Xizmatlaringizni targ‘ib qilish uchun Telegram-kanal yaratish: o‘z-o‘zini band qiladiganlar uchun qo‘llanma


Siz juda mazali palov tayyorlaysizmi, texnikani chaqqonlik bilan tuzatasizmi yoki san’at asarlariga o‘xshagan manikyurlar qilasizmi? Juda yaxshi! Ammo afsuski bu haqda faqat ota-onangiz va qo‘shni Zulfiyaxonimgina biladi. Nega deysizmi? Chunki siz hali ham Telegram-kanal ochmagansiz!
Quyida siz uchun tayyorlangan mini-yo‘riqnoma: o‘z-o‘zini band qiladiganlar uchun Telegram-kanalni qanday yaratish kerakligi haqida — ortiqcha byurokratiya, murakkab atamalar va marketing sehrisiz, foydalaning va o‘z ishingizni ommaga tanishtiring.
Nega Telegram o‘z-o‘zini band qiladiganlar uchun eng yaxshi reklama joyi?
O‘zbekiston — MDH davlatlari ichida Telegram’dan eng faol foydalanuvchilarga ega mamlakatlardan biri. 2025-yil iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda internet foydalanuvchilarining 75% dan ortig‘i Telegram’dan faol foydalanmoqda. Bu degani, sizning bo‘lajak mijozingiz allaqachon u yerda — kanallarni varaqlab, sizning xizmatlaringizni izlayotgan bo‘lishi mumkin.
Telegram-kanal ochish yo‘riqnomasi
1-qadam: Yaratish
- Telegram ilovasini telefonda yoki kompyuterda oching
- Menyu tugmasini bosing (☰)
- “Kanal yaratish”ni tanlang
- Kanal nomini o‘ylab toping: u yorqin, tushunarli, xizmat turiga oid bo‘lsin. Masalan:
- ✂️ Sartarosh Dilfuza | Toshkent
- 🍰 Saidaning tortlari | Samarqand
- Qisqa ta’rif yozing: kimsiz, nima qilasiz, siz bilan qanday bog‘lanish mumkin.
- Kanal turini tanlang — ochiq (public) qiling, shunda odamlar nomi orqali uni tezda topa oladi.
- Kanal havolasini aniqlovchi qisqa @username belgilang: masalan, @plovmaster_fergana.

2-qadam: Chiroyli bezak va uslub
Element | E’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar |
Avatar | Shaxsiy surat yoki logotip qo‘llang. Do‘stona va jozibali rasm bo‘lsin. |
Muqova | Canva yoki boshqa onlayn dasturlar orqali tayyorlashingiz mumkin. |
Ton | Soddalik va samimiylik: do‘stingizga yozayotganingizdek tasavvur qiling. |
Postlar | Haftasiga 2-3 ta post yetarli. Eng muhimi — muntazamlik. |
3-qadam: O‘zingiz haqida hikoya qiling
- Xizmatlaringiz “oldin/hozir” formatida surat bilan
- Qisqa videolar (ish jarayoni yoki mijoz fikri)
- Muvaffaqiyatli loyihalar, mijoz izohlari, kulgili voqealar
- Aksiya va chegirmalar
- Manzil va ish vaqti
- Foydali maslahatlar (masalan: “Manikyur ustasini qanday tanlash kerak?”)
Sotuvga yo‘naltirilgan post namunasi:
💇♀️ Oldin va keyin — mijozim soch turmaklashga kelgandi, ammo +100 kayfiyat bilan chiqdi! Keyingi haftada navbatga yozilishga atigi 2 ta joy qoldi!
📍 Chilonzor, Toshkent
📞 @dilfuza_hair

4-qadam: Birinchi obunachilarni jalb qilish
- Kanal havolasini do‘stlar, mijozlar, hamkorlarga yuboring
- Instagram, Facebook’dagi sahifalaringizga, vizitkalarga Telegram havolangizni joylashtiring
- QR-kod yaratib, eshik yoki vitrinalarga yopishtiring
- Bonusli taklif qiling: “Kanalga obuna bo‘ling — birinchi buyurtmangga 10% chegirma oling!”
- Mahalliy chatlarda o‘zingizni tanishtiring (lekin spamsiz!)
5-qadam: Statistika hisobini olib boring
Telegram sizga quyidagilarni ko‘rsatadi:
- Obunachilar soni
- Postlarning o‘qilish ko‘rsatkichi
- Reaktsiyalar (agar emoji-reaktsiyalar yoqilgan bo‘lsa)
- Havolalar bo‘yicha o‘tishlar
Kengaytirilgan tahlil uchun @Combot yoki Telemetr.me kabi botlardan foydalaning.

O‘zbekistondagi o‘z-o‘zini band qiladiganlar uchun maxsus
2020-yildan boshlab O‘zbekistonda o‘z-o‘zini band qilishni Soliq ilovasi orqali onlayn rasmiylashtirish mumkin.
Nega bu muhim?
- Rasmiy maqom = mijoz ishonchi
- Marketpleyslarga joylashish imkoniyati
- Kredit yoki ijara uchun soddalashtirilgan rasmiylashtirish
O‘zbekistonda o‘z-o‘zini band qiladiganlar uchun kreditlar
Bugungi kunda O‘zbekistonda kredit olish uchun uydan chiqishingiz ham shart emas.TBC Bank o‘z-o‘zini band qiladiganlar uchun maxsus taklif taqdim etadi.
Jarayon juda oddiy: ilovaga kirasiz, ro‘yxatdan o‘tasiz, ariza to‘ldirasiz va bir minutda javob olasiz. Endi bankga borib, hujjat yig‘ish va haftalab kutishning hojati yo‘q!
Sizdan talab qilinadigan narsa — o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs maqomiga ega bo‘lish, arizani to‘ldirish va faoliyatingizga mos maqsadni tanlash. Agar hammasi tayyor bo‘lsa, eng yoqimli bosqichga o‘tamiz. Tasdiqlangach, pul TBC Bank kartasiga yoki hisob raqamiga tushadi. Bunday qo‘llab-quvvatlash bilan biznesingiz albatta rivojlanadi!
* So‘nggi 300 000 foydalanuvchining kredit bo‘yicha qaror qabul qilishining o‘rtacha vaqti. Aniq qaror qabul qilish vaqti mijozning kredit tarixiga qarab bir minutdan kamroq yoki ko‘proq bo‘lishi mumkin. Foiz stavkasi: 28 dan 49% gacha, muddati 3 oydan 36 oygacha, miqdori 300 mingdan 100 million so‘mgacha. Batafsil shartlar:tbcbank.uz.
Ro‘yxatdan o‘tdingizmi? Unda kanalda bemalol quyidagilarni yozing:
“Rasmiy ishlayman, o‘z-o‘zini band qiladigan shaxsman, hammasi halol 😊”
Ilhom yo‘qmi? Kontent uchun 5 g‘oya
- “Oldin/Keyin” — doim ishlaydi
- Ovoz berish: “Keyingi oy nima qilay?”
- Shaxsiy hikoya: bu soha bilan qanday shug‘ullana boshladingiz
- “Hafta maslahati” — foydali kontent
- Kasb bilan bog‘liq mem — kulgi birlashtiradi
Xulosa: Telegram-kanal ochish uchun nima kerak?
G‘oya → Nom → Dizayn → Kontent → Targ‘ibot
Telegram-kanal yaratish — bu oson va tejamli jarayon. Muhimi — boshlash, buni chin yurakdan qilish va odamlar shaxsiyat uchun keladi, sifatli mahsulot tufayli esa qolishini unutmaslik lozim.
Telegram — bu sizning raqamli vitrinangiz. U yorqin, samimiy va shunday bo‘lsin-ki, qo‘shni Zulfiya siz haqingizda bemalol qaynonasiga ayta olsin!