1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Angliya Liga Kubogi. Abduqodir Husanov gol urgan oʻyinda “Manchester Siti” gʻalaba qozondi
08.02.2025

Angliya Liga Kubogi. Abduqodir Husanov gol urgan oʻyinda “Manchester Siti” gʻalaba qozondi

Angliya Liga Kubogi. Abduqodir Husanov gol urgan oʻyinda “Manchester Siti” gʻalaba qozondi

Futbol boʻyicha Angliya Liga Kubogining 4-roundidan oʻrin olgan uchrashuvda “Leyton Oriyent” “Manchester Siti”ni 8-fevral, shanba kuni qabul qildi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida “Leyton” futbolchisi 40 metr uzoqlikdan zarba yoʻlladi. Toʻp Stefan Ortegaga tegib darvozaga yoʻl oldi. Boʻlim shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning boshida Abduqodir Husanov maydonga tushdi. U yosh Vitor Reysni almashtirdi. 56-daqiqada Riko Lyuiz tepgan toʻp oʻzbekistonlik futbolchiga tegib darvozaga yoʻl oldi. Gol Husanov nomiga yozildi.

Uchrashuvning 79-daqiqasida Grilish toʻpni Kevin De Bryuynega yetkazib berdi. Belgiyalik futbolchining mahorati hisobni 1:2 koʻrinishiga olib keldi. Shu tariqa “Manchester Siti” qiyin kechgan mehmondagi oʻyinda gʻalaba qozondi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.