РУ
O’Z
UZS
/
Pul
/
“6 konvert” qoidasi. Qanday qilib pulni tejash va boyib ketish mumkin?
14.07.2024

“6 konvert” qoidasi. Qanday qilib pulni tejash va boyib ketish mumkin?

“6 konvert” qoidasi. Qanday qilib pulni tejash va boyib ketish mumkin?

Hatto barqaror va yaxshi daromad ham pulingizni to‘g‘ri ishlatish va daromadni saqlashni bilmasangiz, farovonlik garoviga aylanmaydi. Shuning uchun budjetni rejalashtirish juda muhimdir va “6 konvert” texnikasi bunga yordam beradi. Uning mohiyati nimaligini qisqacha aytib o‘tamiz. 

“6 konvert” usuli qanday ishlaydi, u haqiqatan ham pulni tejashga yordam beradimi? 

https://giphy.com/gifs/JustStartInvesting-NyniJ2Nf2ZzlE8GYsl 

Ushbu qoidaga ko‘ra, sizning byudjetingiz oltita xarajatlar toifasiga bo‘linadi. Konvertlarni o‘z xohishingiz bilan nomlashingiz mumkin. Ammo mutaxassislar buni isbotlangan tarzda va “baza”ni (birinchi uchta konvertni) o‘zgartirmaslikni maslahat beradi. 

1-konvert – hayot

Daromadingizning 55 foizini shu konvertga joylaymiz. Bu oziq-ovqat, dori-darmonlar, kommunal xizmatlar, kvartirani ijara puli, kredit to‘lovlar va boshqa muhim xarajatlar uchun pul. 

2-konvert – ko‘ngilxushlik

Daromadning 10 foizi bu konvertga ketadi. Biz bu pulni dam olish kunlari kinoteatr, muzey, qarindoshlarimiz va do‘stlar yoki restoranlarga borishga sarflaymiz. Har kimning o‘ziga yarasha kichik quvonchlari bor. 

3-konvert – jamg‘arma

Ideal dunyoda bu byudjetingizning 10 foizini tashkil qiladi. Yangi kvartira, mashina yoki oilaviy sayohat uchun pul ajratmalarini shu yerda yig‘amiz. 

4-konvert – zaxira fondi

Yana ish haqining 10 foizi zaxira fondida yig‘iladi. Ushbu pul o‘rtacha va unchalik katta bo‘lmagan xaridlar uchun – masalan, biror texnika yoki avtomobilning buzilishi kabi kutilmagan xarajatlar uchun. 

5-konvert – shaxsiy ehtiyojlar va o‘z-o‘zini rivojlantirish

Mutaxassislar o‘zingizni unutmaslikni va har doim shaxsiy rivojlanishga sarmoya kiritishni maslahat beradi, axir buning uchun daromadning 5 foizi ajratiladi. Bu pulni o‘quv kurslari, sport zali yoki boshqa foydali narsalarga sarflashingiz mumkin. 

6-konvert – sovg‘alar

Buni ko‘ngilxushlik konverti bilan birlashtirish mumkin edi, ammo juda ko‘p bayramlar mavjud (do‘stlar va qarindoshlarning tug‘ilgan kunlari va to‘ylarga ham ko‘p xarajat ketadi). Daromadingizning 5% ni ushbu konvertga yig‘sangiz, kutilmagan taklif va bayramlarga doim tayyor bo‘lasiz. 

Esingizda bo‘lsin – birinchi uchta konvert eng muhim va bazadir. Ammo qolgan uchta konvertda qancha pul yig‘ishingiz o‘zingiz va daromadingizga bog‘liq. Agar hatto baza konvertlarga pul yetarli bo‘lmasa, unda ish joyingizni o‘zgartirish yoki boshqa qo‘shimcha daromad manbai haqida o‘ylash vaqti keldi degani. Xuddi shu maslahat faqat asosiy ehtiyojlarni qoplay olishingiz mumkin bo‘lganda qo‘l keladi. 

Yana bir muhim jihat: agar oyning oxirida sizda (tasodifan) ortiqcha pul qolgan bo‘lsa, restoranda stol bron qilishga shoshilmang, uni “Jamg‘arma” konvertiga qo‘yib yig‘gan ma’qul. 

“6 konvert” usulining asosiy afzalligi nimada? 

Ushbu usulni qo‘llaganingizda, xarajatlaringizni tahlil qilishingiz va uni toifalarga ajratishingiz mumkin. Shu yo‘l bilan barcha xarajatlaringizni aniq tahlil qilib, qay biriga keragidan ortiq ketayotganini aniqlash mumkin. 

Masalan: oziq-ovqat mahsulotlariga har bir oila uchun oyiga 4 million so‘m ketadi. Siz bu juda ko‘p ekanligini tushunasiz va pulingiz qayerda “ketayotganini” tahlil qila boshlaysiz.