/
/
6-sentabr: san’at bayrami va erinchoq onalar kuni
05.09.2024

6-sentabr: san’at bayrami va erinchoq onalar kuni

1987-yil 6-sentabrda ishonib bo‘lmas voqea sodir bo‘ldi – amerikalik jarrohlar birinchi marta siam (qo‘shilgan) egizaklarni ajratishdi. 1989-yilning shu kunida minglab parijliklarga noto‘g‘ri “baxt xatlari” kelib tushdi: yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima xati o‘rniga, ularni talonchilik va boshqa jinoyatlar uchun javobgarlikka chaqirish xati keldi va bu kompyuter xatosi edi. Bularning barchasi ushbu kunning qiziqarli faktlari haqida edi, 6-sentabrda bizning va sizning e’tiboringizga loyiq bayramlar haqida maqolamizda batafsil bilib oling. 

6-sentabr: san’at bayrami va erinchoq onalar kuni

Prokrastinatsiyaga qarshi kurash kuni 

6-sentyabr ish haftasining eng samarali kuni bo‘lishiga o‘xshamoqda. Shuning uchun ishga jiddiy yondashamiz: yaqin muddatli va “keyinga qoldirilgan” barcha ishlarni bajarishga harakat qilamiz. Bo‘sh vaqtingizni divanda yotib o‘tkazmay, kechqurun toza havoda sayr qilish, yaqinlaringiz bilan park, kafe yoki kinoteatrga borib o‘tkazishingizni tavsiya etamiz. 

San’atga vaqt ajratish kuni 

6-sentabrda nishonlanadigan ushbu bayram muzey, galereyaga borish yoki san’at bo‘yicha onlayn ma’ruza tinglash uchun ajoyib sababdir. Shu bilan birga, o‘zingizni ijodkor sifatida ham sinab ko‘rib, rasm chizishingiz yoki biror yoqtirgan ijodiy ish bilan shug‘ullanishingiz mumkin. 

Erinchoq onalar kuni 

AQShda nishonlanadigan noodatiy bayram. Ushbu bayram sharafiga onajonlarga o‘zlarini bir necha vazifalardan xalos qilib, kuch-g‘ayrat va mehr manbalarini tiklab olishni taklif qilamiz. Psixologning so‘zlariga ko‘ra, bu ona va bola o‘rtasidagi o‘zaro tushunishning kalitidir. 

Kitob o‘qish kuni

6-sentabrda kitob klubi yig‘ilishiga yozdirilishingiz, yangi kitoblar to‘plamini sotib olishingiz yoki shunchaki kitob o‘qishni boshlashingiz mumkin – bizda hamma zamonlarning kitoblar tanlovi tayyor. Odat darhol shakllanmasligini yodda tuting, har kuni kamida bir necha sahifa o‘qishga harakat qiling. 

Feruza rangli narsalar kuni 

Kelayotgan salqin kuz fasli oldidan, yorqin narsalarni ishlatishga ulgurib qolishning yaxshi imkoniyatidir. Ta’tilni eslatuvchi dengiz to‘lqini ranglari hozirda modada bo‘lib, ko‘pgina trend narsalarda o‘z namoyishini ko‘rsatmoqda. Keling shu ta’til tuyg‘usini yana bir kunga uzaytirib, yorqin dengiz rangi – feruza rangli narsalardan foydalanamiz.