РУ
O’Z
UZS
/
/
Avokadoni rangi va ushlab ko‘rib qanday tanlash kerak?
12.07.2024

Avokadoni rangi va ushlab ko‘rib qanday tanlash kerak?

Avokadoni rangi va ushlab ko‘rib qanday tanlash kerak?

Avokado – hozirgi kunda eng mashhur mahsulotlardan biri bo‘lib, ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha mutaxassislar, dietologlar, blogerlar va shunchaki, oddiy odamlarning sevimli mahsulotidir. Tarkibida juda katta kaloriya bo‘lishiga qaramay (100 grammda 160 kkal), u juda ko‘p miqdordagi vitamin, mineral va sog‘lom yog‘larga ega, shuningdek, “zararli” xolesterin, yuqori bosimni pasaytirish, kayfiyatni ko‘tarish, depressiyani “davolash” va yallig‘langan oshqozon-ichak traktini “tinchlantirish” xususiyatiga ega. 

Avokadoni to‘g‘ri tanlash bo‘yicha tavsiyalar to’plamini tayyorladik. Agar bu tavsiyalar sizga yordam bermagan bo‘lsa, tushkunlikka tushmang: biz uni qanday qilib tez va oson yetishtirishni o‘rgatamiz. 

Avakado navlari va ovqat uchun qaysi birini tanlash kerak? 

Avokado “Fuerte”: bu yashil nav juda zich magʻzi bilan ajralib turadi. U salat, roll va boshqa tamaddilar uchun ishlatiladi. 

“Ettinger” avokadosi: bu yashil nav, oxirida yongʻoq taʼmini qoldiradi, omlet va boshqa tuxumli mahsulotlar bilan yaxshi mos keladi.

Avokado “Rid”: yana bir sendvich, kanape va tostlar uchun mos boʻlgan, yengil mevali taʼmga ega yashil nav.  

Avokado “Hass”: avokado sevuvchilari orasida keng tarqalgan va sevimlisidir. Katta, toʻq jigarrang, kichik danak va nozik tuzilishga ega avokado “Hass” guakamole, smuzi va hatto shirinliklar tayyorlash uchun juda mos keladi. 

Салаты С Авокадо, Сырой Лосось, Бег Для Начинающих, Фаршированный Авокадо, Зумба, Гербалайф, Упражнения Для Пресса, Тосты, Авокадо

Pishgan avokadoni qanday tanlash mumkin? 

  • Agar yashil navni avokadoni qidirayotgan boʻlsangiz (“Hass” emas), unda sxema quyidagicha:
  • Po‘stlog‘ining rangiga qaramang, u muhim emas va avokadoning pishgani haqida hech narsa bildirmaydi
  • Mevani kaftingiz bilan ushlang (dumchasiga diqqatingizni qarating). Agar avokado qattiq boʻlsa, u yana 3-4 kun yetilishi kerak bo‘ladi. Agar sal qattiq boʻlsa, unda 1-2 kun. Meva biroz yumshoq va egiluvchan deb hisoblasangiz, hozirni oʻzidayoq yeyishingiz mumkin (faqat doʻkonda emas).
  • Juda yumshoq avakado sousga mos keladi, lekin uning haddan tashqari pishib ketgani va yomonlasha boshlagan xavfi mavjud. Shuning uchun tavakkal qilmaganingiz ma’qul. 

Agar siz eng yaxshi “Hass” avokadosini qidirayotgan boʻlsangiz, unda tanlov sxemasi biroz farq qiladi.

  • Bu yerda endi, rangiga qarashga toʻgʻri keladi. “Hass” qanchalik toʻq rangda boʻlsa, shuncha yaxshi – demak qo‘lingizdagi avokado pishganidan dalolat beradi. 

Avokadoni qanday qilib qiyinchiliksiz va uy sharoitida yetiltirish mumkin?

  1. Hech qachon pishmagan avokadoni muzlatgichga qo‘ymang, u xona haroratiga muhtoj.
  2. Pishmagan avokadoni qog‘ozli paket yoki pergament qog‘ozga (jigarrang) o‘rab qoʻying, lekin havo kirishi uchun kichik joy qoldiring.
  3. Yetilish jarayonini tezlashtirish uchun sitrus yoki banan yoniga qoʻying. Ular etilen ishlab chiqaradi, bu esa mevaning “pishishiga” yordam beradi.
  4. Etilen manbai, yaʼni avokadoning “pishishi”da guruch ham yordamchi boʻlishi mumkin. Uni avokado solingan paketga qoʻyish mumkin.
  5. Agar siz quyoshli tomonda yashasangiz va avokadoni quyosh nuri bilan taʼminlay olsangiz – bu ajoyibdir. U issiq va yorqin nurlar ostida tezroq yetiladi. 
an avocado cut in half on a cutting board

6. Sabrsizlar uchun tezkor variant ham mavjud – avokadoni mikrotoʻlqinli pechga qoʻyish. Ammo, avval mevani bir necha bor teshib, qopqoqli plastik idishga soling, soʻngra 30 soniya davomida mikroto‘lqinli pechda aylantiring. Agar meva yumshoq boʻlmasa, yana takrorlang. Bu usulning minus tomoni: avakado “oqib”, magʻzi qorayishi mumkin.

7. Agar sizda mikrotoʻlqinli pech boʻlmasa, unda xuddi shu usulni pechda bajarishingiz mumkin. Yana vilkalar bilan teshib, folga bilan oʻrab olamiz (mahkam emas) va 190 darajada 10 daqiqa davomida pechga qoʻyamiz.

8. Yana bir kutilmagan layfhak – avokadoni har qanday un solingan idishga solib, u yerda bir sutkaga qoldiring. Aytishlaricha, shunda u yanada qaymoqli va yogʻli boʻladi.

9. Agar siz tasodifan pishmagan mevani kesib qoʻygan boʻlsangiz, unda avokadoni shu yoʻl bilan “yetishtirib” koʻrishingiz mumkin: kesilgan bo‘laklarga limon sharbatini seping, keyin birlashtiring (danagini ichida qoldiring). Soʻngra uni plyonkaga oʻrab, pishguncha sovutgichda saqlang. Ammo bu qoidadan istisno usul hisoblanadi.