РУ
O’Z
UZS
/
/
Go‘shtli burek va menemen: uyda pishirish mumkin bo‘lgan turk taomlari
09.06.2024

Go‘shtli burek va menemen: uyda pishirish mumkin bo‘lgan turk taomlari

Go‘shtli burek va menemen: uyda pishirish mumkin bo‘lgan turk taomlari

Turkiya nafaqat o‘zining quyoshli kunlari, dengizi, qumli sohillari va mehmonxonalari bilan tanilgan, balki qadimiy tarixi, urf-odatlari, diqqatga sazovor joylari, seriallari va albatta, o‘ziga xos taomlari bilan ham mashhur. Eng zo‘r turk taomlarining retseptlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Menemen (turkcha pishirilgan tuxum)

 

Kerakli masalliqlar:

  • pomidor – 300 g;
  • piyoz – 100 g;
  • yashil bulg‘or qalampiri – 100 g;
  • tuxum – 2 dona;
  • zaytun yog‘i – 2 osh qoshiq;
  • tuz;
  • tomat pastasi – 1 osh qoshiq;
  • ko‘katlar.

Tayyorlanishi:

  1. Piyoz, bulg‘or qalampiri va tozalangan pomidorlarni mayda «kubik» larga to‘g‘rang. Tovani qizdirib, zaytun yog‘ini soling;
  2. tovaga piyozga qo‘shib «kubik» qilib to‘g‘ralgan bulg‘or qalampirini qo‘shib, masalliqlar yumshoq bo‘lgunicha yaxshilab qovuring (taxminan 5-6 daqiqa);
  3. qovurilayotgan piyoz va bulg‘or qalampiriga tug‘ralgan pomidorni sharbati bilan qo‘shing. Keyin masalliqlarni yaxshilab aralashtirib, tovani yopib, undagi «suv» ikki baravar kamayguncha (taxminan 10 daqiqa) pishiring;
  4. Keyin tomat pastasini qo‘shing, dasturxonga tortishdan oldin «menemenga» ko‘katlar solib, bezating.

Go‘shtli burek (turkcha pirog)

 

Masalliqlar:

Xamiri uchun:

  • 500 gr. un;
  • 350 ml. iliq suv;
  • 1/2 choy qoshiq tuz;
  • 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i.

Pirogomiz asosi uchun:

  • 600 gr. maydalangan mol go‘shti;
  • 400 gr. piyoz;
  • 50 gr. sariyog;
  • ta’mga ko‘ra tuz, murch, ziravorlar;
  • kunjut;
  • tuxum sarig‘i (pirogni ustiga surtish uchun);

Tayyorlanishi:

  1. blenderda elangan un, suv, o‘simlik moyi, tuzni aralashtirib, qattiq xamir yo‘g‘irib olib, uni 30 daqiqaga paketga solib qo‘yamiz;
  2. pirogimiz asosiga solinadigan to‘g‘ralgan piyozni o‘simlik yog‘ida qovurib, unga maydalangan mol go‘shti, ziravorlar qo‘shib yaxshilab qovuramiz;
  3. xamirni to‘rt qismga ajratib, har bir qismini ingichka qilib yoyib, sariyog‘ bilan yaxshilab yog‘lab, bir-birining ustiga qo‘yib yana 15-20 daqiqa davomida paketga solib qo‘yamiz;
  4. xamirning har bir bo‘lagini qo‘lingiz bilan ingichka qatlama bo‘lguncha cho‘zib, go‘shtli asosni xamir chetiga yoyib, xamirni sariyog‘ bilan yog‘lab, «rulet» qilib o‘rang;
  5. pech listiga pergament qog‘ozini solib, birinchi rulonni «chig‘anoq» shaklida yoyib, ikkinchi rulonni ham unga ulab aylantiring. Listga shu tartibda oxirigacha barcha rulonlarni o‘rab joylashtiring;
  6. pirogni ustini ozgina bosib, usti chiroyli qizarib chiqishi uchun tuxumning sarig‘ini surtib, kunjut seping;
  7. oldindan 180 darajagacha qizdirilgan pechda 30-35 daqiqa davomida pishiring.

Desert. Pistali baklava (turk baklavasi)

 

Masalliqlar:

  • 2 paket xamir (yoki qat-qat xamir) - 500 gr;
  • 150-200 gr. pista;
  • 350 gr. sariyog‘;
  • 100 gr. o‘simlik yog‘i;

Sirop uchun:

  • 530 gr shakar;
  • 625 gr suv;
  • 1 tilim limon.

Tayyorlanishi:

  1. xamirni yumshatib oling; 
  2. pistani ezib yoki pichoq bilan maydalab, bir qismini shirinlikni bezash uchun olib qo‘yamiz;
  3. sariyog‘ni eritib, o‘simlik moyi bilan aralashtiring va pech idishini yog‘lang;
  4. xamirni pech idishi shakliga mos qilib kesib oling. Avval, xamirning butun qismlarini, o‘rtasiga esa – kesilgan bo‘laklarni joylaymiz. Har bir qatlamni moy bilan yog‘laymiz;
  5. xamirning 1/3 qismini qo‘ygandan so‘ng pista sepib, ustidan yana xamir qo‘ying;
  6. xamirning har bir qatlamini yog‘lang. Paxlavaning oxirgi qatlamlari uchun 10-12 xamir varaqlaridan foydalanamiz;
  7. pichoq yordamida qirralarni pastga burang. Paxlavani kesib, chetarini qoshiq bilan to‘g‘irlang;
  8. desertning ustiga yog‘ solib, 170-180 darajaga qizdirilgan pechda qizarguncha pishiring;
  9. sirop uchun idishga shakar, suv va limonni soling. Sirop qaynab chiqgach uni  yana 20 daqiqa davomida pishiring. Pechdan chiqqan baklavani 1-2 daqiqa «dam oldiring»;
  10. baklavani ustidan qaynoq siropni quying. So‘ng uni 2-3 soat tindirib, undan keyin dasturxonga torting.