15.08.2025
Chiroyli mobil raqam auksionda 850 mln so‘mga sotildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining Mobilraqam platformasida eng qimmat mobil raqamlardan biri bo‘yicha auksion yakuniga yetdi. Bu haqda savdo maydonchasi ma’lum qilgan.
Mazkur savdo 8-avgust kuni boshlangan bo‘lib, bir hafta davom etib — 15-avgust sanasiga qadar o‘tkazildi.
Auksion davomida raqam narxi 500 mln so‘mdan 850 mln so‘mgacha oshib, taxminan 70 foizlik qimmatlashuv qayd etildi.
G‘olib tomonidan 50 mln so‘m miqdorida zakalat puli hamda 27 mln so‘m vositachilik yig‘imi to‘lanadi. Shuningdek, savdolardan so‘ng 10 ish kuni ichida raqamni rasmiylashtirish belgilangan.
O‘xshash mavzular
Xizmatlaringizni targ‘ib qilish uchun Telegram-kanal yaratish: o‘z-o‘zini band qiladiganlar uchun qo‘llanma
Marketingni noldan boshlash: o‘z-o‘zini band qiladiganlar O‘zbekistonda o‘z mahsulot va xizmatlarini qanday targ‘ib qilishi mumkin? TOP-5 usul
Qishloq hududidagi o‘z-o‘zini band qiladiganlar: qishloqni tark etmasdan qanday daromad topish mumkin