02.06.2025
BBC Qoraqalpog‘iston tabiati haqidagi ko‘rsatuvni suratga olishni boshladi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
BBC suratga olish guruhi Qoraqalpog‘istonda mintaqa tabiati va cho‘l hayvonlari haqida film yaratish ustida ishlamoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Filmda qurigan Orol dengizi o‘rnida paydo bo‘lgan cho‘l haqida ham hikoya qilinadi. Ayni paytda tasvirga olish ishlari Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida davom etmoqda.
Bu BBC jamoasining O‘zbekistonga uchinchi tashrifi. Avvalroq telekanal jurnalistlari Navoiy viloyatida bo‘lib, u yerda tuyaqushlarni ko‘paytirish va Toshkentning bioxilma-xillikni saqlash tashabbuslari haqida materiallar suratga olgan edi.