РУ
O’Z
UZS
/
/
27-iyul: Savdogarlar kuni va Xalqaro Gamburger kuni
26.07.2024

27-iyul: Savdogarlar kuni va Xalqaro Gamburger kuni

27-iyul: Savdogarlar kuni va Xalqaro Gamburger kuni

27-iyulda olimlar moddalar almashinuvi va glyukozani normallashtiruvchi, organizmni qandli diabetdan himoya qiluvchi gormon – insulinni birinchi marta ajratib olishdi. 1953-yilning shu kunida Koreya urushi tugadi va bir necha yil o‘tgach shu kunda, AQSh prezidenti Lindon Jonson chekishning xavfli tomonlari to‘g‘risidagi, hozirgi kunda ko‘radigan xuddi shu yozuvlarni tamaki paketlarida chop etishni talab qildi. Bugungi kunda yana qanday voqealar va bayramlar sodir bo‘lganini 27-iyul taqvimida ko‘rishingiz mumkin. 

Savdo xodimi kuni 

Agar siz tadbirkorlik bilan shug‘ullsangiz, yaqinda o‘z savdo biznesingizni ochgan bo‘lsangiz yoki endi, masalan “Uzum Markar”da sotishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, demak, bugun – sizning bayramingiz, tabriklaymiz! 

Xalqaro Gamburger kuni

Amerikaliklarning, shuningdek “Green Card” olishni orzu qiladigan, “American dream”ni amalga oshirish uchun AQShga sayohat qilmoqchi bo‘lganlarning sevimli taomi. Dietadan dam olib, o‘zingizni uyda tayyorlangan yoki Toshkentdagi fast-fud kafelariga borib bir mazali burger bilan xursand qiling. 

Bezak kuni 

Bugun kvartirangiz yoki uyingizga yangicha nazar bilan qarab, unda qanday ta’mirlash ishlari yoki shunchaki mebellarni joyini almashtirish mumkin bo‘lgan g‘oyalaringizni ro‘yobga chiqaradigan kun. Bizda esa 2024-yilning dizayn va dekor trendlari to‘plami tayyor, shu bilan birga biz uyingizni ta’mirsiz yangilashingiz mumkin bo‘lgan sirni ham bilamiz. 

Uyquchilar kuni 

Bu Finlyandiyada nishonlanadigan bayram, ammo bizda bugun shanba, demak, biz ham to‘ygunimizcha uxlab, bu bayramni nishonlashimiz mumkin. Uyqu nafaqat yaxshi ahvolingiz, balki kayfiyatingizning ham kaliti ekanligini unutmang. Agar uyqusizlikdan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, uni tez va barralarni sanamasdan tuzashingiz mumkin. 

Rahm-shafqat kuni 

AQShda nishonlanadigan bu bayram, O‘zbekistondagi Navro‘z bayramiga juda o‘xshaydi. Bu bayram ham Navro‘z kabi mehribon, yorug‘ va farovon bayramdir. Navro‘z bayramimiz bahorda o‘tkazilgan bo‘lsa-da, rahm-shafqatni ma’lum bir kunda emas, iloji boricha tez-tez ko‘rsatgan ma’qul.