РУ
O’Z
UZS
/
/
‘‘Yigit so‘zi”ga o‘xshash va undan ham qiziqarliroq seriallar
11.07.2024

‘‘Yigit so‘zi”ga o‘xshash va undan ham qiziqarliroq seriallar

‘‘Yigit so‘zi”ga o‘xshash va undan ham qiziqarliroq seriallar

Superqahramonlar, baykerlar, o‘smirlar hayoti va boshqalarni o‘z ichiga oladi

Agar siz yaqinda Robert Garayevning 80-yillar Qozondagi yoshlar guruhi haqidagi shov-shuvli loyihasini tomosha qilishni tugatgan bo‘lsangiz va “Yigit so‘zi”ning ikkinchi mavsumini kuta olmasangiz, vaqtni bekorga o‘tkazmaslikni va kechqurunlari boshqa seriallar ko‘rishni taklif qilamiz. Bu seriallar ham murakkab voqealar, banditlar guruhi, murakkab o‘smirlik davri, qonundagi o‘yinlar, shuningdek, hayotiy muammolarni o‘z ichiga oladi. “Brigada” va "Boomer" kabi rus seriallarining xitlarini taklif qilmaymiz, lekin istasangiz, ularni ham qayta ko‘rishingiz mumkin.

“Yigit so‘zi”ga o‘xshagan qanday seriallarni tomosha qilish mumkin?

Yigitlar (AQSH)

Agar “Yigit so‘zi" Marvel tomonidan suratga olinsa, unda "Yigitlar" paydo bo‘lardi. Gap shundaki, serial syujeti super qahramonlar olamida kechadi. Ularni hamma biladi, yaxshi ko‘radi va eng mashhur yulduzlar deb hisoblaydi. Ammo ideal tasvir ortida xunuk tashqi ko‘rinish — giyohvand moddalar va jinsiy aloqa olami yashiringan, qahramonlarning o‘zlari esa maydakash va yoqimsiz odamlardir. Shundan keyin “Yigitlar”ning yashirin otryadi surbet yulduzlarni o‘z o‘rniga o‘tqizib qo‘yishga qaror qiladi.

Qora bahor (Rossiya)

“Yigit so‘zi” aktyorlaridan biri Nikita Kologriviy ishtirokidagi dengiz bo'yidagi shaharchada istiqomat qiluvchi o'smirlari haqidagi serial. Ularning hayoti qo‘llariga duel to‘pponchalari tushganidan keyin o'zgaradi. Yigitlar o'zlarining “Qora bahor” klubini yaratadi, uning shiori — or-nomus, qadr-qimmat va adolat bo’ladi. Ammo har bir duel barcha klub a'zolari va ularning yaqinlari uchun sinovdir.

Tolkachi (Isroil)

Kichkina provinsiyaning notinch rayoni, u yerga o'smirlar koloniyasidan ozod qilingan yoshlar to‘dasi rahbari qaytib keladi. U giyohvand moddalarni sotish orqali “ko'tarilgan” va pul ishlash uchun bir guruh yaqin do‘stlarini to‘playdi.  Rivojlanayotgan va noqonuniy biznes bilan shug‘ullanayotgan yigitlarga haqiqiy, katta yoshdagi banditlar e’tibor qaratmaguncha hammasi silliq kechadi.

Absolyut yovuzlik (Shvetsiya)

Bosh qahramonga hayotda ochiqdan ochiq omad kulib boqmaydi: maktabda uni “mutlaq yovuz” deb atashadi, uyda o‘gay otasi kaltaklaydi, keyin esa uni yopiq internatga o‘tkazishadi. Yangi joyda yigit zo‘ravonlik va bosim muhitiga tushadi, lekin uni kutilmaganda oshxona ishchisi Mariyaga bo‘lgan sevgi qutqaradi. Qizga bo‘lgan tuyg‘ular unga maktabdagi sovuq to‘daga qarshi turishga yordam beradi.

Bo‘ri qonunlari bo‘yicha (AQSH)

17 yoshli Joshua — yetim va onasining o‘limidan so‘ng Kaliforniyadagi qarindoshlarinikiga yashash uchun ko‘chib o‘tadi. Faqat o‘sha yerda u buvisi nabiralari, bog‘i va kitob klubi bo‘lgan 50 yoshdan oshgan oddiy ayolga o‘xshamasligini bilib oladi: u jinoiy biznes bilan birga oilani ham boshqaradi. Tug'ilgandan boshlab barcha qarindoshlar unga jalb qilingan va endi bosh qahramon bu xavfli dunyoning bir qismiga aylanishi kerak.

Erkinlik dengizi (Italiya)

Jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlaridan bo‘lgan ikki o‘smir - biri mafiya uchun ishlaydi, ikkinchisi esa badavlat oiladan bo‘lgan musiqachi, tasodifan Neapol qamoqxonasi panjarasiga tushib qoladi. Voyaga yetmaganlar koloniyasida omon qolish, mahalliy "yetakchilarga” qarshi turish va ozodlikka chiqish uchun ular g‘ururdan o‘tib, umumiy til topishi kerak bo‘ladi.

Qochish (AQSH)

Maykl o‘limga hukm qilingan akasi aybdor emasligiga amin. Shunda u o‘z qarindoshini qutqarishga qaror qiladi va ataylab akasi o'tirgan qamoqxonaga tushadi. Maykl u yerdagi har bir burchakni, har bir detalni va kuzatuv kamerasini biladi. Buning sababi, qahramon uni mazkur qamoqxonani qurgan muhandis bo‘ladi.

Murakkab o‘smirlar (Rossiya)

Futbolchi va bir vaqtlar Rossiya terma jamoasi sardori bo‘lgan Anton Kovalyov u mast holdagi janjal tufayli ikki yil o‘tib qamoqdan ozod qilindi. Karyera vayron bo'ldi, obro‘sini bulg‘adi, moliyaviy ahvoli haqida esa aytadigan hech narsa yo'q. Ammo taqdir unga kutilmaganda reabilitatsiya qilish imkoniyatini beradi: bu murakkab o‘smirlar markazida murabbiylik qilish vazifasidir.

Anarxiya o‘g‘illari (AQSH) 

Serial o‘z provinsiyasi aholisini giyohvand moddalar va “begona odamlar” ta'siridan himoya qilishga urinayotgan bayker klubi a’zolarining hayoti haqida, lekin ayni paytda ularning o'zlari qurol savdosidan qo‘shimcha pul ishlashga qarshi emaslar.  Klubning yosh rahbari (Charli Xannem) o‘zining “karyerasi”da to‘g‘ri yo‘lni bosib o‘tganiga ishonchi komil emas va nimanidir o‘zgartirishga harakat qilmoqda, lekin bu uning oilasiga yoqmaydi.