Bir oy davomida nondan voz kechsa, nima bo‘ladi? Qomat, tana va teriga ta’siri
Biz hammamiz nonni – hamma narsaning asosi deb o‘ylashga va uni har kuni menyuga kiritishga odatlanganmiz. Nonushtaga tost, tushlikka non bilan sho‘rva va kechki ovqatga non bilan salat: bularning barchasi normal holatga va hammamizning ovqatlanish tartibimizning “asosi”ga aylanib qolgan. Ammo ushbu mashhur mahsulotdan voz kechsangiz, qomat va tanaga nima bo‘ladi? Demak, non iste’mol qilishni to‘xtatamiz va nimalar sodir bo‘lishi mumkinligi haqida aytamiz.
Qomatga ta’siri
Agar bir oy davomida nondan voz kechsangiz, vaznda bir necha ortiqcha kilogrammlarni yo‘qotishingiz mumkin. Dietologlar shunday fikrlaydi, lekin ayni paytda gap yuqori kaloriyali mahsulot deb hisoblanadigan oq non haqida ketmoqda. Unda foydali keltchatka juda oz miqdorda mavjud, ammo qolgan hamma narsalar (ko‘pincha sonlar va noxush a’zolarga joylashadigan), oshqozon-ichak traktida og‘riqni keltirib chiqaradi va ichaklarni “yopishtiradi”. Bundan tashqari, oq non yuqori GI (glisemik indeks)ga ega, bu esa dietada taqiqlangan shokolad ko‘rsatkichlaridan ham o‘tib ketadi. Barcha noto‘g‘ri tushunchalardan farqli o‘laroq, nonning ozuqaviy qiymati idealdan uzoqdir – uni iste’mol qilganingizdan bir soat o‘tgach, ochlikni his qilib, yana sovutgich sari oshiqasiz. Agar ishonmasangiz, nondan voz kechish, 2 hafta ichida vazn yo‘qotishga yordam bergani haqida tadqiqotni ko‘rib chiqing.
Teriga ta’siri
Bizning terimiz – sog‘lig’imiz va organizmdagi barcha jarayonlarning ko‘zgusidir. Noxush toshma, akne, allergik reaksiyalar – bularning barchasi ichakning non mahsulotlari ko‘rinishidagi yukni va nonning bir qismi bo‘lgan bug‘doy kleykovinaning haddan tashqari ko‘p dozasiga bardosh bera olmasligi haqida signal bo‘lishi mumkin. Qimmatbaho kosmetologga borishdan ko‘ra, dietangizni qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qilamiz. Masalan, bir oy davomida nondan voz keching. Agar yuzingiz tozalanmasa, mutaxassisga murojaat qiling.
Organizmga ta’siri
Agar bir oy davomida nondan voz kechsangiz, oshqozon-ichak traktida sodir bo‘layotgan jarayonlarning yaxshilanishini tezda sezasiz. Bu ovqat hazm qilishga ham ta’sir qiladi. “Endi non yeyolmas ekanman” deb xafa bo‘lmasligingiz uchun, o‘simlik ovqatlarining sog‘lom manbalarini tanlang: meva, sabzavot, don (tez hazm bo‘ladigan donlar emas). O‘zingizni yengilroq his qilasiz: oshqozoningizdagi yoqimsiz og‘irlik, energiya va a’lo kayfiyat bilan almashiladi.
Qizig‘i shundaki, bir oy davomida nondan voz kechsangiz, aqliy faoliyat bilan shug‘ullanish ham osonroq bo‘ladi: fikrni jamlash maksimal qiymatlarga yetadi, vazifalar esa bir deganda hal bo‘ladi. Ammo, bu nonni rad etishning individual “natijasi” ekanini ham unutmaslik kerak.
Qanday hollarda nondan voz kechish kerak?
Agar sportga bo‘lgan qiziqish, parhez va vijdoningiz tufayli nondan voz kechmoqchi bo‘lsangiz, unda siz kleykovina iste’mol qilmaydigan odamlar ro‘yxatiga kirishingiz mumkin. Kleykovinani hazm qila olmaslikning belgilari quyidagicha:
- Oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq doimiy muammolar: gaz, shish, qorin og‘rig‘i
- Kleykovina mahsulotlarini qabul qilgandan keyin zaiflik
- Mushaklar va bo‘g‘imlarda og‘riq
- Teri muammolari, yallig‘lanish
- Gormonal buzilishlar
Ammo kleykovinani hazm qila olmaslik mavjudligini aniqlash va nondan voz kechish (yoki alternativaga o‘tish) uchun ma’lum bir testlardan o‘tib, shifokor bilan maslahatlashish kerak. U sizga muammoni hal qilish variantlarini taklif qilib, ovqatlanish tartibingizni sozlashda yordam beradi. Salomat bo‘ling!