Avtomobil lizingi nima, uning ijara, kredit va muddatli to‘lovdan farqi nimada? Oddiy so‘zlar bilan tushuntiramiz
Bitta jumla bilan tushuntiramiz: tasavvur qiling, siz buyumni vaqtincha olasiz, lekin to‘liq narxini to‘lab, uni abadiy o‘zingizda qoldirishga qaror qilasiz. Endi esa batafsil ma’lumot beramiz.
Jarayon nimalardan iborat?
- Avtomobil tanlash. Siz mashina tanlaysiz.
- Lizing shartnomasi. Siz lizing kompaniyasi bilan barcha shartlar keltirib o‘tilgan shartnoma tuzasiz.
- Oylik to‘lovlar. Lizing kompaniyasiga har oy to‘lov qilasiz. Ushbu to’lovlar odatda avtomobilni kreditga sotib olganingizga nisbatan kamroq.
- Qaytarish yoki sotib olish. Lizing muddati tugagach, sizda ikkita variant bor: avtomobilni kompaniyaga qaytarish yoki qolgan qiymatni to‘lab uni sotib olish.
Bir qarashda, lizing ijaraga o‘xshaydi. Ammo muhim farqlar mavjud.
Kriteriya | Lizing | Ijara |
Muddat | Uzoq (2 dan 5 yilgacha) | Qisqa muddatli (bir necha soatdan oygacha) |
Mulkchilik huquqi | Avtomobil lizing kompaniyasiga tegishli bo‘ladi | Avtomobil ijara kompaniyasiga tegishli bo‘ladi |
Sotib olish | Muddat oxirida mumkin | Avtomobildan foydalanishda davom etaverasiz |
To‘lovlar | Oylik to‘lovlar asosan past bo‘ladi | Kunlik yoki haftalik to‘lovlar, odatda yuqori bo‘ladi |
Shartlar | Kamroq moslashuvchan, belgilangan shartlar | Yanada moslashuvchan, istalgan vaqtga ijaraga berish mumkin |
Xizmat | Ko‘pincha texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni o‘z ichiga oladi | Ijara narxiga kiritilgan |
Haydash cheklovi | Ko‘pincha haydash uchun cheklov bor | Odatda, haydash uchun cheklovlar yo‘q, ammo uzoq sayohatlarga to‘lovlar bo‘lishi mumkin |
To‘lovlar kamayishi | Foydalanish uchun to‘laysiz, to‘liq qiymat emas | Ijara uchun to‘laysiz, barcha harajatlarni o‘z ichiga oladi |
Lizing yangi avtomashinani sotib olish imkoniyati bilan uzoq muddatga uni boshqarmoqchi bo‘lganlar uchun, ijara esa qisqa muddatga mashinaga muhtoj bo‘lganlar uchun ko‘proq mos keladi.
Lizing va ijara o‘rtasidagi farqlarni ko‘rib chiqdik. Keling, mashinani lizing bilan kreditga va bo‘lib-bo‘lib sotib olish o‘rtasidagi farqlarni ko‘rib chiqamiz.
Kriteriya | Lizing | Ijara | Muddatli to‘lov |
Mulkchilik huquqi | Avtomobil lizing kompaniyasiga tegishli bo‘ladi | Avtomobil birdaniga sizniki bo‘ladi | Avtomobil birdaniga sizniki bo‘ladi |
To‘lovlar | Oylik to‘lovlar, odatda past | Oylik to‘lovlar yuqori va foizlar bilan | Foizsiz to‘lovlar, teng ulushlar |
Muddat | Uzoq (2 dan 5 yilgacha) | Uzoq (3 dan 7 yilgacha) | Qisqa muddatli (odatda 1-2 yil) |
Sotib olish imkoniyati | Muddat oxirida | Hojati yo‘q, mashina sizniki | Hojati yo‘q, mashina sizniki |
Xizmat | Ko‘pincha texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni o‘z ichiga oladi | Xizmat ko‘rsatishning barcha xarajatlari egasining zimmasida | Xizmat ko‘rsatishning barcha xarajatlari egasining zimmasida |
Haydash cheklovi | Ko‘pincha haydash uchun cheklovlar bor | Cheklovlar yo‘q | Cheklovlar yo‘q |
Foiz stavkalari | Oylik to‘lovlarga qo‘shilgan | Odatda foiz stavkalari mavjud | Odatda foizsiz |
Shartlar | Kamroq moslashuvchan belgilangan shartlar | Odatda belgilangan shartlar, lekin qayta ko‘rib chiqilishi mumkin | Qat’iy shartlar, o‘zgarishsiz |
Avtomobil lizingi — yangi avtomobilda uning to‘liq qiymatini birdaniga to‘lamasdan yurishning qulay usuli. U kredit va muddatli to‘lovdan avtomobil lizing kompaniyasining mulki bo‘lib qolishi va to‘lovlar miqdori kamayishi bilan farqlanadi. Agar avtomobil darhol sizniki bo‘lishini istasangiz, yaxshisi kredit yoki muddatli to‘lovdan foydalaning. To‘g‘ri tanlov qilishda shartnomani, shu jumladan, jarayonda shartlar o‘zgarishi mumkinligi haqidagi bandlarni diqqat bilan o‘qing.