верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
70-yillardagi yozgi Toshkent: AQShlik sayyohning eng yorqin suratlarini ko‘rsatamiz
01.07.2025 (yangilandi 01.07.2025)

70-yillardagi yozgi Toshkent: AQShlik sayyohning eng yorqin suratlarini ko‘rsatamiz

70-yillardagi yozgi Toshkent: AQShlik sayyohning eng yorqin suratlarini ko‘rsatamiz

Agar siz allaqachon yapon fotosuratchisining 90-yillardagi Toshkenti haqidagi suratlarini ko‘rgan bo‘lsangiz, demak, vaqt bo‘ylab sayohatimizni davom ettirishning vaqti keldi. Bu safar biz 1974-yil yozida O‘zbekiston poytaxtida bo‘lgan amerikalik sayyoh tomonidan olingan eng yorqin kadrlarni jamladik. Hamma narsa o‘sha davrga xos – dolzarb, rang-barang, tiniq va albatta, issiq!

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

TSUM yonidagi gazli ichimlik avtomatlari jaziramada qutqaruvchi edi – eng mazali limonadlar aynan shu yerdan chiqardi. Sovet gurmanlari buni yaxshi tushunadi.

Oloy bozori (Alayskiy) — hali hashamatli maqomga ega emasdi, lekin baribir juda rang-barang, shinam va xaridorni chorlovchi edi. Mahsulotlarga qarang, ayniqsa marmar tarvuzlar ko‘zni quvontiradi!

Mahalliy zamonaviy qizlar kiyim rastalari yonida. Ko‘rinishidan sotuvchilar uchun kun sermahsul o‘tgan: pavilyon deyarli bo‘sh!

Poyabzal tozalovchi va 70-yillarda mashhur bo‘lgan “xon” ipakidan tikilgan ko‘ylakdagi ayollar Toshkent ko‘chalarida. Endi bunday manzarani ko‘rish deyarli imkonsiz.

Muzqaymoq rastasi. Eng sevimlisi — vafli stakandagi qaymoqli plombir. Eshlashimizcha, uning narxi 20 tiyin bo‘lgan.

Toshkentdagi Lenin maydoni. Kadr rekonstruksiya va yangi haykal o‘rnatilayotgan paytda olingan, bu esa uni deyarli noyob qiladi.

Ilgari Lenin muzeyi, hozir esa O‘zbekiston tarixi muzeyi. Aytishlaricha, barcha eksponatlar hanuzgacha saqlanmoqda, faqatgina yerto‘lada yashirinib qo‘yilgan.

“Nyusya” deb mehr bilan atalgan marshrutkalar bekati. Chunki o‘sha vaqtda polshalik “Nysa 522” mashinalari qatnar edi.

Poytaxtning durdonasi – “Toshkent” mehmonxonasi: go‘yo kelajakdagi do‘stingizga yuboradigan pochta kartinkasidan tushgandek ko‘rinadi.

Ko‘kaldosh madrasasi. Suratda garchi oxirgi ta’mir 20 yil oldin bo‘lib o‘tgan bo‘lsa ham u yangidek ko‘rinadi.

Desertga esa: Toshkentliklarning, hatto butun SSSR aholisi orasida eng mashhur bo‘lgan KAVZ-651 avtobusi.

Manba: https://dzen.ru/a/ZFYA_oS2sh51vzKS

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.