatlar o‘ziga jalb qiladigan tarzda namoyish etiladi. Shu bilan birga seriallarda hamma narsa juda tartibli, vazmin va yoqimli. Agar koreys seriallarini hech ko‘rmagan bo‘lsangiz, e’tiboringizga eng yaxshi koreys teleseriallari – doramalar tanlovini taqdim etamiz.
«Kalmar o‘yini» (2021)
Janri: triller, drama
Rejissyor: Хvan Don-xyok
Rollarda: Li Jon-je, Pak Xe-su, Vi Xa-jun, Chon Xo-yon, О Yon-su
Hammaga ovoza bo‘lgan «Netflix» dagi TOP seriallardan biri. Syujet katta pul va’da qilingan mukofot uchun sirli o‘yinda hayotini xavf ostiga qo‘ygan odamlar haqida. «Tirik qolish» janrining maksimal ko‘rinishi!
«To‘qqiz dumli tulki afsonasi» (2020)
Janri: fentezi, romantika, triller
Rejissyor: Каn Shin-xyo
Rollarda: Li Don-uk, Cho Bo-a, Кim Bom
Ushu serial doramalar bilan tanishishning yana bir ideal varianti, shuningdek, shahar manzaralari va folklor syujetining o‘ziga xos uyg‘unligi namoyish etilgan. Serial syujetiga ko‘ra, bo‘riga aylangan qahramon qadimgi dushmani qiyofasida reinkornatsiya bo‘lgan birinchi muhabbatini uchratib qoladi.
«Iblis» (2017)
Janri: fentezi, drama, triller
Rejissyor: Кim Xon-son
Rollarda: Кim Тхe-ri, Кim Ji-su, Li Son-min
900 yoshli jin haqidagi yana bir TOP koreys seriali. O‘lishni orzu qilgan iblis «yerlik» qizga uchun uylanishni reja qiladi. Ssenariy xalq ertaklaridan ilhomlanilgan, puxta o‘ylangan syujet esa drama, komediya va fentezi janrlarini mohirlik bilan o‘zaro bog‘laydi.
«Baxt» (2021)
Janri: triller, zombie-apokalipsis, drama
Rejissyor: Аn Gil-xo
Rollarda: Хаn Хyo-ju, Pak Хyon-sik, Cho U-jin
Janubiy Koreyada zombi apokalipsisi haqida ajoyib triller. Barchaga tanish bo‘lgan COVID-19’dan ham xavfliroq virusdan, nafaqat omon qolish, balki insoniyatni guruhlarga bo‘lish masalasini ham ko‘tarib chiqadi. Shunday kunlardan birida, boylar uchun qurilgan ko‘p qavatli uy jamiyatning barcha ijtimoiy qatlam odamlari uchun qamoq maskaniga aylanadi.
«Kuchli qiz Do Bon Sun» (2017)
Janri: komediya, romantika, jangari
Rejissyor: Li Xyon-min
Rollarda: Pak Bo-yon, Pak Xyon-sik, Ji-Su
Sevgilisi yonida zaif va unga mos bo‘lishni orzu qiladigan qiz haqidagi qizlarbop dorama. Biroq qizda bir muammo bor – u superkuchga ega! Natijada u o‘zining tabiati bilan kurashishdan charchaydi va boy oilaning merosxo‘riga tansoqchi bo‘lib ishga joylashadi.
«Biz hammamiz o‘likmiz» (2022)
Janri: zombi-apokalipsis, triller, qo‘rqinchli filmlar
Rejissyor: Li Chje-gyu
Rollarda: Yun Chan-yon, Pak Chji-xu, Li Yu-mi
«Netflix» ning yangi koreys seriali maktablardan birida zombi infektsiyasi va karantini haqida. Serial o‘zining realistik sahnalari, bodi-xorror elementlari va kutilmagan voqealarga boy syujeti bilan vahimaga soladi. Diqqat, agar siz klaustrofobiyadan aziyat cheksangiz, unda ushbu serial ruhiyatingiz uchun juda ta’sirli tuyulishi mumkin.
«Og‘ir atletika parisi» (2016)
Janri: sport dramasi, romantika
Rejissyor: О Хyon-jon
Rollarda: Li Son-gyon, Nam Ju-xyok, Li Chje-yun
Otasi bor barcha qizlar qadrlaydigan yoqimli va hayotiy serial. Otasining izidan borishga qaror qilgan va Olimpiya chempioni boʻlgan ajoyib va mashhur sportchining qizi haqidagi serial.
«Arvoh shifokor» (2022)
Janri: tibbiyot dramasi, fentezi
Rejissyor: Bu Son-chxol
Rollarda: Reyn, Kim Bom, Yuy Son
Ishdan so‘ng hordiq chiqarish, shuningdek, chalkash fikrlardan dam olishga yordam beradigan yoqimtoy dorama. Serial syujeti qiziq: shifoxonada sodir bo‘lgan g‘alati voqea natijasida takabbur egotsentrik shifokorning ruhi umri davomida hech kelisha olmagan hamkasbining tanasiga joylashib qoladi.
«Kotib Kimga nima bo‘ldi?» (2018)
Janri: romantika, komediya
Rejissyor: Pak Jun-xva
Rollarda: Pak So-jun, Pak Mun-yon
Gollivudning Sandra Bullok va Rayan Reynolds suratga tushgan «Taklif» filmini eslatadigan kulgili serial. Kibrli boshliq ijrochi kotibidan sevgani uchun emas, balki u ishdan ketmasligi uchun turmushga chiqishini so‘raydi. Serialda ko‘plab kinoyalar, chiroyli aktyorlar va koreys koloriti o‘rin olgan.
«Maxluq» (2016)
Janri: drama, triller
Rejissyor: Chu Son-u
Rollarda: Kan Ji-xvan, Son Yu-ri, Pak Ki-un
Seriyali qotilliklar tergovi haqidagi psixologik detektiv. Triller yosh politsiya xodimi tajribali tergovchining jamoasiga qoʻshilish uchun chekka joyga yoʻl oladi. Ular o‘rtasida darhol adovat va raqobat paydo bo‘ladi, bu esa martabasi katta tergovchining qorong‘i o‘tmishi sababli vaziyat yanada kuchayadi.
«Sichqoncha» (2021)
Janri: triller, detektiv
Rejissyor: Chxve Chjun-be
Rollarda: Li Sin-gi, Li Xi-jun
Odamlar DNK testi yordamida kelajakdagi qotillarni aniqlashni oʻrgangan dunyo haqidagi yana bir qiziqarli detektiv serial. Unda eng xavfli manyak bilan toʻqnashuvdan soʻng hayoti oʻzgargan yosh politsiyachi haqida hikoya qilinadi. Aytgancha, serial hayotiy voqealarga asoslangan.
«Mehmonxona bekasi» (2019)
Janri: fentezi, romantika, komediya
Rejissyor: О Chxon-xvan
Rollarda: АyYu, Yo Chjin-gu
Mijozlari ruhlar bo‘lgan g‘alati mehmonxona haqida fantastik dorama! Bosh qahramon «Del Luna» mehmonxonasiga administrator bo‘lib ishga joylashib, mehmonxona boshqaruvchisining xodimlariga nisbatan qo‘pol muomalasini ko‘radi. Bunga sabab esa, boshqaruvchiga 1000 yillik la’nat aytilgani bo‘lib chiqadi.
«Zaif qahramon» (2022)
Janri: maktab dramasi, jangari
Rejissyor: Хаn Jun-xi
Rollarda: Pak Chji-xun, Chxve Xyon-uk
Janubiy Koreyaning maktablaridagi zo‘ravonlik va bulling to‘g‘risidagi yangi mini-serial. Na’munali a’lochi o‘quvchi va tarbiyali farzand serial qahramoni zo‘ravon sinfdoshlariga kuchi bilan emas, balki yuksak aql-idroki va psixologiyadagi bilimlari yordamida javob qaytarishga qaror qiladi.