РУ
O’Z
UZS
/
/
9-avgust: asosiy tub xalqlar festivali va hamkorlar kuni
08.08.2024

9-avgust: asosiy tub xalqlar festivali va hamkorlar kuni

9-avgust: asosiy tub xalqlar festivali va hamkorlar kuni

1173-yil shu kuni Italiyaning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri – Piza minorasining qurilishi boshlandi va 310 yildan so‘ng yana bir mashhur joylardan biri – Vatikandagi Sikstin ibodatxonasi ochildi. Bu esa dunyoga o‘zining “pastasi” va Rim papasi bilan mashhur bo‘lgan davlatga sayohatni rejalashtirish yoki hech bo‘lmaganda orzu qilishga ilhomlanishingiz uchun ajoyib sababdir. 9-avgustda eskalatorga ko‘roq minishingizni tavsiya qilamiz, axir bugun uning AQShda patenti qabul bo‘lganining yubiley kunidir. Bugungi kunda yana qanday esda qolarli sanalar va bayramlar nishonlanishini bilish uchun – 9-avgust taqvimi bilan tanishing. 

Butunjahon asosiy tub xalqlar kuni 

Bu BMT tashabbusi bilan butun dunyoda nishonlanadigan bayramlardan biri. 200 ga yaqin asosiy tub xalqlar – hozirda aynan shuncha miqdordagi asosiy tub xalqlar butun dunyo bo‘ylab tarqalib yotibdi. Ularning barchasi chekka hududlarda – Braziliya, Kolumbiya, Hindiston va boshqa ekzotik mamlakatlardagi o‘rmonlarda yashaydi, “begonalar”ni qabul qilmaydilar va shu bilan o‘z madaniyati va tillarini saqlab qoladilar. 

Kitobxonlar kuni 

Kutubxonaga borish, yangi kitob sotib olish yoki kitob klubiga a’zo bo‘lish uchun ajoyib sabab. Aynan kitob klublariga a’zo bo‘lish juda qiziqarli faoliyatdir: u yerda siz kitoblar haqida ko‘p narsalarni bilib olishingiz, umumiy o‘qishlarda ishtirok etishingiz va shuningdek, siz kabi qiziqishlari bor odamlarni uchratishingiz mumkin. 

Kovorking kuni 

“Coworking” – frilanserlar uchun eng sevimli joy bo‘lib, ofis yoki ma’lum bir joyni ijaraga olishingiz va kunning istalgan vaqtida ishlab kelishingiz mumkin bo‘lgan joydir. Agar uyingiz juda shovqinli, kafe esa qimmatlik qilsa (yoki siz shunchaki yon-atrofingizni o‘zgartirishni xohlaysiz) – bayram sharafiga ishingizni Toshkentdagi biror kovorking joyiga ko‘chiring. 

Quchoqlashish va qo‘l berib so‘rashish kuni 

Biz bugun ushbu ikkala bayramlarni (biri yapon, ikkinchisi amerikalik) birlashtirishga qaror qildik va shu bilan oldingizga tanlov hosil qildik: siz qo‘l bilan ko‘rishish o‘rniga quchoqlashishni tanlashingiz (eski “Milka” shokolad reklamasining maslahatiga ko‘ra) yoki doimgidek, rasmiy ravishda ko‘rishishingiz mumkin. Bu o‘zingizga bog‘liq. 

Guruchli puding kuni 

Dam olish kunlari uchun mazali bu retsept bilan bo‘lishmaslikning iloji yo‘q. Axir bu oddiy va klassik emas, “sutlach” deb ataladigan turk pudingidir. Retseptni o‘zingiz uchun saqlab oling va oila a’zolaringizni hayratda qoldiring. Agar bu taom sizga yoqsa, bizda Otaturk mamlakati oshxonasining boshqa taomlari retsepti ham bor. 

Sut – 1 litr

Dumaloq guruch – 6 osh qoshiq

Shakar – 150 g.

Tuxum sarig‘i – 2 dona.

Jo‘xori kraxmali – 4 osh qoshiq

Vanillin – 2 choy qoshiq 

Sutlachni qanday tayyorlash kerak?

  1. Guruchni pishirib olamiz. Alohida idishga tuxum sarig‘i, shakarni solib, mikser bilan ko‘pirtiramiz. So‘ng sutni quyib, yana ko‘pirtiramiz. Qaynaguncha holatga keltiramiz, lekin qaynatmaymiz.
  2. Tuxum-sutli aralashmaga qaynatilgan guruchni qo‘shamiz va yengil aralashtiramiz.
  3. Kraxmalni 100 ml xona iliqligidagi suvda suyultirib, aralashmaga quyamiz. Vanilni qo‘shib, yana aralashtiramiz va to‘liq qaynatib olamiz.
  4. Guruchli pudingni qoliplarga quyib chiqamiz va suv solingan pech listiga qo‘yamiz. 200 gradusgacha qizdirilgan pechda (yuqori qavatiga qo‘yib) usti tilla rang bo‘lguncha 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
  5. Tayyor sutlach pudingini sovutib, sovutgichga bir necha soatga qo‘yamiz. Dasturxonga tortishdan oldin uni maydalangan pista sepib bezatishingiz mumkin.